Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


-mavzu. Dorivor o‘simliklar bioekologiyasini o‘rganish metodlari


Download 106 Kb.
bet3/9
Sana03.11.2023
Hajmi106 Kb.
#1741861
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fan dasturi

2-mavzu. Dorivor o‘simliklar bioekologiyasini o‘rganish metodlari.
Dorivor o‘simliklar bioekologiyasini o‘rganishda qo‘llanib kelinayotgan asosiy metodlar: ekologo-morfologik tavsiflash, kuzatish, laboratoriya va dala tajribalari, mikroskopik, biostatistik, introduktsion baholash va modellashtirish usullari. O‘simlik turini ekologo-morfologik tavsiflash qoidalari. Kuzatish ishlarini tashkil etish. Laboratoriya tajribalarini rejalashtirish va o‘tkazish. Dala tajribalari uchun joy tanlash va variantlarni joylashtirish. O‘simliklar reproduktsiya jarayonini tadqiq etishda mikroskopiyadan foydalanish. Introduktsion baholashda gradatsiyalash printsiplari. Olingan ma’lumotlarni biostatistik usulda qayta ishlash. Dorivor o‘simliklarni o‘rganishda modellashtirishning ahamiyati.
3-mavzu. Dorivor o‘simliklarning hayotiy shakllari va ekologik guruhlari.
Hayotiy shakl (biomorfa) tushinchasi. Tashqi muhit va o‘simlik shakli. O‘simliklar hayotiy shakllari bo‘yicha K.Raunkier klassifikatsiyasi. Fanerofitlar, xamefitlar, gemikriptofitlar, kriptofitlar va terofitlar. Geofit va gidrofitlar. O‘simliklarning biologik spektri. I.G. Serebryakovning o‘simliklar hayotiy shakllarining ekologo-morfologik klassifikatsiyasi. Klassifikatsiyada o‘simliklarning o‘sish shakli, vegegtativ organlari hayotiyligining davomiyligi, yangi kurtaklarning o‘simlikda joylashgan joyiga asoslanishi. Daraxtsimon va o‘tsimon o‘simliklar, oraliq guruhga kiruvchi butalar va chalabutalar. Bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlar. Dorivor o‘simliklarni ekologik omillarga nisbatan ekologik guruhlari: kserofitlar, mezofitlar, gidrofitlar va gigrofitlar. Kseromorflik belgilari. Termofil va kriofillar. Galofit va psamofitlar. Geliofit va siofitlar. Yostiqsimon o‘simliklar va lianalar.
4-mavzu. Dorivor o‘simliklarning bioekologik xususiyatlari.
O‘simlik ontogenezi - organizmning individual taraqqiyoti. Ontogenez davrlari va turlari. Latent, pregenerativ, generativ va postgenerativ davrlar. Individlarning yosh holatlari (urug‘, o‘simta, yuvenil, immatur, virginil, yosh generativ, o‘rta yoshli generativ va qari yoshdagi generativ, subsenil( qari yoshli vegetativ), senil yoshidagi va quriyotgan o‘simliklar). O‘simlik ontogenezida polivariantlik. Individlarning katta-kichikligi, morfologik jihatdan farqlanishi, vaqtinchalik tinim davriga kirishi va h.o.
O‘simlikning hayotiy sikli. Katta va kichik hayotiy sikllar. Dorivor o‘simlikning urug‘dan unishi. Dorivor o‘simliklar urug‘ sifati o‘rganish: 1000 ta urug‘ massasi, zararkunandalar bilan zararlaganligi, urug‘ unuvchanligi. Urug‘ unishi bosqichlari: bo‘kish, faollashish va o‘simta ildizini urug‘ po‘stini yorib chiqishi. Urug‘ni unib chiqishiga ekologik omillar ta’siri. Unib chiqgan maysalar morfologiyasi. Maysalar ko‘karuvchanligi va saqlanuvchanligi. O‘simlikning o‘sishi va rivojlanish bosqichlari. O‘simlik generativ davrga kirishi. Reproduksiya jarayoni. Gullash va changlanishi. Gullash maromlari. Mevalash va urug‘ mahsuldorligi. Urug‘ maxsuldorligi elementlari. Urug‘ mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillar tahlili.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling