Odam fiziologiyasi
Download 5.32 Mb. Pdf ko'rish
|
E.NURITDINOV ODAM FIZIOLOGIYASI (Darslik) 0 ’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavrlari uchun darslik sifatida tasdiqlangan. TOSHKENT «ALOQAChl» 2005 www.ziyouz.com kutubxonasi Annotatsiya Mazkur darslik jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavr va magistrlari uchun m o4ljallangandir. Ushbu «Odam fiziologiyasi» nomi bilan yaratilgan yangi darslik faqat yuqorida keltirilgan mutaxassislik uchungina yaroqli b o ‘lmasdan, balki undan tashqari biologiya, pedagogika va tibbiyot y o ‘nalishlarida ham bakalavr va magistrlar tayyorlanishida ham zaruriy o ‘quv adabiyoti sifatida ishlatilishi mumkin.
y.
© “ALOQAChl”, 2005 y. www.ziyouz.com kutubxonasi SO’Z BOSHI Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning jadal rivojlanishi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bilan chambarchas bog’liq. Bu sohada ayniqsa jism oniy tarbiya bakalavrlari uchun tegishli soha b o ‘yicha davlat tilida chop etilgan o ‘quv adabiyotlari hozircha yo‘q. Shu sababli mazkur darslik muallifi yuqoridagi zaruratni hisobga olib, shuningdek ushbu y o ‘nalish b o ‘yicha Samarqand Davlat universitetining tayanch oliy o ‘quv yurt ckanligi hamda shu fanga oid yangi namunaviy o ‘quv dasturini yaratgani tufayli shu dasturga mos b o ‘lgan darslik yaratish kabi m as’uliyatli vazifani o ‘z b o ‘yniga olgan edi. Muayyan darslik jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavr va magistrlari uchun m o‘ljallangandir. Ushbu «Odam fiziologiyasi» nomi bilan yaratilgan yangi darslik faqat yuqorida keltirilgan mutaxassislik uchungina yaroqli b o klmasdan, balki undan tashqari biologiya, pedagogika va tibbiyot y o ‘nalishlarida ham bakalavr va magistrlar tayyorlanishida ham zaruriy o ‘quv adabiyoti sifatida ishlatilishi mumkin. Jumladan, 5141900 -
«Jismoniy tarbiya
va jismoniy madaniyat» bakalavriatura y o ‘nalishi (152 soat) va 5A141901 - «Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat» magistrlik mutaxassisligi b o ‘yicha «jismoniy madaniyatning fiziologik asoslari» faniga (60 soat) m o‘ljallangan. Bundan tashqari, 5420100 - biologiya bakalavriaturasi (150 soat), 5А420Ю5 «Odam va hayvonlar fiziologiyasi» magistrlik mutaxassisligi (60 soat) hamda tibbiyot va pedagogika institutlarining bakalavriatura y o ‘nalishlari b o ‘yicha foydalanish mumkin. Muayyan darslik ushbu fan sohasida erishilgan barcha zamonaviy ma’lumotlami o ‘z ichiga olishi bilan birga, u muayyan fanning rivojlanish tarixiga tegishli m a’lumotlar va fan maMumotlarini mazmuniga bog’liq b o ‘lgan an’anaviy udumlar, qadriyatlar bilan ham boyitilgan. Ushbu darslik 15 bobdan iborat b o ‘lib, uning kirish qism i odam fiziologiyasi fanining rivojlanish tarixiga va
umumiy fiziologik tushunchalarni bayoniga oid ma’lumotlam i qamrab olgan. Darslikning keyingi boblarida qon, qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, modda va energiya almashinuvi, ichki (endokrin) sekresiya bezlari faoliyati, q o ‘zg’aluvchan hujayralar, mushak va asab tizimi, oliy asab faoliyati va analizatorlar (sensor tizimlar) ning funksional faoliyatiga oid materiallar yoritilgan. M a’lumki, jismoniy tarbiya va sport sohasida bakalavr, magistr akademik unvonlariga ega b o ‘lgan malakali mutaxassis, shuningdek ushbu soha aspirantlari organizmda sodir b o ‘ladigan turli fiziologik jarayonlarni, ulaming
rivojlanish qonuniyatlarini chuqur bilm og’i kerak. Odam
fiziologiyasi haqida chuqur bilimga ega b o ‘lmagan mutaxassis organizmda morfo-funksional o ‘zgarishlar mexanizmlarini to ‘g’ri tahlil qilolmaydi. Mazkur darslik muallifning k o ‘p yillik ish tajribalari asosida yozilgan b o ‘lib, ushbu sohaning b o ‘lajak mutaxassislari uchun birinchi marta nashr etilayotganligi tufayli, b a ’zi ju z ’iy xatolardan ham xoli emas. Shuning uchun muallif kitobxonlarning darslik haqidagi fikr va mulohazalarini mamnuniyat bilan qabul qiladi va ularga oldindan minnatdorchilik izhor etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi Fiziologiya (yunon. fizis-tabiat, logos-ta’limot, fan) tirik organizmning funksiyalarini, unda sodir bo 4adigan jarayonlarni o ‘rganadi. Bu fan hujayra, to‘qima, a yzo va tuzilmalarning hayotiy faoliyatini yaxlit organizmga xos bo‘lgan barcha murakkab va muhim jarayonlaming asosiy mexanizmlarini, ularning funksional aloqamandligini, ichki va tashqi muhit sharoitiga bog(langan holda keng mafnoda o ‘rganadi. Organizmni ta’minlaydigan moddalar almashinuvi, ovqatlanish, nafas olish, qon aylanish, ayiruv, ichki sekretsiya bezlari, asab tizimi faoliyati va boshqa vazifalar fiziolgiyaning asosiy o ‘rganish maqsadidir. Fiziologiya organizmda sodir b o ‘ladigan funksiyalami, ulaming hamma xususiyatlarini, k o ‘rinishlarini o ‘zaro
munosabatlarini organizmning turli funksional holatlarida va tashqi
muhitning turli
sharoitida aniqlashga intiladi. Fiziologiya funksiyalarining tarixiy (filogenetik) va individual (ontogenetik) rivojlanishini, ulam ing doimo
o ‘zgaruvchi tashqi
muhit sharoitiga moslashishini o ‘rgahadi. Shunday qilib, fiziologiya organizm funksiyasini (lotincha «funksio»- ijro qilish, faoliyat k o ‘rsatish) har bir hujayra, to ‘qima, a ’zo, tizilmaning bir butun organizm sathidagi bajaradigan vazifasi va faoliyatini o ‘rgatadi. Odam fiziologiyasi - tibbiyot nazariyasining poydevori hisoblanadi, uning rivojlanishi pedagogika va psixologiya uchun juda katta ahamiyatga ega. Odamda uchrab turadigan ko‘pgina kasalliklarni oldini olishda, me'yorida o (sish va rivojlanishini ta’minlashda, turli muhit sharoitlariga moslanishda, atrof-muhit tozaligini saqlab turishda, mehnat va sport mashqlarini ko‘ngildagidek maqsadga muvofiq holda tashkil qilishda, kishi umrini uzaytirish muammolarini yechishda fiziologiya yutuqlariga tayaniladi. Fiziologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi Odam
fiziologiyasi biologik fanlar orasida eng sertarmoq fan
hisoblanadi. Bu tarmoqlardan solishtirma fiziologiya, evolutsion fiziologiya, ekologik,; ; fiziologiya, me’yoriy fiziologiya, patologik fiziologiya va boshqalami qayd qilib o ‘tish mumkin. Biroq, fiziologiya o ‘z tekshirishlarida boshqa tabiiy fanlar bilan yaqin aloqada b o ‘lib, o ‘z navbatida turli fanlarning rivojlanishiga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, odam fiziologiyasi fizika bilan kimyo qonunlariga tayanadi va ulaming tekshirish usullaridan, keng foydalanadi. Har bir hayotiy hodisalami tekshirishning fizik va kimyoviy y o ‘nalishlari biofizika va biokimyo degan mustaqil fanlarning paydo b o ‘lishiga asos b o ‘ldi. Fiziologiya morfologik fanlar - anatomiya, gistologiya va sitologiya bilan yaqin aloqada bo lib, rivojlanib kelmoqda, chunki morfologik va fiziologik hodisalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Organizm va www.ziyouz.com kutubxonasi uning a 'zolarining shakli , tuzilmasi va funksiyalarini bilmay turib yaxlit organizmning faoliyatini o ‘rganib bo‘lmaydL Fiziologiya bilan tibbiyotni bir-biridan ajratib bo ‘Imaydi. Fiziologiya tibbiyotga nazariy oziqa beradi va uni poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Tibbiyotda fizioiogiyaning qonuniyatlari , uning nazariy va amaliy ulkan yutuqlari muntazam ravishda keng tadbiq etiladL Tibbiyot esa o ‘z navbatida fiziologiya uchun g ‘oyat ko ‘p qimmatli maHumot beradi. «Patologik hodisalar dunyosi fiziologik hodisalarning har xil favqulodda, y a fni hayot m o‘tadil o ‘tayotganda ro ‘y bermaydigan kombinatsiyalarining cheksiz qatoridir. Bular tabiatda va hayotda bo‘ladigan fiziologik tajribalarning go‘yo bir qatori ekanligi shubhasiz, bular k o ‘pincha hodisalarning shunday kombinatsiyalariki, zamonaviy fiziologlarning hali xayoliga ham kelmaydi va bayzan ularni fiziologiyaning hozirgi texnikaviy vositalari bilan ataylab gavdalantirib bo ‘Imaydi». Shu tufayli fiziologiyaning alohida bo ‘limi sifatida klinik fiziologiya shakttangan . Fiziologiya pedagogika va psixologiya fanlari bilan ham b o g ‘liq. Oliy asab faoliyati haqidagi ta’limot zamonaviy psixologiya va pedagogikaning asosidir. Fiziologiyaning pedagogika uchun amaliy ahamiyati shundan iboratki, bolaning mehnati va turmush shamitini to 4 g ‘ri tashkil etish, to ‘g ‘ri tarbiya tadbirlarini o ‘tkazish uchun pedagog va psixolog bola organizmida го‘у beradigan fiziologik jarayonlarning yoshga aloqador xususiyatlarini bilishi kerak. Bu soha uchun m a’lumotlar beradigan fan yosh flziologiyasidir. Ma’lumki, jism oniy madaniyat tarbiyaning juda muhim vositasidir, chunki u kishining har tomonlama rivojlanishiga amaliy yordam beradi, uning aqliy, jism oniy, ma’naviy va estetik qobiliyatlarini o 4 stiradi. Jismoniy tarbiya bolalardan tortib keksalargacha hamma aholi tabaqalarini o ‘z ichiga olishi kerak. Shuning uchun jism oniy tarbiya odam organizmining asosan harakat faoliyatini rivojlantirish y o ‘li bilan ta’lim-tarbiya olishga va s o g ‘likni yaxshilashga katta yordam beradi, kishining umrini uzaytiradi. Sportning har bir turi odamning harakat, aqliy, m a’naviy iroda qobiliyatlarini va sifatlarini o ‘stiradigan pedagogik fan sport flziologiyasidir. Jismoniy tarbiyaga oid fiziologiyaga odam organizmini turli kasalliklardan saqlashdek katta mas'uliyatli vazifalar yuklatiladi, boshqacha aytganda, jism oniy tarbiyaga tashxis nuqtaiy nazaridan kiatta ahamiyat beradi. Jismoniy tarbiya va sport odamni s o g lo m , bardam, tetik, baquvvat qiladi, chiniqtiradi. Sport fiziologiyasi odam organizmini chiniqtirish va jism oniy kamolga yetkazishdan tashqari, yoshlarimizda vatanparvarlik, q ‘ z faoliyatini jam oa, davlat ehtiyojlari va manfaatlariga b o ‘ysundira bilish kabi fazilatlarni shakllantiradi. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari gimnastika, har xil sport, o ‘yinlardir. Jismoniy tarbiyaning bir qism i b o ‘lmish sport odamning boshqa faoliyati kabi, oliy asab faoliyatining yuzaga chiqishi bifen bogiangandir. www.ziyouz.com kutubxonasi Odam sport bilan shug‘ullanganda xarakterli harakatlami o ‘z organizmiga ta’sir etib, Uning ish qobiliyatini qisqa va uzoq vaqt davomida z o ‘r berib ishlashga tayyorligini oshiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida murabbiy-pedagoglar amal qiladigan didaktik tamoyillarga kelsak, sport fiziologiyasi tajribalaridan xulosa qilib olingan bu tamoyillariga ham I.P.Pavlovning oliy asab faoliyati (O AF) to ‘g 4risidagi taMimoti asos qilib olinishi kerak. Fiziologiyaning asosiy tekshirish usullari Umumiy fiziologiyaning eng asosiy usuli - eksperiment (tajriba) hisoblanadi. Fiziolog fiziologik jarayonlaming qanday qilib va nima uchun sodir b o ‘layotganligini bilishga intiladi. Buning uchun eksperimentator yaratadigan va o ‘zgarib turadigan sharoitda tajriba o ‘tkazilishi кёгак. Organizmdagi biror a’zoning funksiyasi yoki ahamiyatini bilish uchun fiziolog shu a’zoni yoki uning biror qismini olib tashlaydi (olib tashlash yoki ekstirpatsiya usuli) yoki organizmning yangi joyiga k o ‘chirib o ‘tkazadi (k o‘chirib o ‘tkazish yoki transplantatsiya usuli) va bu jarrohlikdan keyin qanday oqibatlar qolishini kuzatishadi. Bunday usullar ayniqsa ichki sekretsiya bezlarini va markaziy asab tizimini o ‘rganishda juda q o ‘l keladi. A ’zo faoliyati asab tizimining ta’siriga b o g ‘liq ekanini bilish uchun shu a*zoga boradigan asab tolalari qirqiladi (denervatsiya usuli). A ’zolam ing qon tomirlar tizilmasi bilan aloqasini uzish, turli qon tomirlari b o g ‘lab tashlanadi (ligatura solish usuli) yoki bir tomirning markaziy qismi ikkinchi tomiming periferik qismiga tikib ulanadi (tomirlar anostomozi usuli). Organizmning jchkarisida joylashgan va shuning uchun bevosita kuzatib b o ‘lmaydigan ba’z i a’zolar faoliyatini o ‘rganish uchun naycha usuli q o ‘llaniladi. Bu usulning bir variantida a’zo, masalan, m e’da, ichak, qovuq b o ‘shlig‘iga plastmassa yoki metall nay kiritilib, buning ikkinchi uchi teriga mahkamlab q o ‘yiladi; boshqa variantda esa bezlar y o ‘li teri yuzasiga chiqarib q o ‘yiladi. Yurak qon tomirlari, bez y o ‘llarida o ‘tkaziladigan k o ‘p tekshirishlarda ularga ingichka naylar-kateterlar turli asboblarga ulanadi yoki muayyan moddalar shu kateterlar orqali yuboriladi (kateterizatsiya usuli). A ’zolar faoliyatini sun’iy q o ‘z g ‘atish uchun fiziologlar elektr, mexanik, kim yoviy va boshqa biror y o ‘l bilan ta’sir k o ‘rsatishadi. A ’zolam ing funksiyalarini tekshirish uchun qoilaniladigan boyagi usullaming k o ‘pchiligi tirik organizmni yorish yoki jarrohlik qilishni talab etadi. Bu usullar o ‘tkir va surunkali-xronik tajribalarda tatbiq etiladi. Odatda uzoq davom etmaydigan o ‘tkir tajribalarda (yoki viviseksiyalarda) hayvonga narkoz berib yoki uni boshqa usulda harakatsiz