yoqilg‘i yoki xomashyo sifatida foydalanish uchun m o‘ljallangan
yoqilg‘i gazi;
Gazdan foydalanish uskunasi - energiya samaradorligi va
energiyani tejash talablariga javob beradigan,
markazlashtirilgan
isitish va issiq suv ta ’minoti uchun issiqlik energiyasi ishlab chiqarish
uchun, turli ishlab chiqarishlaming texnologik jarayonlarida tabiiy
gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanadigan qozonlar, ishlab chiqarish
pechlari,
utilizatorlar, texnologik liniyalar hamda gazdan xomashyo
sifatida foydalanadigan boshqa qurilm alar,
shuningdek, k o ‘p
xonadonli va turar jo y binolarida o ‘rnatilgan va gazdan shaxsiy,
oilaviy, uy-joy, xo‘jalik va boshqa ehtiyojlar uchun yoqilg‘i
sifatida
foydalanadigan boshqa uskunalar;
Gaz uzatish tashkiloti - tabiiy gazni qabul qiluvchi, uzatuvchi,
gaz ta’minoti tashkilotlari va iste’molchilarga magistral gaz quvurlari
orqali yetkazib beruvchi tashkilot;
Gaz tashkiloti - tabiiy gazni qabul qilish, taqsim lash va
iste’molchilarga shartnoma asosida yetkazib berishni ta ’minlovchi
tashkilot;
Aralashish holati va sanasini tasdiqlaydigan hujjatlar -
hisobga olish pribori yoki o ‘lchov kompleksining
ishiga aralashish
holati va sanasini aniqlash imkonini beradigan m a’lumotlarni o ‘z
ichiga olgan hujjatlar yoki materiallar;
Tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilar - tabiiy gazni qabul qilish,
qayta ishlash, ishlab chiqarish va yetkazib berishni ta ’m inlash
tashkilotlari, shuningdek, neft va (yoki) gaz kondensatini qabul
qilish va qayta ishlash, tabiiy gazni ishlab chiqarish va yetkazib
berishni ta ’minlovchi neftni qayta
ishlash tashkilotlari;
Do'stlaringiz bilan baham: