I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov
Iste’molchilar bilan elektr energiyasi uchun
Download 3.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektr ta\'minoti tizimida energiya tejamkorligi. Raxmonov I.U.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2.4. Iste’molchilar bilan elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qilish
4.2.3. Iste’molchilar bilan elektr energiyasi uchun
tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilish Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan iste’molchilar elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladi (byudjet tashkilotlari, ferm erxo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno). Iste’m olchining sexlari yoki obyektlari alohida joylashgan b o ‘lsa va taqsim lovchi umumiy elektr tarm oqqa ega b o ‘lmasa, bu sexlar yoki boshqa alohida obyektlar bo ‘yicha hisob-kitoblar iste’molchining o ‘zi bilan hisob-kitob qilishda qo‘llanilgan tarifdan q at’iy nazar, tegishli iste’m olchilar guruhlari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. 4.2.4. Iste’molchilar bilan elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qilish Tabaqalashtirilgan ta rif b o ‘yicha hisob-kitob qilm aydigan barcha boshqa iste’m olchilar elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladi. 45 Elektr energiyasidan reklama, chiroqlar bilan bezatish, bino va inshootlarni yoritish uchun foydalanuvchi iste’molchilar iste’mol quvvatidan qat’iy nazar, hududiy elektr tarm oqlari korxonasidan ruxsat olishga va tegishli tarif guruhi bo‘yicha hisob-kitob qilishga majburdir. E lektr energiyasidan texnologik m aqsadda isitish, tijo rat maqsadida ovqat tayyorlash, shuningdek, xonalarni isitish va issiq suv ta ’minoti maqsadida foydalanilganda, « 0 ‘zdavenergonazorat» inspeksiyasiga boshqa turdagi energiya o ‘miga elektr energiyasidan foydalanishni kelishish uchun texnik-iqtisodiy asoslartaqdim etilishi zarur, shahar qurilishi m e’yorlari va qoidalarida ko‘zda tutilgan ovqat tayyorlash va xonalarni isitish uchun elektr energiyasidan foydalanish holatlari bundan mustasno. Isitish va issiq suv ta ’minoti m aqsadida elektr energiyasidan foydalanishni kelishish tartibi « 0 ‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi tomonidan belgilanadi. X u su siy uy-joy m u lk d o rlari sh irk atlari va kom m unal- e k sp lu a ta tsiy a ta sh k ilo tla ri u m u m iy u y -jo y e h tiy o jla rig a foydalaniladigan elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr t a ’m inoti shartnom asiga asosan elektr ta rm o g ‘ining balans b o ‘yicha m ansublik chegarasini hisobga olishning bo‘linish nuqtasida o ‘rnatilgan elektr energiyani hisobga olish asboblarining k o ‘rsatkichlari b o ‘yicha belgilangan tarifga muvofiq hisob-kitob qiladilar. Elektr ta ’minoti korxonasining elektr tarm oqlari va uylarning ichki elektr tarm oqlarining b o ‘linish chegarasidan umumiy mulk hisobianadigan ushbu tarm oqlardan t a ’m inlanadigan m aishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarigacha bo‘lgan elektr tarmoqlaridagi elektr energiyasi yo‘qotishlari hisob- kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadi va uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari iste’moliga qaratiladi va bu haqda elektr ta’minoti shartnomasida tegishli yozuv qayd etiladi. 46 K o'p xonadonli uy-joylarni bevosita boshqarganda uy-joy cgalarining umumiy у ig ‘ilishi bilan vakil qilingan uy-joylarning cgalari uyning um um iy ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasi uchun hiso b-k itob lar q ilish uchun hududiy elektr tarm oqlari korxonasi bilan elektr ta ’m inoti shartnom asi tuzish huquqiga ega. Bunda uy-joy mulkdorlari umumiy yig‘ilishi bilan vakil qilingan bir yoki bir necha uy-joy m ulkdori hududiy elektr tarm oqlari korxonasi bilan munosabatlarda uy-joy mulkdorlari nomidan harakat qilishga haqlidir. Q abul qilish k o m issiy asin in g d alo latn o m ala rig a asosan yangidan foydalanishga topshirilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarni o ‘z balansiga qabul qilib olgan tashkilotlar yoxud quruvchilar ushbu uylarni elektr tarm og‘iga ulashga ruxsat olish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga har bir uyda EHNATga mos keladigan elektr energiyasini hisobga olish priborini o ‘matish uchun buyurtmanoma taqdim etishi va elektr energiyani hisobga olish asboblarining va ulami o ‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat narxini toMashi shart. U y-joylarning elek tr uskunalari va elek tr tarm oqlaridan foydalanishga ekspluatatsiya tashkiloti tomonidan ular belgilangan tartibda qabul qiiinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin ruxsat etiladi. Hududiy elektr tarm oqlari korxonasi turar jo y va noturar joy fond i binolarining egalari va ijarachilar (yuridik shaxslar yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jism oniy shaxslar) bilan elektr ta’minoti shartnom asini tuzadi va ularga shaxsiy hisob raqamlari ochadi. Bitta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bir necha shirkatlarga bo'linganda yoki vaqtincha turar joy va noturar jo y fondining uy- joylarini kimningdir mol-mulkiga o‘tkazish masalasi vaqtincha hal etilmagan taqdirda, hududiy elektr tarm oqlari korxonasi mahalliy davlat hokim iyati organlari bilan kelishgan holda, m a ’lum bir 47 uy-joylarning umumiy ehtiyojlari uchun foydalaniladigan elektr energiyasini yetkazib berishni to ‘xtatadi. S haxsiy h iso b raq am in i b o sh q a is te ’m o lc h ig a q a y ta rasmiylashtirish hududiy elektr tarm oqlari korxonasi tom onidan turar jo y va noturar jo y fondining yangi m ulkdorining kadastr hujjatlari m a’lumotlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda 0 ‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, k arto g rafiy a va d av lat kadastri d av lat q o ‘m itasi va uning hududiy tarkibiy qismlari ko‘chmas mulkka egalik huquqi davlat ro‘yxatidan o ‘tkazilgandan keyin uch kun muddatda hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga k o ‘chmas mulk egasi haqida m a’lumot yuboradi va unga muvofiq iste’molchilar bilan shartnomalar qayta rasmiylashtiriladi. Turar joy va noturar jo y fondi binosiga ko‘chib kirgan yangi mulkdor ularni elektr tarm og‘iga ulash uchun 30 kun mobaynida hududiy elektr tarm o q lari ko rx o n asi bilan elektr t a ’m inoti shartnom asini tuzishi va o ‘z nom iga shaxsiy hisob raqam ni rasmiylashtirishi shart. Shaxsiy hisob raqami ko‘rsatilgan muddatda rasmiylashtirilmasa, toTov to ‘lanmaganligi uchun barchajavobgarlik turar joy va noturar joy fondi binosining yangi mulkdori zimmasiga yuklanadi. K o‘chmas mulk oldi-sotdi bitimi davlat ro ‘yxatidan o ‘tkazish organi tomonidan davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng mulkdorning fam iliyasi, ismi, otasining ismi, doim iy yashash joyi, notarial harakat amalga oshirilgan kun va qayd etilgan raqam, ko‘chmas mulk kadastr raqami va ko‘chmas mulkning umumiy (turar joy) maydoni, shuningdek, mobil telefon raqam i va elektron pochta manzili (mavjud b o ‘lsa) ko‘rsatilgan m a’lumot yuboriladi. Bunda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi m a’lumot tushgandan keyin bir oy muddatda mulkdor bilan elektr ta ’minoti shartnomasini tuzishi shart. Hududiy elektr tarm oqlari korxonasi turar joy va noturar jo y fondi binolarining egalari bilan elektr energiyasi uchun hisob- 48 kitoblami, turar jo y va noturar jo y binolarining ijarachilarga (yuridik shaxs bo‘lgan ijarachilar bundan m ustasno) yoki yollovchilarga topshirilishidan qat’iy nazar, umumiy hisobga olish pribori bo‘yicha amalga oshiradi. Ijarachilar bilan yollovchilar o ‘rtasidagi o ‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha nizolar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Kommunal xonadonda bir nechta oila yashaganda, hisob-kitob davrida iste’mol qilingan elektr energiyasini alohida oilalar o ‘rtasida taqsim lash nazorat hisobga olish asboblarining k o ‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Nazorat hisobga olish asboblarini o ‘matish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsati talab qilinmaydi. Nazorat hisobga olish asboblarining to ‘g ‘ri ishlashini nazorat qilish, ularning ko‘rsatkichlarini yozib olish va elektr energiyasi uchun o ‘zaro hisob-kitoblarni am alga oshirish m ajburiyatlari yashovchilaming zimmasiga yuklanadi. Umumiy foydalaniladigan jo y lard a iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori alohida oilalar o ‘rtasida amalda yashovchilaming soni bo‘yicha taqsimlanadi. H ududiy elektr tarm oqlari korxonasi elektr energiyasidan umumiy hisobga olish pribori orqali foydalanuvchi fuqarolar bilan hech qanday hisob-kitoblarni amalga oshirmaydi. Elektr energiyasi uchun o ‘z vaqtida haq to ‘lash bo‘yicha mazkur qoidalarga rioya qilish, turar jo y va noturar joy fondi binosidagi hisobga olish priborining saqlanishi va butligini ta ’minlash uchun javobgarlik turar joy va noturar joy fondi binosining egasi zimmasiga yuklanadi. E le k tr en e rg iy a sin i h iso b g a o lish asb o b la ri zin a p o y a maydonchalarida o ‘rnatilgan taqdirda ularning saqlanishi va butligi uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati hamda tasarrufida uy-joy b o ig a n idora, tashkilot javob beradi. Z inapoya m aydonchalarida o ‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish asboblariga zarar yetkazilganda yoki o ‘g ‘irlangan 49 taqdirda, xususiy uy-joy m ulkdorlari shirkati va idora, tashkilot ularni o ‘z hisobidan tiklashi shart. X ususiy uy-joy m ulkdorlari shirkati, uy-joy m ulkdorlari va turar joylardagi ham da boshqa binolardagi xonalarni ijarachilarga (yuridik shaxslarga yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jism oniy shaxslarga) ijaraga beruvchi boshqa tash k ilo tlar hududiy elektr tarm oqlari korxonasining ruxsatisiz ijarachilarga tegishli bo‘lgan elektr qurilmalarini (elektr energiyasidan foydalanish maqsadlaridan qat’iy nazar) uyning ichki elektr tarmoqlariga ulash huquqiga ega emas. Ijarachilar (yuridik shaxslar yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jism oniy shaxslar) turar joy va noturar joy fondi binosining egasi bilan shartnoma tuzgandan keyin uch kun muddatda, ijaraga olingan binoda elektr energiyasidan foydalanish bilan b o g iiq masalalarni hal etish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qilishi shart. Ijarachi binodan ko‘chib ketadigan bo‘lsa, turar joy va noturar jo y fondi binosining egasi ijarachidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining u ko‘chib ketish kunigacha elektr energiyasi uchun hisob-kitob am alga oshirganligi haqidagi m a’lumotnomani talab qilishi shart. К о ‘chib ketgan ijarachilaming elektr energiyasi uchun qarzlari bo‘yicha javobgarlik ijaraga beruvchi zimmasida bo‘ladi. Hududiy elektr tarm oqlari korxonasidan iste’m olchilargacha b o ig a n b o iin ish chegarasidan elektr ta’minotini uzluksiz ta’minlash bilan bog‘liq umumiy uy-joy va uy ichidagi elektr tarmoqlarining texnik holati va ularga xizm at ko‘rsatish uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va tasarrufida turar joylar bo‘lgan tashkilotlari javob beradi. Download 3.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling