Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


-mavzu. Introduktsiya qilingan dorivor o‘simliklar bioekologiyasi


Download 106 Kb.
bet7/9
Sana03.11.2023
Hajmi106 Kb.
#1741861
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fan dasturi

17-mavzu. Introduktsiya qilingan dorivor o‘simliklar bioekologiyasi.
Introdutsent dorivor o‘simliklar. Floristik region – donor tushinchasi, introdutsent o‘simlik tarqalgan hududdan boshlang‘ich materiallarni to‘plash masalalri. Birlamchi introduktsion sinov natijalari, undan kutilgan asosiy maqsad introdutsentlardan qayta ekish uchun etarli materiallar (urug‘, ko‘chatlar) olish zarurligi.
Introdutsent o‘simlikning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish. Urug‘ni laboratoriya unuvchanligi aniqlash. Tirik o‘simlikni va vegetativ organlarini ekish. Introdutsentlarning ontogenezi va reproduktsiya jarayonini kuzatish.
18-mavzu. Qizil kitobga kiritilgan dorivor o‘simliklar va ularni muhofaza qilish.
O‘zbekiston Respublikasining dorivor o‘simliklarni muxofaza qilish va tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari. Vazirlar Maxkamasining “2019-2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori va unda biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni ta’minlash, kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini qayta tiklashga qaratilgan ustuvor vazifalar. Tabiatda dorivor o‘simliklarni kamayib ketish sabablari, ularni madaniylashtirish holati.

  1. Amaliy mashg'ulotlar:

Amaliy mashg‘ulotlarga quyidagi mavzular tavsiya etiladi.

  1. O’simliklar bioekologiyasini o‘rganishning asosiy usullari.

  2. O’simliklarning hayotiy shakllari taxlili. K.Raunker va I.G.Serebryakov klassifikatsiyalari.

  3. Dorivor o’simliklarni ekologik omillardan namlikka nibatan guruhlash.

  4. Dorivor o’simliklarni ekologik omillardan yorug’likka nibatan guruhlash.

  5. Dorivor o’simliklarni ekologik omillardan haroratga nibatan guruhlash.

  6. Dorivor o’simliklarni tuproq omiliga nibatan guruhlash. Galofitlarning o’ziga xos tuzilishi bilan tanishish.

  7. O’simlikning ontogenez davrlari va bosqichlarini ajratish.

  8. O’simlikning katta va kichik hayotiy sikllarini o’rganish.

  9. Dorivor o’simliklarning urug‘ sifati va laboratoriya unuvchanligini aniqlash.

  10. Dorivor o’simliklar urug‘ unuvchanligiga haroratning ta’sirini aniqlash.

  11. Dorivor o’simliklar urug’ining dala o’nuvchanligini aniqlash.

  12. Dorivor o’simliklar o’sishi va rivojlanishi fenofazalarini aniqlash va fenospektrlarini tuzish.

  13. Dorivor o’simliklarning gullash va mevalash jarayonini o’rganish.

  14. Dorivor o’simliklarning urug’ maxsuldorligini aniqlash.

  15. Dorivor o’simlikning senopopulyatsiyani geterogenligini o’rganish (gamet, ramet va klonlar miqdorini aniqlash).

  16. Populyatsiyaning fazoviy va yosh tuzilmasi taxlili.

  17. Senopopulyatsiyaning urug’ banki tuzilishi bilan tanishish.

  18. Cho’l zonasi dorivor o’simliklar ro’yxatini tuzish va aniqlash.

  19. Adir zonasi dorivor o’simliklari ro’yxatini tuzish va aniqlash.

  20. Tog’ zonasi dorivor o’simliklari ro’yxatini tuzish va aniqlash.

  21. Yaylov zonasi dorivor o’simliklari ro’yxatini tuzish va aniqlash.

  22. To’qay dorivor o’simliklari ro’yxatini tuzish va aniqlash.

  23. O’zbekistonda o’stirilayotgan tropik va subtropik zonasi dorivor o’simliklari ro’yxatini tuzish.

  24. O’zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan dorivor o’simliklar ro’yxatini tuzish.

  25. Dorivor o’simliklarni muxofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish choralarini ishlab chiqish.

Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi lozim. Mashg’ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanili maqsadga muvofiq.


  1. Download 106 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling