Buyrak og’rig’i — sabablari, tashxislash, davolash choralari, xalqona vositalar Buyrak og’rig’i


Download 25.85 Kb.
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi25.85 Kb.
#1351480
1   2   3   4
Bog'liq
Buyrak og’rig’i

Homiladorlikda buyrak og’rishi
Homilador ayollarda buyrak og’rig’i juda keng tarqalgan alomat sanaladi. Ayol organizmi ayni paytda ikki kishi uchun ishlashi kerak va shuning uchun barcha tizimlar va a’zolarga tushadigan yuk ikki baravar ko’payadi. Bunday sharoitda patologiya rivojlanishi osonroq.
Buyrak og’rig’i quyidagi xastaliklarda o’zini namoyon qiladi:

  • Pielonefrit (uning kuchayishi). Buyrak og’rishidan tashqari, ayolda yuz va bo’yinning shishishi, teri rangining oqarishi va tana haroratining ko’tarilishi kuzatiladi. Homiladorlik boshlanishidan oldin pielonefrit tashxisi qo’yilgan bemorlarda bu davrda kasallik kuchayishi xavfi mavjud;

  • Buyrak-tosh kasalligi. Uning belgisi buyrak sanchig’i sanaladi;

  • Glomerulonefrit. Ushbu kasallikning belgisi — o’tkir xarakterli og’riq.

Homiladorlikning so’nggi muddatlarida kuzatiladigan bel og’rig’i doim ham buyrak bilan bog’liq muammolardan dalolat bermaydi. Uning paydo bo’lishiga umurtqa pog’onasiga tushadigan yukning ortishi ham ta’sir qilishi mumkin.
Eng asosiysi: mustaqil davolanish bilan shug’ullanmaslik. Darhaqiqat, har bir qo’llanilgan chora nafaqat ayolning, balki uning homilasi salomatligida ham o’z aksini topadi. Yagona to’g’ri yo’l — shifokorga murojaat qilish.
Buyrak og’riganda nima qilish kerak
Buyrakdagi surunkali og’riqni davolash strategiyasi terapevt yoki nefrolog tomonidan tanlanadi. O’tkir og’riq sezilganda harakatlar algoritmi quyidagicha bo’ladi:

  • Tez yordam xizmatiga qo’ng’iroq qilish;

  • Yotgan holatni egallash. Buning uchun tekis sirt mos keladi. Ushbu holatda nafasni normal holatga keltirishga harakat qilish kerak. Organizmning ortiqcha harakatlarnishini oldini olish tavsiya etiladi;

  • Og’riq seziladigan sohaga tana haroratidan biroz baland darajali issiq qo’yish. Juda issiq ta’sir tavsiya etilmaydi, chunki u yallig’lanish mavjudligida bemor holatini og’irlashtirishi mumkin;

  • Agar og’riq zaiflashmasa yoki aksincha kuchaysa, spazmolitiklar qabul qilish tavsiya etiladi. Qabul qilingan dori-darmonlar haqida tez tibbiy yordam guruhiga xabar berish shart.

Davolash
Yengil va o’rtacha darajada og’irlikdagi buyrak kasalliklari uy sharoitida davolanadi. Og’ir klinik holatlarda terapevtik muolajalar faqat shifoxona sharoitida olib boriladi.

Download 25.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling