I. Tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning mohiyati


---Seans sathi vazifasi va protokollari


Download 0.53 Mb.
bet12/13
Sana18.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1589147
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
tarmoq xavfsizligi Sardor mustaqil ishi

---Seans sathi vazifasi va protokollari;
Seanslar sathi (Sesions layer) – bu sath dialogni boshqarishni ta’minlaydi, tomonlardan qaysi biri hozirda faol ekanligini aniqlab borish vazifasini bajaradi va ishlash jarayonini bir-biriga moslashtirish vositalarini (sinxronlash) vositalarini taqdim etadi.
---Transport sathi vazifasi va protokollari;
Transport sathi (Transport layer) – bu sath ilovalarga yoki stekning yuqori sathlariga ma’lumotlarni kerakli darajada ishonchlilik bilan uzatishni ta’minlab beradi.
Transport sathi tomonidan xizmat ko‘rsatishning besh xil sinfi mavjud:
1.Tezkorlik.
2.Uzilgan aloqani tiklash imkoniyati.
3.Bir-nechta har-xil amaliy protokollarni umumiy transport protokoli orqali bog‘lab, ularni ishlashini ta’minlab berish vositalari. Bu xuddi temir yo‘l transportida har-xil yuklar ortilgan vagonlprni bir poezdga birlashtirib manzilga etkazib berishga o‘xshaydi.
4.Ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xatoliklarni tuzatishni ta’minlash.
5. Ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xolatlar – ma’lumotlarni yo‘l davomida o‘chib ke¬tishi, yo‘qolib qolishi va bir xil paketlarni bir necha marta uzatilishi kabi xatoliklarni tuza¬tishni ta’minlash.
Transport sathi va undan yuqorida joylashgan sathlar protokollari kompьyuterlarning (stantsiyalar, serverlar va uzellarning) programma vositalari, ya’ni tarmoq operatsion tizimi tarkibidagi programmalar tomonidan amalga oshiriladi. Trasport satxi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining TCP va UDP, hamda Novell stekining SPX protokolini keltirish mumkin.
---Tarmoq sathi vazifasi va protokollari;
Tarmoq sathi (Network layer) – bir nechta tarmoqlarni birlashtiruvchi yagona transport sistemasini hosil qilish uchun hizmat qiladi. Bu tarmoqlar har ko‘rinishdagi topologiyalarga ega bo‘lishlari va kompьyuterlar o‘rtasida xabarlar uzatishning harxil tamoillaridan foydalanib ishlashlari mumkin. Tarmoqlarni o‘zaro birlashtirish uchun marshrutizatorlar ishlatiladi. Tarmoqlar ichida, ya’ni tarmoq osti tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish o‘sha tormoqning kanal sathi yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ma’lumotlarni uzatish esa – tarmoq sathi ta’minlaydi. Bu ma’lumotlar uzatish marshrutlarini to‘g‘ri tanlash vazifasini bajarish bilan amalga oshiriladi. Tarmoq sathi har-xil texnologiyali tarmoqlarni bir-biri bilan kelishib ishlashini ta’minlaydi. Tarmoq sathi xabarlari paketlar deb ataladi.
Tarmoq sathiga tegishli ikki xil protokol mavjud:
1.Tarmoq protokollari (routed protocols) – paketlarni tarmoq orqali harakatlanishini ta’min¬lab beradigan protokollar.
2.Marshrutlash protokollari (routing protocols) – bu protokollar yordamida marshrutizatorlar tarmoqlar aro bog‘lanishlar haqida axborot yig‘ishni amalga oshiradilar. Tarmoq sathi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining IP-tarmoqlararo birgalikda ishlash protokolini va Novell stekining IPX-tarmoqlararo peketlar almashinish protokolini keltirish mumkin.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling