urug'chi ustunchasini o'rab olgan naycha hosil qiladi.
Urug'chisi 3 ta yoki undan ko'proq
m eva bargchalari-
ning birikishidan hosil bolgan. Tugunchasi ustki.
Mevasi k o ‘p u ru g li ko'sak yoki mevabarglarining bir-
biridan ajralishi natijasida hosil boladigan buyrak-
simon yong'oqchalardan iborat qo'zoq meva.
22-rasm. G‘o‘za . 1-gulli novda; 2-guli; 3-4-ko‘sak va uning ochilishi;
5-tukli urug1
!; 6-gul
diagrammasi
Ahamiyati: Oilaning xo'jalikdagi ahamiyati jihati-
dan eng muhim vakili g‘o‘za o'simligi hisoblanadi. To‘-
qimachilik sanoati uchun kerakli jam i tola mahsu-
lotining 70-75% paxtadan olinadi. G'o'za
chigiti tar-
kibida 18-21 % yog‘ boladi. Bu yog1, oziq-ovqat va tex-
nik maqsadlar uchun ishlatiladi. Y o g i olingan chigit-
dan chorva mollari uchun yem sifatida kunjara oli
nadi. Sovun tayyorlanadi. Kanop va dag'al
kanop kabi
o'sim liklar ham tola beruvchi o'sim liklar hisoblanib,
ulardan turli buyumlar tayyorlanadi. Shuning bilan bir
qatorda dorivor va manzarali turlari ham uchraydi.
79