5-mavzu. Dorivor o‘simlik va yashash muhiti.
Organizm va muhit tushinchasi. Muhit va ekologik omillar. Ekologik omillarning o‘simlikka ta’siri. Abiotik omillarning minimum, optimum va maksimum ta’sir qilishi. Cheklovchi omil. Organizmlar chidamligi. Tolerantlik qonuni. Stressga sabab bo‘luvchi omillar. Dorivor o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishida tuproq-iqlim sharoitining o‘rni. Iqlim omillarining dorivor o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri. O‘simliklarning yorug‘lik rejimiga moslashishi. Fotoperiodizm. Uzun va qisqa kunli o‘simliklar. Dorivor o‘simliklarning issiqlikga va sovuqlikga chidamliligi. O‘simliklarning sovuqdan saqlanishga moslashganligi. Tuproq sho‘rlanishining va qurg‘oqchilikni dorivor o‘simliklarga ta’siri. Galofit dorivor o‘simliklar va ularning sho‘rlanishga moslashish yo‘llari.
6-mavzu. Dorivor o‘simliklarning geografik tarqalishi.
Taksonomik birliklar tizimi. O‘simliklar dunyosini geografik tarqalishiga ko‘ra hukmronliklarga ajratilishi. Floristik oblastlar. O‘simliklar hukumronligi. Flora va fauna oblasti, provinsiya. Gollartik o‘simliklar hukmronligi. Paleotropik o‘simliklar hukmronligi. Neotropik o‘simliklar hukmronligi. Kap o‘simliklar hukmronligi. Avstraliya o‘simliklar hukmronligi. Golantarktik o‘simliklar hukmronligi.
7 - mavzu. Tabiatda dorivor o‘simliklarning populyatsiyasi va unga ta’sir etuvchi omillar.
Populyatsiya va tsenopopulyatsiya (fitotsenopopulyatsiya) tushinchalari. Populyatsiyalarda individlar xilma-xilligi. Genet va ramet individllar. Klonlar. Populyatsiyaning yosh tuzilmasi. Populyatsiyaning genetik tarkibi. Xardi - Vaynberg printsipi. Populyatsiyaning geterogenligi.
Populyatsiyadagi individlar sonini o‘zgarishi. Populyatsiyada tug‘ilish, halok bo‘lish, hayotiyligi davomiyligi. Populyatsiyaning o‘sishining logistik modeli. Populyatsiyada individlar sonini fasliy, yillik va davriy o‘zgarishlari.
Senopopulyatsiya. Senopopulyatsiyalar o‘simlik yoshiga ko‘ra tarkibi. Biologik mahsulot va fitomassa. Senopopulyatsiyada urug‘ banki. Kriptopopulyatsiya. Senopopulyatsiyaning urug‘dan tiklanish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |