Javob: Chavandoz va uning oti. Mo‘g‘ullar birgalikda bajariladigan ishlar vaqtida "Chavandoz va uning otida bitta yurak bo‘ladi" degan maqolni ishlatishar ekan.
3. Jyul Renanning quyidagi fikrlarini to’ldiring: Go’zal, betakror va dono ayol xuddi IKS kabidir. U o’zining obihayot chashmalari va salqin bog’lari bilan bizning mag’rur sahromizni go’zallashtiradi. Diqqat savol: IKSni nima ekanligini bir so’zda yozib bering!
Javob: Sarob (Miraj, izohga hojat yo’q. Biz go’zal qizlarimiz va ayollarimizni o’tib ketgan va yaqinlashib kelayotgan bayramlari bilan tabriklaymiz)
4. Bir futbol sharhlovchisi “Terek” hamda “Volga” jamoalari o’rtasidagi uchrashuvni o’ziga xos uch so’zda ifodalaydi. Diqqat bilan o’ylang va biz so’rayotgan uch so’zni bitta yunoncha toponimda ifodalang.
Javob: Mesopotamiya (Ikki daryo oralig’i. Har ikkala jamoaning nomi ham daryo nomlaridan olingan)
5. 20-asrning 60-yillari oʻrtalarida Sobiq Ittifoqda alkogolizm va giyohvandlikdan majburiy davolash profilaktoriylari tashkil qilinadi. Majburiy davolash jarayonini “I operatsiyasi yoxud Shurikning sarguzashtlari” filmida ham guvoh bo’lganmiz. Diqqat savol: Ushbu profilaktoriylarda mijozlar qanday yoʻl bilan davolangan?
Javob: Majburiy mehnat. “I operatsiyasi yoxud Shurikning sarguzashtlari” filmida Fedya avtobusda qilgan bezoriligi uchun 15 sutkaga majburiy ishlarga jalb qilinadi.
6. 1983 yili island vulqonshunos olimlari Grimsvegn vulqoni otilishini kuzatishgan. Vulqonning aktivligi ikki hafta davom etgan bo‘lib, shu vaqt mobaynida u atrofga 1,3 km3. vulqonlarga xos bo‘lmagan material chiqargan. Grimsvegn vulqonidan nima otilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |