I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


30-AMALIY MASHG’ULOT 
 
Mavzu: Baliqlarning filogeniyasi. 
Tuban bosh skeletlilar filogeniyasi
Hozirgi bosh skeletlilar (ya’ni umurtqalilar) orasida eng soddasi to‘garak og‘izlilar 
(Ceclostomata)dir. SHu bilan bir qatorda, ular ancha ixtisoslashgan hayvonlar ekanligi ma’lum. 
Afsuski, paleontologiya umurtqalilar ajdodlarining tuzilishi haqidagi savolga bevosita javob 
bermaydi. Umurtqalilar eng qadimgi ajdodlarining topilmalari silur va devon davrlariga mansub. 
Bu qatlamlardan qalqonlilar yoki pansirlilar (Ostrocodermi)sinfi deb ataluvchi balisimon 
hayvonlar topilgan. Tansasini qoplab turgan yirik suyak qalqonga qarab ularga shunday nom 
berilgan.
Qalqonlilar ma’lum darajada to‘garak og‘izlilarga yaqin. O‘xshashlik ularda gipofizlar 
xaltachaga ochiluvchi toq burun teshigi, jag‘ apparati bo‘lmasligi, jabra yoylarining bo‘g‘imlarga 
bo‘linmaganligi, jabralari entodermal ekanligi, haqiqiy juft harakat organlari bo‘lmasligi, 
qulog‘ida faqat ikkita yarim aylana kanallar bo‘lishidan ko‘rinadi. Ostrocoderme lar hozirgi 
to‘garak og‘izlilar singari, Agnatha guruhiga kiradi.
Qalqonlilar faqat tashqi ko‘rinishi bilan emas, balki ancha muhim biologiyasi bilan ham 
to‘garak og‘izlilardan farq qiladi. Aksariyat qalqonlilar tanasi elka-qorin tomoni bo‘ylab 
yassilashgan, aytilganidek, suyak qalqon bilan qoplangan bo‘ladi. Bu esa ular suv tubida 
yashagan, deb taxmin qilishga imkon beradi. Bosh qalqonining orqa tomonida joylashgan 
ko‘zlari ham shuni tasdiqlaydi. Ularda tepa ko‘z yaxshi rivojlangan bo‘lgan. Boshining orqa 
tomonida boshlang‘ich ko‘krak suzgichlarini eslatuvchi ikkita o‘simtasi bor. Og‘zi xuddi hozirgi 
to‘garak og‘izlilarniki kabi so‘ruvchi tipda bo‘lgan va ular plankton va detrit bilan oziqlangan.
Qalqonlilar ancha katta guruh bo‘lib, uch turkumni tashkil qiladi. Ularga boshqa 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling