I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
Topshiriqlar varianti: 
1. Treskasimonlar turkumining tavsifini aytib bering?. 
2. Treskasimonlar turkumining umumiy tuzilishi haqida ma’lumot bering? 
3. Ularning xarakterli belgilari, biologiyasi va tarqalishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
4. Treskasimonlarning sistematikasi haqida umumiy ma’lumot bering? 
5. Treskasimonlarning sanoatdagi ahamiyati nimalardan iborat? 
 
 


26-AMALIY MASHG’ULOT 
 
Mavzu: Nalim, navaga, sayka, piksha. Tarqalishi va uchrash areallari 
 
Treskasimonlar turkumi, umumiy tuzilishi, xarakterli belgilari. Treskasimonlar 
(Gadiformes) turkumining ko‘p turlari dengizlarda, ayniqsa, daryolarning dengizga quyiladigan 
joylarida (treska, mintay, navaga, sayka, sayda, qutb treskasi, piksha va boshqalar) tarqalgan, suv 
tubida hayot kechiradi. Boltiq, Barens, Oq dengizda va Uzoq SHarqda SHimoliy dengizda treska 
(Gadus morhua) yashaydi. 
Sanoatda muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan baliqlar. Odatda suzgich nurlari yumshoq 
bo‘lgan yirik baliqlar. Mo‘tadil va Arktika dengizlarida tarqalgan; faqat nalim ( Loto loto 
)chuchuk suv balig‘i. Ko‘p turi daryoning dengizga quyilish joylariga hatto dengizlarga ham 
kiradi. Masalan navaga , sayka, qutb treskasi ana shunday baliqlar. Asosan suv tubida yashaydi. 
Baltika Barens Oq dengizlarda va uzoq sharqdagi shimoliy dengizlarida treska ( Gadus morhua ) 
tarqalgan. Agar ba’zi vaqtlarda Barens dengizidan Karsk dengiziga o‘tishi hisobga olinmasa ular 
sibir qirg‘oqlarida uchramaydi. Treska keng migratsya qiladi, u asosan lofotensk 
tashlaydi.SHundan ketin treska barens dengizining sharqiy qismiga ketib, u erdagi bankalrda ( 
dengiz tubining baland joylarida) yashaydi shu erda u ovlanadi. Treska juda ser pusht bo‘lib, 2,5 
dan 10 milliongacha urug‘ tashlaydi.Treskadan tashqari shimoliy dengizlarda tral solib ovlashga 
piksha ( G. aeglefenus), sayda (Pollacius verins), sayka (Boreogadus saida) ham muxim 
ahamiyatga ega. Treskalarni ovlashda faqat ularning goshti emas, balki baliq moyi bilan 
ataladigan, D vitaminiga boy bolgan jigar moyidan ham foydalaniladi. SHimoliy dengizlarda va 
Uzoq SHarqda navaga (Eleginus navaga) tarqalgan. Qishda u kopincha daryolar qoyilishiga 
yigilgan vaqtda ovlanadi. Turkumning Evrosiyo va SHimoliy Amerika chuchik suvlarida 
tarqalgan sanoat axamiyatiga ega bolgan yagona qimmatbaho vakili nalim (Lota lota) dir. 
Treskasimonlar turkumi vakillarining xarakterli belgilari: 
-
ostki jag‘ida mo‘ylovlari bor; 
-
orqa suzgichlari 1, 2 yoki 3 ta, anal suzgichi 1 yoki 2 ta; 
-
hamma suzgich qanotlari yumshoq; 
-
suzgich qanotlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan shu’lalari mavjud; 
-
qorin suzgich qanotlari ko‘krak suzgich qanotlaridan oldinda joylashganligi bilan 
xarakterlanadi. 
Treskasimonlarning asosan shimoliy yarim sharda tarqalgan. Treskasimonlarning 68 turi 
ma’lum, ularning 51 turi shimoliy yarim shar dengizlarida uchraydi. Tinch okeanida 5 turi 
uchraydi. Ekvatorial suvlarda uchramaydi. Ko‘pchilik turlari Atlantik okeanida yashaydi
aksariyati endem turlardir. Bular shu erda paydo bo‘lgan va shu erdan boshqa joylarga tarqalgan. 
Tinch okeaning shimol tomonidan treskalar Osiyoning shimoliy qirg‘oqlariga kirib kelgan, 
masalan navagalar, Amerikaga xuddi shunday borib qolgan. 
Treskasimonlar dengiz baliqlari, faqat nalim chuchuk suvlarda uchraydi. Ular sovuq 
suvni yaxshi ko‘radi. Ayrim turlari sayka va navagalar minus haroratda ham uchraydi. Suvni 
chuqurlikda hayot kechiradi. Ayrimlari masalan, sayka, sayda, Esmarka treskachasi, putasslar 
pelagik hayot kechiradi. Qirg‘oqqa yashaydigan turlari bor, masalan navagalar. 3000 m 
chuqurlikda yashaydigan turlari putasslar. Eng sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan turi treskacha. 
Asosan treskalarning tana uzunligi 1,8 m gacha og‘irligi 30 kg gacha bo‘lishi mumkin. Esmarka 
va saykalarni tana uzunligi 30 sm. 


Asosan qishda tuxum qo‘yadi (navaga, sayka). Bahorda tuxum qo‘yadigani ham bor 
(pikshalar). Treska juda serpusht bo‘lib, 2,5-10 mln gacha tuxum qo‘yadi. Ayrimlarining yashash 
joyiga ko‘ra urchishi ham har xil davrga to‘g‘ri keladi. Masalan mintaylar Koreya dengizlari 
qirg‘og‘ida noyabr-dekabrda tuxum qo‘ysa, Bering dengizida fevral-aprelda tuxum qo‘yadi. 
Oziqlanish har xil. Sayka, Esmarka treskachasi putasslar – planktofag. Navaga, pikshalar 
bentofag. Treska, sayda, merluzalar yirtqich – sosan baliqlar bilan oziqlanadi. Sanoat 
ahamiyatiga ega. Asosan mintaylar ko‘p ovlanadi. Keyin treska, putasslar, merluzalar, saydalar, 
Esmarka treskachasi. Hozirgi vaqtda Atlantika treskasi va pikshalarning soni kamaygan. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling