O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
Rektor _________M.T.Xodjiyev
“____” ____ 2021 yil
|
№____________
DORIVOR O‘SIMLIKLAR BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
|
800000 – Qishloq, o’rmon, baliq xo’jaligi va veterinariya
|
Ta’lim sohasi:
|
810000 – Qishloq xo’jaligi
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
60812100- Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
|
|
|
Guliston-2021
Fan/modul kodi
DO’BE1510
|
O‘quv yili
2023-2024
|
Semestr
5-6
|
ECTS - Kreditlar
10
|
Fan/modul turi
Majburiy fanlar
|
Ta’lim tili
O’zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
4-6
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi
|
150
|
150
|
300
|
O‘quv kursining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni.
Dastur O‘zbekistonda tabiiy holda keng tarqalgan va madaniy holda o‘stirilayotgan dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasini o‘rganishga qaratilgan. Dorivor o‘simlik turlarining bioekologik xususiyatlarini o‘rganish, ularni tabiiy sharoitda tarqalgan senopopulyatsiyalari, reproduktsiya jarayoni tadqiq etish, dastlabki ko‘paytirish sinov-tajribalarini o‘tkazish ularni dastlabki madaniy plantatsiyalarini yaratishga ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘simliklar tabiiy resurslardan foydalanishning ortishi o‘simlik tabiiy zaxiralarining tobora chegaralanib qolishiga va tabiiy bioxilma-xillikni kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda 120 tadan ortiq dorivor o‘simlik turlari aniqlangan. Ularning 112 ta turi farmokopeyada qo‘llanilmoqda. So‘nggi yillarda floramizdagi ayrim dorivor o‘simliklarning areallari tobora qisqarib, muhofazaga muhtojligi qayd etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning 2019 yilgi nashriga kiritilgan turlar soni soni 313 tani tashkil etdi.
“Dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi” fani ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan fan hisoblanib, 3-bosqichda o‘qitilishga mo‘ljallangan. Dorivor o‘simliklarning bioekologiyasini o‘rganish ayrim yo‘qolish arafasiga kelib qolgan turlarning tabiiy arealarini muhofaza etish, ularni madaniylashtirish va maxsus plantatsiyalarini barpo etishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur fan bo‘lajak mutaxassislarga dorivor o‘simliklarning bioekologik xususiyatlari va reproduktsiya jarayonlarini tadqiq etishning klassik va eng zamonaviy usullari bilan tanishtirishni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |