Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Fanning maqsad va vazifalari
Download 106 Kb.
|
Fan dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-mavzu. Dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi fani ga kirish.
Fanning maqsad va vazifalari.
Fanining o‘qitishdan maqsad. O‘zbekiston florasiga mansub dorivor o‘simlik turlarining bioekologik xususiyatlarini o‘rganish. Fanning vazifalari: -Dorivor o‘simliklarning biologik va ekologik xususiyatlari tanishtirish; -Dorivor o‘simliklarning tabiiy sharoitda tarqalish areallari tanishtirish; -O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi hamda ko‘payishida ekologik omillarning ta’sirini aniqlashtirish; “Dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr: O‘zbekistonda tarqalgan dorivor o‘simliklar, ular uchraydigan hududlarning tabiiy sharoitlari (biotik va abiotik omillari), o‘simliklarning hayotiy formalari, o‘simliklarning ontogenez bosqichlari va ko‘payish yo‘llari haqida tasavvurga ega bo‘lishi; - dorivor o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishi; - dorivor o‘simliklarni urug‘dan va vegetativ ko‘payishi; -dorivor o‘simliklar bioekologiyasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlarning asosiy yo‘nalishlarini; - dorivor o‘simliklarning biomofologik va ekologik jihatdan hamda xalq xo‘jaligidagi ahamiyati bo‘yicha guruhlanish tamoyillarini bilishi va ularni foydalana olishi; - dorivor o‘simliklarning bioekologiyasini tahlil qila olish; - dorivor o‘simliklarni madaniy holda o‘stirish; - agrotexnik tadbirlarni belgilash va olingan natijalarni statistik tahlil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. III. Ma’ruza mavzulari va ko’riladigan masalalar. 1-Modul. Dorivor o‘simliklarni ekologik, geografik va stress omillarga moslashishi. 1-mavzu. Dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi fani ga kirish. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Dorivor o‘simliklar bioekologiyasi fanining o‘rganishning qisqacha tarixi. O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar bilogiyasi va ekologiyasini o‘rganish sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar (Botanika instituti, Toshkent Botanika bog‘i, O‘simliklar moddalari kimyosi instituti, Shafran ilmiy tadqiqot markazi, “Shifobaxsh” ishlab chiqarish boshqarmasi va b.q). O‘zbekiston olimlarining dorivor o‘simliklar bioekologiyasi fanining rivojlanishiga qo‘shgan xissalari. O‘simliklar ekologiyasi, geografiyasi, biologiyasi, morfologiyasi fanlari bilan bog‘liqligi, fanni rivojlantirish istiqbollari. Download 106 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling