I-topshiriq O’zbekistonda ko’p partiyaviylik tizimining yaratilishi va siyosiy partiyalar haqida
Download 37.21 Kb.
|
M.Samedovaning O'zbekistonning yangi tarixi fanidan topshiriqlar ijrosi
III-Topshiriq.
Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida O’zbekiston tashqi siyosatida qanday o’zgarishlar ro’y berganligi haqida Oʻzbekistonning tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari barqaror, adolatli va demokratik davlat qurishga, mamlakatning tashqi oshkoraligini ilgari surishga hamda regional va koʻp tomonlama oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev davrida tashqi siyosat, savdo aylanma hajmi sezilarli darajada o’sdi. Misol tariqasida O'zbekiston va mintaqa davlatlari o'rtasida savdo aylanmasi 2016 yilda 2,4 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo'lsa, ushbu raqam 2019 yilga kelib 5,2 milliard AQSH dollariga etdi. Pandemiya sharoitiga qaramasdan, joriy yilning yanvar`-oktyabr` oyida tovar aylanmasi 3,8 milliard AQSH dollarini tashkil qildi.Shu yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga koʻra, Covid-19 tarqalishini toʻxtatish bilan bogʻliq barcha murakkabliklar va cheklanishlarga qaramay, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar hajmi 4,8 mlrd. dollar, shu jumladan, bevosita xorijiy investitsiyalar – 3,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. O'zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida savdo-iqtisodiy va investitsion munosabatlarning jadallik bilan rivojlanishiga yana bir dalil sifatida qo'shma va xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar sonining o'sish ko'rsatkichlarini keltirib o'tish mumkin. Misol uchun, 2017 yil O'zbekiston hududida Markaziy Osiyo davlatlari kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 312 ta bo'lsa, joriy yilning iyul` oyiga kelib ushbu raqam 4 barobarga oshib, 1 357 taga etdi. Yaponiyaning nufuzli “The Diplomat” nashrining yozishicha, SHavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi Markaziy Osiyoda mintaqaviy munosabatlarning butkul yaxshilanishiga turtki bo'ldi. O'zbekiston rahbari tashqi siyosatidagi birinchi amaliy harakatlari, qo'shni davlatlar bilan saqlanib qolgan muammolarni konstruktiv yo'llar orqali echib, munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Buning natijasida Markaziy Osiyo imkoniyatlar mintaqasiga aylanib bormoqda.Chegara punktlardagi ba'zi bir to'siqlarning olib tashlanganligi natijasida O'zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari o'rtasida aloqalar tubdan yaxshilandi. Taqqoslash uchun, 5 yil oldin O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi chegara punktlaridan bir sutkada 200-300 nafar fuqaro o'tgan bo'lsa, hozirgi kunda bu raqam 30 mingtaga etdi. O'zbekistonning mintaqaviy tashqi siyosatidagi yana bir muhim yo'nalish — bu shubhasiz, Afg'onistondagi vaziyatdir. Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, Afg'oniston Markaziy Osiyo mintaqasining bir qismi hisoblanib, ikki mamlakat xalqlari asrlar davomida yagona madaniy-tsivilizatsion makonda yashab kelgan. Qayd etib o'tish lozimki, hozirda dunyo hamjamiyatida Afg'onistonda tinchlikni o'rnatishga qaratilgan sa'y-harakatlarning sezilarli faollashuviga turtki bergan hodisa, bu — 2018 yil mart oyida Toshkentda Afg'oniston bo'yicha o'tkazilgan xalqaro konferentsiyadir. Germaniyalik mutaxassislarning ta'kidlashicha, O'zbekiston ichki va tashqi siyosatida olib borayotgan butkul yangicha islohotlar nafaqat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatyapti, shu bilan birga O'zbekistonning xalqaro maydondagi muhim davlatlardan biri sifatida tan olinishiga olib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda, joriy yil oktyabrida O'zbekiston ilk bor BMTning Inson huquqlari kengashiga a'zo sifatida saylandi. Mamlakatimizda ushbu sohani yanada rivojlantirish maqsadida Inson huquqlari bo'yicha Milliy strategiya va uni amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” ham tasdiqlangan. Xulosa o’rnida ayta olamanki, bugungi kunda O'zbekiston olib borayotgan mintaqaviy va global tashqi siyosatning ijobiy mahsuliga asos bo'lib Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyil va vazifalarning mujassamligi va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning oqilona davlat yuritish tizimi asos bo'lmoqda. Eng muhimi, mamlakatning tashqi siyosati davlat va xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Download 37.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling