I. To‘rtliklarni yod oling


Download 88.54 Kb.
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi88.54 Kb.
#1461189
  1   2   3
Bog'liq
8-мавзу..


I. To‘rtliklarni yod oling.

Go‘zal xulq gavhardir, also bo‘lmas xor,


Hayot ildizida undan bir nur bor.
Haqiqat va axloq yaqin, tug‘ishgan,
O‘g‘lim, o‘yla, umr o‘tmasin bekor. (Oybek)
V. Suhbat.
– Badiiy asar nima?
– Ruhiy ijod mahsuli.
– Unda nima aks etadi?
– Milliy ruhiyat.
VI. Asosiy matnni yozing va tarjima qiling.
Abdulla Oripov
Abdulla Oripov hozirgi o‘zbek she’riyatining yirik vakili, mohir tarjimoni va jamoat arbobidir. U 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyatining Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. 1958-yili o‘rta maktabni bitirib, shu yili Toshkent davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kiradi. A.Oripov o‘quvchilik yillaridayoq she’rlar yozishni mashq qila boshlagan. Uning ilk she’rlari dastlab tuman gazetalarida e’lon qilinadi. Talabalik yillarida esa she’rlari respublika matbuotida bosilib chiqib, adabiy jamoatchilik e’tiborini tortdi. Shoirning ilk to‘plami 1965-yili “Mitti yulduz” nomi bilan nashr qilingan. Shundan so‘ng 1966-yilda “Ko‘zlarim yo‘lingda”, 1969-yili “Onajon”, “Ruhim”, 70-yillarda “Buloq”, “O‘zbekiston”, “Yurtim shamoli”, “Hayrat”, “Yuzma-yuz”, 80-yillarda esa “Najot qal’asi”, “Yillar armoni” kabi qator to‘plamlari chop etildi. 1968-yil Abdulla Oripov Oybek, Uyg‘un, Mirtemir tavsiyalari bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilinadi. U avval “Yosh gvardiya” nashriyotida, keyinroq, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida bo‘lim muharriri, “Sharq yulduzi” jurnalining she’riyat bo‘limi mudiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy maslahatchisi, Yozuvchilar uyushmasi Toshkent bo‘limi mas’ul kotibi, “Gulxan” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimlarida ishladi. Abdulla Oripov O‘rta asr italyan shoiri Dantening “Ilohiy komediya”sidan “Do‘zax” dramasini, venger dramaturgi Xeltonning “Soqov ritsar” nomli she’riy dramasini, Pushkin, Nekrasov she’riyatini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. A.Oripov 1983-yili Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. U adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun 1989-yili “O‘zbekiston Xalq shoiri”, 1999-yilda esa “O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvonlari bilan taqdirlandi. Abdulla Oripov 2016-yil 5-noyabrda vafot etdi.

Asosiy so‘zlar


BADIIY ASAR
RUHUYAT IJOD
1-topshiriq. Suhbat matnini davom ettiring. Sevimli shoir haqida so`zlab bering.

Men sevgan shoir


Men o‘zbek shoirlari she’rlarini sevib o‘qiyman. Ayniqsa, A. Navoiy g‘azallari, Bobur ruboiylari, E.Vohidov, A. Oripov she’rlarini yaxshi ko‘raman. Eng sevgan shoirim Erkin Vohidov.


Erkin Vohidov Farg‘ona viloyatida o‘qituvchilar oilasida tug‘ilgan. Toshkent Davlat Universiteti filologiya fakultetini bitirib, turli nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishlagan. E.Vohidovning ko‘plab she’riy to‘plamlari nashrdan chiqqan. To‘plamdagi ba’zi she’rlarni yod olganman. Jumladan: ”Uzum”, “Qaro qoshing”, “O‘zbegim” she’rlari menga zavq bag‘ishlaydi. Shuningdek, men Shuhrat ijodi bilan ham qiziqaman. Uning “O‘qituvchi qasidasi” she’rini o‘qiganimda har doim birinchi ustozimni esga olaman…

2-topshiriq. Sevimli asar haqida so`zlab bering va mavzu asosida insho yozing.


Men sevgan asar
Men o‘zbek yozuvchilaridan Abdulla Qodiriy, Tohir Malik asarlarini sevib o‘qiyman. Ayniqsa, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, Tohir Malikning “Shaytanat” asarlarini qayta-qayta o‘qiyman.
“O‘tgan kunlar” romani qahramonlari Otabek va Kumush men uchun chin sevgi timsoliga aylanganlar. Otabekning aqli, dunyoqarashi, chin sevgisi, jasurligi meni hayratga soladi. Kumushning go‘zalligi, zeboligi, latofati, sevgisiga sodiqligi havasimni keltiradi. Shunday go‘zal muhabbatning fojiali tugashi juda achinarli hol. Buning sababi o‘sha davrdagi urf-odatlardir. Asar meni tamomila o‘ziga rom etgan.
3-topshiriq. Zamonaviy o`zbek adabiyoti haqidagi ma’lumotlardan gapirib bering.

Download 88.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling