Buyrak og’rig’i — sabablari, tashxislash, davolash choralari, xalqona vositalar Buyrak og’rig’i


Download 25.85 Kb.
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi25.85 Kb.
#1351480
  1   2   3   4
Bog'liq
Buyrak og’rig’i


Buyrak og’rig’i — sabablari, tashxislash, davolash choralari, xalqona vositalar
Buyrak og’rig’i — ushbu a’zoning kasalliklarida eng ko’p uchraydigan alomatlardan biri. Og’riqni davolash taktikasi ko’p jihatdan kasallik belgilari va turiga bog’liq sanaladi.


Reja:

  • Xususiyatlari

  • Sabablari va alomatlari

  • Homiladorlikda buyrak og’rishi

  • Buyrak og’riganda nima qilish kerak

  • Davolash

  • Xalqona vositalar

Xususiyatlari
Muayyan belgilarga ko’ra og’riq boshqa a’zolarda emas, aynan buyraklarda yuzaga kelganini aniqlash mumkin. Ularga:

  • Buyrak yallig’lanishida bemorlar bel va uning yuqori qismida noqulaylik his qilishadi. Ushbu alomatga tez-tez peshob chiqarish hamrohlik qiladi. Yana bir xususiyat — peshob chiqarish yengillik keltirmaydi va achishish bilan birga kechadi. Ushbu alomatlardan tashqari, bemorlarda isitma kuzatiladi;

  • Buyrak-tosh kasalligida peshob chiqarish jarayoni o’tkir chidab bo’lmas og’riqlarga olib kelishi mumkin;

  • Ertalab buyrak sohasida noqulaylik paydo bo’lsa, bu buyraklar yallig’langanligidan dalolat berishi mumkin. Patologik jarayon sababchilaridan biri sovqotish sanaladi;

  • Chap yoki o’ng tomonda joylashgan buyrak sanchig’i, ba’zi bir manipulyatsiyalardan so’ng yanada kuchliroq namoyon bo’ladi. Ushbu belgi Pasternatskiy alomati deb ataladi, bunda shifokor og’riq sohasiga biroz urib ko’radi;

  • Ham o’ng, ham chap tomonda seziladigan og’riqlar buyrak tushishida paydo bo’ladi;

  • Erkaklarda og’ir jismoniy mashqlar yoki og’irliklarni ko’tarishda a’zo sohasida og’riqning kuchayishi a’zo patologiyasiga ishora qiladi;

  • Sovuqdan keyin buyraklarda kuchli og’riq yuzaga kelishi ulardagi patologik jarayon rivojlanishini ko’rsatadi, bu past harorat ta’sirida faqat yomonlashadi;

  • Buyraklar sohasidagi teri o’zining tabiiy pushtiroq rangini yo’qotib, keskin kulrang tus olishi jiddiy signal sanaladi. Bunday o’zgarishlar shifokor bilan maslahatlashish va buyrak kasalligi bor-yo’qligini tekshiruvdan o’tkazish uchun arzirli sabab hisoblanadi.



Download 25.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling