Termiz davlat universiteti 70510101-Biologiya (botanika va o’simliklar fiziologiyasi) mutaxassisligi II kurs magistranti Egamberdiyeva Shohistaxonning o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyati hamda dissertasiyani tayyorlash bo‘yicha kalendar ish rejasida mo‘ljallangan ishlar yuzasidan sentabr oyi uchun
H I S O B O TI
I.Talabaning o’quv-metodik ishlar bo’yicha hisoboti:
Sentabr oyida o’quv rejadagi qayd e’tilgan fanlar Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi, O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi fanlaridan ma’ruza, amaliy va seminar darslarga o’z vaqtida qatnashdim. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi fanidan :O’sish turlari: apical, bazal, entrokolyar,radial. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanidan :Ta’lim mazmuni: Davlat ta’lim standarti, o’quv rejalar, o’quv dastur, o’quv qo’lanma, darsliklar. Jumladan, O’simliklarninf o’sishi va rivojlanishi fanidan o’quv rejaga ko’ra berilgan 90 soatlik mustaqil ta’lim yuzasidan “Xill reaksiyasi va uning mehanizimi” mavzusida taqdimot qildim.
II. Ilmiy pedagogik ishi bo’yicha hisobot
Ilmiy pedagogik faoliyatni tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan dasturga muvofiq Tabiiy fanlar fakulteti bakalav bosqichi talabalarining darslariga dars tahlil qilish va ilmiy pedagogik faoliyatni o’rganish uchun botanika kafedrasi dotsenti A.Sattorovning 120-220- guruh talabalariga o’tilgan biotexnologiya fanidan ma’ruza mashg’ulotiga qatnashdim va dars o’tish pedagogik mahoratini o’rgandim. Ilmiy rahbarim b.f.n, dotsent R.Muhammadjonova ko’rsatmalari asosida Botanika fanidan sellabus tuzishni o’rgandim va bakalavriat talablari uchun ushbu fandan oraliq nazorat uchun savollar, yakuniy nazorat uchun savollar tuzdim.
II.Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo’yicha hisobot
Sentabr oyida tadqiqot obyektimga ta’luqli bo’lgan huquqiy normativ hujjatlar bilan chuqurroq tanishdim va ulardan amaliyotda foydalanish ko’nikmalariga ega bo’ldim. To’plagan ma’lumotlarim hamda ilmiy rahbarim ko’rsatmalari asosida dissertatsiyamning 2.2 paragrafini shakllantirdim va dissertatsiyamning I bobini ilmiy rahbarimga kamchiliklarini ko’rib berishlari uchun taqdim etdim. Sentabr oyining oxirida ilmiy rahbarim tomonidan I bob bo’yicha ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etdim.
II. Ilmiy seminar bo’yicha hisobot
Hisobot oyi maboynida biologiya fanlari doktori I.Omonov domla boshchiligida olib borilgan barcha darslarda faol qatnashdim .
Sentabr oyida dissertatsiyamning 2.1 paragraf dan taqdimot tayyorlab ilmiy seminarda 2-kurs Botanika kafedrasi magistrlari orasida ma’ruza qildim.
Kafedra mudiri: b.f.n., dots. A. M. Begmatov
Ilmiy rahbar: b.f.n., dots. R.Muhammadjonova
Magistrant: Egamberdiyeva Sh
Do'stlaringiz bilan baham: |