Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


-mavzu. Tog‘ mintaqasi dorivor o‘simliklari


Download 106 Kb.
bet6/9
Sana03.11.2023
Hajmi106 Kb.
#1741861
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fan dasturi

12-mavzu. Tog‘ mintaqasi dorivor o‘simliklari.
Tog‘ mintaqasining iqlimi va tuproq sharoitlari. Respublikamizning tog‘li xududlari. Tog‘li xududlarda tarqalgan dorivor o‘simliklarning asosiy oilalari va vakillari. Pastki, o‘rta va yuqori tog‘ mintaqasida o‘sadigan dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi. Ularning tog‘ sharoitiga moslashishi.
13-mavzu. Yaylov mintaqasi dorivor o‘simliklari.
Respublikamizdagi yaylov mintaqasining maydonlari, iqlimi va tuproq sharoitlari. Yaylov mintaqasining asosiy dorivor o‘simliklari. Pastki (subalp) va yuqori (alp) yaylovlari tarqalgan dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi. Yaylov mintqasida tarqalgan dorivor o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlari.
14-mavzu. To‘qay dorivor o‘simliklari.
Respublikamizning asosiy to‘qayzorlari mavjud daryolar: Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Zarafshon va boshqalar. To‘qayzorlarda tarqalgan asosiy dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi. To‘qayzorlar iqlimi va tuproq sharoitlari, o‘simliklar qoplami. To‘qayzorlarda tarqalgan dorivor o‘simliklarning hayotiy shakllari va ularni oilalar bo‘yicha ajratish.
15-mavzu. Tropik va subtropik mintaqa dorivor o‘simliklari.
Tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan asosiy dorivor o‘simliklar. Ularning areallari va hayotiy shakllari. Respublikamiz sharoitida o‘stirilayotgan vakillari. Reproduktsiya jarayoniga kirishi. Urug‘dan va vegetativ ko‘paytirish masalalari.
16-mavzu. Madaniy dorivor o‘simliklar bioekologik xususiyatlari.
O‘zbekiston sharoitida madaniy holda o‘stirilayotgan dorivor o‘simliklar asosiy oilalari: Alliaceae (Piyozdoshlar), Moraceae (Tutdoshlar), Amaranthaceae (Gultojixo‘rozdoshlar), Juglandaceae (Yong‘oqdoshlar), Brassicaceae (Karamdoshlar), Grossulariaceae (Qoraqatdoshlar), Rosaceae (Ra’nodoshlar), Fabaceae (Burchoqdoshlar), Anacardiaceae (Pistadoshlar), Rhamnaceae (Chilonjiydadoshlar), Vitaceae (Tokdoshlar), Elaeagnaceae (Jiydadoshlar), Punicaceae (Anordoshlar), Apiaceae (Ziradoshlar), Rubiaceae (Ro‘yandoshlar), Cucurbitaceae (Qovoqdoshlar) vakillari bioekolgik xusuiyatlari. Madaniy dorivor o‘simliklarning qurg‘oqchil mintaqada o‘sish va rivojlanishga moslashganligi. Ularni ko‘paytirish usullari va etishtirish agrotexnikasi.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling