30-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Baliqlarning filogeniyasi.
Tuban bosh skeletlilar filogeniyasi
Hozirgi bosh skeletlilar (ya’ni umurtqalilar) orasida eng soddasi to‘garak og‘izlilar
(
Ceclostomata)dir. SHu bilan bir qatorda, ular ancha ixtisoslashgan hayvonlar ekanligi ma’lum.
Afsuski, paleontologiya umurtqalilar ajdodlarining tuzilishi haqidagi
savolga bevosita javob
bermaydi. Umurtqalilar eng qadimgi ajdodlarining topilmalari silur va devon davrlariga mansub.
Bu qatlamlardan qalqonlilar yoki pansirlilar (
Ostrocodermi)sinfi deb ataluvchi balisimon
hayvonlar topilgan. Tansasini qoplab turgan yirik suyak qalqonga
qarab ularga shunday nom
berilgan.
Qalqonlilar ma’lum darajada to‘garak og‘izlilarga yaqin. O‘xshashlik ularda gipofizlar
xaltachaga ochiluvchi toq
burun teshigi, jag‘ apparati bo‘lmasligi, jabra yoylarining bo‘g‘imlarga
bo‘linmaganligi, jabralari entodermal ekanligi, haqiqiy juft harakat organlari bo‘lmasligi,
qulog‘ida faqat ikkita yarim aylana kanallar bo‘lishidan ko‘rinadi.
Ostrocoderme lar hozirgi
to‘garak og‘izlilar singari,
Agnatha guruhiga kiradi.
Qalqonlilar faqat tashqi ko‘rinishi bilan emas, balki ancha muhim biologiyasi bilan ham
to‘garak og‘izlilardan farq qiladi. Aksariyat qalqonlilar tanasi elka-qorin tomoni bo‘ylab
yassilashgan, aytilganidek, suyak qalqon bilan qoplangan bo‘ladi.
Bu esa ular suv tubida
yashagan, deb taxmin qilishga imkon beradi. Bosh qalqonining orqa tomonida joylashgan
ko‘zlari ham shuni tasdiqlaydi. Ularda tepa ko‘z yaxshi rivojlangan bo‘lgan.
Boshining orqa
tomonida boshlang‘ich ko‘krak suzgichlarini eslatuvchi ikkita o‘simtasi bor. Og‘zi xuddi hozirgi
to‘garak og‘izlilarniki kabi so‘ruvchi tipda bo‘lgan va ular plankton va detrit bilan oziqlangan.
Qalqonlilar ancha katta guruh bo‘lib, uch turkumni tashkil qiladi. Ularga boshqa
Do'stlaringiz bilan baham: