I umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa tarbiyasi


I bob. TA’LIM MUASSASALARIDAGI MUSIQA MASHG`ULOTLARI


Download 125.5 Kb.
bet3/8
Sana16.03.2023
Hajmi125.5 Kb.
#1279028
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi O\'rta sinflarda musiqa ta\'limi

I bob. TA’LIM MUASSASALARIDAGI MUSIQA MASHG`ULOTLARI
I.1. Bolaning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish va musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi
Bugungi kunda musiqa mashg`ulotlarini ilmiy metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko`rsatayotgan musiqa rahbarining oldiga qo`yilgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Musiqa san’ati nafosat tarbiysuning muhim omili bo`lib, u yosh avlodning kamolotga yetishishi uchun kuchli ta’sir etuvchi jarayon hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg`ulotlari Davlat ta’lim standartlariga mos bo`lgan maxsus dastur asosida oldindan tuzilgan rejalarga mos ravishda tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy maqsadi bog`cha yoshidan boshlab bolalarda ijobiy, to`g`ri dunyoqarashni shakllantirish hamda ularning musiqiy didini o`stirish, shuningdek, bolalarga musiqa ilmini o`rgatish jarayonida ularga musiqada hayot o`z aksini topishini anglatish hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning musiqani idrok etishini rivojlantirish uchun ularning musiqiy eshitish qobiliyatini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish talab etiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy idrokini rivojlantirish uchun ularda quyidagi musiqiy o’quv va qobiliyatlarni shakllantirish talab etiladi:

  • Tembr uquvi (musiqiy tovushlarning, cholg`u asboblari tovushlarining o`ziga xos alohida xususiyatlarini bir-biridan farq qila olish qobiliyati)ni shakllantirish,

  • Ritm tuyg`usi (musiqaga mos harakatlarni bajarish, qadam tashlab, chapak chalib, musiqani xotirada saqlash, his etish va ifodalash)ni shakllantirish,

  • Musiqiy uquvi (musiqiy tovushlarning past-balandligini his etish qobiliyati) ni shakllantirish,

Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqani idrok etish qobiliyati musiqiy mashg`ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida muntazam ravishda rivojlantirlib borilsa yaxshi natija beradi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi musiqa rahbarlari tomonidan musiqa mashg`ulotlarida olib boriladigan musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagicha:

    • Bolalarning musiqani idrok etish qobiliyatlarini har bir mashg`ulotda bosqichma-bosqich rivojlantirib boorish,

    • Musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his - tuyg`ularni hosil qilish yo`li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish,

    • Bolalarning musiqaga bo`lgan qiziqishlarini o`stirish,

    • Bolalarning musiqa tinglash, qo`shiq kuylash, musiqa sadolari ostida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lish kabi faoliyatlari yordamida ularning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirib borish,

    • Bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo`shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o`rgatish va odatlantirish,

    • Musiqiy asarlardan zavq olishni o`rgatish va shu asosda musiqiy didni hamda badiiy fikr yuritish malakasini shakllantirish.

    • Musiqa mashg`ulotlari mazmunini bog`cha hayoti bilan bog`lash, musiqa mashg`ulotlari jarayonida o`rganilgan kuy va qo`shiqlar hamda raqslar bilan bog`chada o`tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish.

    • Musiqa mashg`ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlarni o`yin va raqs shaklida ifoda etishni o`rgatish,

    • Musiqa mashg`ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg`u sozlarimiz jo`rligida milliy musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishni o`rgatish,

Turli metodlardan foydalanib o`tkaziladigan har bir musiqa mashg`uloti kichkintoylarda badiiy-estetik zavq uyg`otadi, ularning his-tuyg`ularini shakllantiradi, ijodiy fikrlash qobiliyati, nutqini ham o`stiradi va musiqiy idrokini o`stiradi. Musiqa mashgulotlarida bolalar hayotni hamda tevarak-atrofdagi voqealarni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar bog`chalarida musiqiy tarbiya ishlari jismoniy tarbiya, badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy ravishda bog`langan holda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy - ta’limiy va tarbiyaviy ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog`cha yoshidan shakllantirishda nafosat tarbiyasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Musiqiy o`yinlar va raqslar bolalarda ritm tuyg`usini, harakatchanlik va chaqqonlik malakalarini shakllantirib, qomatning to`g`ri o`sidhiga yaxshi ta’sir etadi. Bu esa bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Bolalarni bog`cha yoshidan boshlab musiqa san’atiga qiziqtirib, ularning musiqiy ijodkorligini reja asosida bosqichma-bosqich rivojlantirib borish ularni ma’naviy barkamol bo`lib yetishishlari uchun mustahkam zamin tayyorlaydi.


Download 125.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling