I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
398 399 buzilish hisoblanadi. “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasi prokuratura organlarining fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslaming murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora- tadbirlarini ko‘rishga oid vakolatlarini nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori zimmasiga yuklanganligini ham qayd etish lozim. Yangi tahrirdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunda prokuror nazoratining quyidagi tarmoqlari: qonunlar ijrosi ustidan nazorat; fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazorat; jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat; ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat- huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat qayd qilingan. Bulardan tashqari, qonun sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlari va prokuror nazorati belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar, O‘zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari tomonidan qonunlaming ijro etilishi, shuningdek, ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Prokuratura organlari faoliyati har bir prokuror tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, ular faoliyati mamlakat hududida barchaning qonun oldidagi tengligi va barchaga qonunning bir xil tadbiq etilishini ta’minlashga qaratilganligida ko‘rinadi. Bunda Konstitutsiyaning 18-moddasida belgilangan qoida nazarda tutiladi, unga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bil xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar”. “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunning amaldagi tahririga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklaming oldini olish va profilaktika qilishdan iborat (Qonunning 2-moddasi). Prokuror o‘zining har xil sohalardagi faoliyatida keng vakolatlarga ega bo‘lib, ularning qo‘llanilishi unga o‘zining faoliyatini samarali amalga oshirishga imkon beradi, ya’ni - birinchi navbatda, inson huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlashda. Bu vakolatlarni tatbiq etish prokurorning nafaqat huquqi, balkim majburiyati hamdir. Misol uchun, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi vakolatlar, prokurorga ma’lum bo‘lgan fakt, davlat boshqaruvi organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mansabdor shaxs va boshqa shaxslarning fuqarolarning huquqlarini buzuvchi qonunsiz harakatlariga tezkorlik bilan munosabat bildirish majburiyatini ko‘rsatadi. Ko‘pchilik holatlarda prokuror tomonidan yuqorida qayd qilingan faoliyatni amalga oshirish uchun asos, kelib tushgan ariza va shikoyatlardan ma’lum bo‘lgan qonun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling