Javob: Paolo Koelo. IKS o‘rnidagi so‘z alkimyogar edi.
6. London haqidagi bir tarixiy ocherk muallifi asarida Tomas ismli novvoyni normandiyaliklar, daniyaliklar va saksoniyaliklarga qaraganda Angilyaning xavfliroq dushmani deb yozgan. Diqqat savol: Tomas nima gunoh ish qilganki, uni bunday deb atashga mullif majbur bo‘lgan?
Javob: 1666-yilda Tomas Farriner Padding-Leynda “Buyuk London yong‘ini” ga sababchi bo‘lgan shaxs. Yong‘in uning novvoyxonasidan boshlangan.
7. “Titanik” halokatida qutqarib qolinganlarning asosiy qismi ayollar bo‘lgan, boshqa bir layner – “Luzitaniya”dan omon qolganlarning asosiy qismi esa yosh baquvvat yigitlar edi. Bunga sabab esa, bir parametrning “Titanik”da 180, “Luzitaniya”da esa 18 ekanligi bo‘lgan. Diqqat savol: Bu parametrning o‘lchov birligini ayting.
Javob: Minut. Izoh: “Titanik” uch soat ichida cho‘kib ketgan va bu vaqt ichida qayiqlarga ayollarni chiqarish imkoni bo‘lgan, “Luzitaniya” esa 18 minutda g‘arq bo‘lgani bois kim qayiqqa chiqishni uddalasa o‘sha omon qolgan
8. U 1678-yil 4-martda tug‘ilgan, 1741-yil 28-iyulda vafot etgan. 1703-yil 1-sentyabrda “Piyeta” konservatoriyasiga ishga kirgan, 1738-yil 27-yanvarda o‘zining eng so‘ng operalaridan birini namoyish qilgan. Diqqat savol: Gap kim haqida bormoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |