Savol: Qanday harflar?
Javob: Gapdagi o‘rniga qarab yozilishi o‘zgaradigan.
6. Shri Lankaliklar fikricha, IKS o‘rmonning ichida inson qadami yetmaydigan joyda joylashgan ekan. Bir mashhur multfilmda esa ota o‘g‘liga IKS ularga tegishli emasligini aytib o‘tadi.
Savol: IKSni 2 so‘zda yozib bering.
Javob: Fillar qabristoni.
Izoh: Shri Lankada fillar uchun alohida qabriston mavjud. “Qirol sher” multfilmida Simbaga otasi fillar qabristoni ularning hududi emasligini aytadi.
7. Bir karikaturada Yeti (qor odam) va darts o‘yini uchun moslashtirilgan IKSlar tasvirlangan. IKSlar haqida gapirganimizda bir taomni ham esga olamiz.
Savol: IKSni yozib bering.
Javob: Sumalak.
Izoh: Karikaturada muz sumalaklar darts o‘yiniga moslashtirilgan. Sumalak degan taomimiz ham bor.
8. 1424-yilda Janubiy-Sharqiy Osiyodagi bir mamlakat qiroli Ayutai vafot etadi va uni ikki o‘g‘li taxt endi kimga tegishli ekanligini aniqlashtirib olish uchun noodatiy duel o‘tkazishadi. Duel shahardagi ko‘prik ustida bo‘lib o‘tadi va ularning ikkisi ham nobud bo‘ladi.
Savol: Ularning o‘limiga sabab bo‘lganni yozib bering.
Javob: Fil.
Izoh: Ko‘prik fillar og‘irligini ko‘tara olmay buzilib ketadi.
9. 1940-yildagi nemislar tajovuzida tinch xalqni har qayoqqa qochayotgani eslanganda, bu yozuvchi toptalgan chumoli inini esga oladi.
Savol: Shu yozuvchini toping.
Javob: Antuan de Sent- Ekzyuperi.
Izoh: U uchuvchi bo‘lgan, yuqoridan odamlar chumoliday mayda ko‘ringanini shunday ta’riflagan.
10. 2002-yilni 19-oktabrida Addis-Abebada unga atab haykal o‘rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |