Konkurensiya-ozuqa resurslari yoki hayot maskanlarida sodir bo‘ladigan
ziddiyat,
raqobat, musobaqa, bir yoki bir nechta turlarning vakillari orasidagi antogonistik munosabatlar.
Hayot uchun kurashning bir shakli hisoblanadi.
Kaudal-dumga oidlikni bildiradi.
Kosmoid-o‘zgargan dentin.
Labirint-ichki quloq.
Metamorfoz-hayvonlarda organizmning postembrional
rivojlanish davridagi tub
o‘zgarishlar. Masalan, hasharotlar lichinkasining etuk individ (imoga)ga aylanishi.
Metamerlik-organlarning qator ikki tomonlama joylanishi.
Mezonefroz-birlamchi buyrak, voyaga etgan tuban umurtqalilarda bo‘ladi.
Migratsiya-ko‘chib
yurish
Nevrotsel-nerv nayining ichi yoki bo‘shlig‘i.
Nevropor-nerv teshigi lansetniklarda bor.
Ontogenez-organizmning individual rivojlanishi. Bunga organizmning paydo bo‘lishidan,
hayotining oxirigacha ketma-ket
yuz beradigan morfologik,
fiziologik va biokimyoviy
o‘zgarishlar majmui kiradi.
Oila-bir-biriga yaqin bo‘lgan avlodlarni birlashtiruvchi taksonomik birlik.
Otolitlar-endolimfaga oq rang beruvchi ohakkonkretsiyalar.
Oesiy- tuxum xalta.
Pansir-qalqon.
Paleozoologiya-qadimgi geologik davrda yashab, hozirda qirilib ketgan va qazilma holda
saqlanib qolgan hayvonlarni o‘rganuvchi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: