“Boshlang’ich ta’limda imlo qoidalari”
fanidan amaliy topshiriq
I. TOPSHIRIQ
1- 2-Mavzu: Harf elementlarini yozish. Ilmoq elementli harflar guruhi bilan
tanishtirish mavzulari yuzasidan tuzilgan.
1-Topshiriq.
O’zingiz uchun maxsus “Husnixat” daftari tuting! Daftar ikki chiziqli bo’lsin.
1-sinfga mo’ljallangan bo’lsin. 2 xil : qizil va ko’k ruchkadan foydalanib,
harf elementlarini yozing. Namuna uchun 2 ta harf qizil ruchkada, qatorni to’ldirib
ko’k ruchkada yozing.
2-Topshiriq
Savollarga javob bering.
Harf elementlari ustida ishlash nima uchun kerak ekanligini izohlang!
3-Topshiriq.
Harflar qanday guruhlanadi? Nima uchun, izohlang. Fikringizni yozing!
Ular
qaysilar, yozib ko’rsating.
Har bir talaba topshiriqlarni alohida bajarsin!