qilib q o ‘yib, a’zolarining funksiyasi o ‘rganiladi, asablarga ta’sir etish, dori moddalar yuborish va shunga o ‘xshashlam ing ta’siri tekshiriladi. Surunkali-xronik tajribalarda fiziologlar hayvonni har xil xirurgik operatsiya qilib, u tuzalgandan keyin tekshira boshlashadi. Operatsiya qilingan hayvonni k o ‘pincha bir necha hafta, oy va yillab kuzatsa b o ia d i. www.ziyouz.com kutubxonasi A ’zolar funksiyasi butun organizmdagina cmas, organizmdan ajratilgan sharoitda ham o ‘rganiladi. Qirqib olingan (boshqacha aytganda, organizmdan ajratib olingan) a ’zo tomirlaridan shu maqsadda muayyan eritmalar o ‘tkaziladi, bu eritmalar tarkibini eksperimentator tartibga solib turadi (perfuziya usuli) va tirik to4qimalar uchun zarur tashqi muhit- muayyan harorat, namlik va shu kabilar muhayyo qilinadi. Yuqorida sanab o ‘tilgan usullarning hammasi organizmda sodir b o ‘ladigan jarayonlar tabiatini chuqur bilib olishga xizmat qiladi. Ular hujayra darajasigacha, hatto uning a’zolarigacha tahlil qilinadi, m ikrofiziologik tajribalarda, masalan, yakka mushak, asab hujayrasi va boshqa hujayralar tekshiriladi. Biror a ’zo to ‘qima yoki hujayrada ro4y beradigan har bir fiziologik jarayonni organizmda sodir b o ‘ladigan boshqa hamma jarayonlardan alohida o ‘rganish fiziologiyadagi analitik: (tahliliy) tadqiqot vazifasidir. Bu holda y o lg ‘iz a’zo, to‘qima, hujayraning funksiyasi, faqat shu jarayon haqida har tomonlama tasavvur olish mumkin. Ammo organizmning hayot faoliyatini to ‘g 4ri bilib olish uchun buning o ‘zi kamlik qiladi. I.P.Pavlov «Sintetik fiziologiya» deb atagan tadqiqotlar y o ‘nalishi zarur. Bu faoliyatni I.P.Pavlov ayrim a’zo, to ‘qima va hujayralarni o ‘rganadigan «tahliliy fizioligiya» ga qarshi q o ‘ygan edi. I.P.Pavlov s o ‘zlari bilan aytganda organizmning tashqi muhit bilan hamma aloqalarini va o ‘zaro munosabatlarini o ‘rganish sintetik fiziologiyaning vazifasidir. Bunday tekshirishda fiziolog organizm o ‘rganilayotgan sharoitni tabiiy sharoitga maksimal darajada yaqinlashtirishga intiladi. S o ‘nggi yillarda fiziologlar va tibbiyot xodimlari fizika, radiotexnika, elektronika va kibemetikaning zamonaviy muvoffaqiyatlaridan foydalanmoqdalar, bu esa s o g io m va kasal organizm funksiyalarini o ‘rganishda katta yordam beradi. Organizm funksiyalarni tekshirishning yangi usullari ishlab chiqildi, eski usullar takommillashtirildi, odam va hayvonlar organizmiga qanday b o im a sin shikast yetkazmasdan, uning k o ‘p funksiyalarini o ‘rganish mumkin b o iib qoldi. Masalan, miyachaga elektrodlar q o ‘yib va elektr o ic h a s h jihozlarini tatbiq etib miyachada sodir b oiadigan elektr hodisalari o ‘rganilmoqda va shu m aium otlarga asoslanib boshqa a ’zolam ing holati haqida tasavvur olinmoqda. Elektr usullari organizmda b oiad igan mexanik, tovush, harorat va boshqa jarayonlami o ‘rganishga ham imkon beradi. Odam va hayvonlar butun organizmining funksiyalarini tekshirish uchun turli hujayra, a’zo, tuzilmalarda ro‘y beruvchi k o ‘p va turli-tuman fiziologik, fizikaviy va kim yoviy jarayonlarni bir y o i a yozib olish g ‘oyatda Download 5.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling