I umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa tarbiyasi
Kurs ishining maqsad va vazifasi
Download 125.5 Kb.
|
kurs ishi O\'rta sinflarda musiqa ta\'limi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining metodologik asosi
Kurs ishining maqsad va vazifasi:Musiqani idrok etishni tashkil etish ishlari bo`yicha qilingan va qilinayotgan izlanishlarni, bu boradagi ilg`or pedagoglarning ish tajribasini o`rganish, tahlil qilish hamda musiqani idrok etishni tashkil etish bo`yicha yangi tavsiyalarni ishlab chiqish. Milliy musiqamiz mazmunini idrok etish orqali milliy qadriyatlar, tarbiyaviy-ta’limiy g`oyalar va qarashlarni aniqlash, tahlil qilish hamda ulardagi insonparvarlik va vatanparvarlik kabi dolzarb g`oyalarni yoshlar ongiga singdirish yo`llarini ishlab chiqish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish. O`rta umumiy ta’lim maktablarida musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish. Kuzatilgan, o`rganilgan tashkiliy jarayonlarni umumlashtirrgan holda tahlil qilish va metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishining ob’yekti: Musiqani idrok etishni tashkil etish jarayonlarini tahlil etish mobaynida kuzatiladigan ish tajribalari, namunaviy darslar, musiqa mashg`ulotlari hamda shu paytgacha va hozirgi davrda qilinayotgan ilmiy-metodik izlanishlar tahlili. Kurs ishining metodologik asosi:O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni (1997), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997), O`zbekiston 1-Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari va boshqa asarlaridagi mavzuga aloqador bo`lgan zarur tavsiyalar va ko`rsatmalar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublikada musiqa madaniyatini rivojlantirish bo`yicha chiqargan qarorlari va farmonlari, Prezidentimizning xalqimiz ma’naviy merosidan ijodiy foydalanish haqidagi qimmatli ko`rsatmalari, ilg`or pedagogik tajribalar tahlili va musiqashunos olimlarning shu borada qilgan va qilayotgan ilmiy- ijodiy izlanishlari. Kurs ishining tuzilishi: Kirish, ikkita bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. Download 125.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling