I-topshiriq O’zbekistonda ko’p partiyaviylik tizimining yaratilishi va siyosiy partiyalar haqida


V-TOPSHIRIQ Mustaqillik yillarida yillarning nomlanishi va bu bilan bog’liq ijtimoiy islohotlar haqida


Download 37.21 Kb.
bet5/5
Sana02.01.2022
Hajmi37.21 Kb.
#190344
1   2   3   4   5
Bog'liq
M.Samedovaning O'zbekistonning yangi tarixi fanidan topshiriqlar ijrosi

V-TOPSHIRIQ

Mustaqillik yillarida yillarning nomlanishi va
bu bilan bog’liq ijtimoiy islohotlar haqida.


 

O‘zbekistonda 1997 yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo‘nalishlarini ifoda etadigan nom berish an'anaga aylangan. Yilga berilgan nomdan kelib chiqib o’sha yilda belgilangan sohalarda tub o’zgarishlar, qator yangiliklar amalga oshiriladi. Masalan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2019-yil  «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb e’lon qilinganini ayta olamiz. Yil davomida ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yoshlarga munosib ta’lim berish, ilmiy va o‘quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar yangi bosqichda davom ettirildi. Investitsiyalarning so‘nggi maqsadi — O‘zbekistonda yashovchi har bir insonning hayot darajasini oshirishdan iborat, dedi Shavkat Mirziyoyev. Yil dasturi doirasida har bir oila tadbirkor , Yoshlar kelajagimiz kabi dasturlar doirasida joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes loyihalari amalga oshirildi. Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari natijasida 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega bo’ldi.

Xususan bizning Sergeli tumanimizda faol investitsiyalar hisobidan ko’p qavatli uylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun namunali arzon uy joylar qurib belgilangan tartibda o’z egalariga topshirildi.Ko’p qavatli uylar yaqinida aholi qulayligini taminlash uchun yangi zamonaviy innovatsion barcha qulayliklarga ega maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etildi.Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish, noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida elektron oilaviy poliklinikalar ochildi. Bu islohotlar natijasida Sergeli aholisi yaratilgan sharoitlar, qulayliklardan mamnun va ertangi kunga ishonch, shijoat bilan yashamoqdalar.

2020-yil "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e’lon qilindi.Yil boshida yurtimizga koronavirus infeksiyasi kirib keldi. Bu sinovli davrda Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni va xalqimizning tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini namoyon etgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati  yo’lga qo’yildi.

Bir muddat sinovli davr mobaynida davlat va sahovat pesha tadbirkorlar tomonidan Pandemiya davrida daromadini yo’qotgan, kam taminlangan, boquvchisini yo’qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga oziq-ovqat maxsulotlari, dori-darmon vositalari, naqd pul mablag’lari va boshqa maxsulotlar berildi.

Karantin davrida barcha o’quv muassasalarida cheklovlar o’rnatilganiga qaramay fidoiy pedagoglarimiz tomonidan o’quvchi-yoshlarning bilim olishini ta’minlash maqsadida onlayn mashg’ulotlar o’tkazildi.

Karantin cheklovlari asta sekin yumshatilgach, Sergeli tumanimizda zamon talablariga mos raqamli yer usti metro liniyasi qisqa muddatlarda qurib foydalanishga topshirildi. Tumanimiz aholisi yaratilgan bunday qulay shart-sharoitlardan mamnunligi hamda Yurtboshimiz takidlaganlaridek xalqni rozi qilish tamoyili asosida Sergeli tumanimizda yil davomida izchil ishlar amalga oshirildi.





Download 37.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling