I X t I o L o g I y a


-rasm. KAMBALASIMONLAR TURKUMI VAKILLARI


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

2.21-rasm. KAMBALASIMONLAR TURKUMI VAKILLARI 
(PLEURONECTIFORMES) 
Topshiriqlar varianti:
1. Kambalasimonlar turkumining umumiy tuzilishi haqida ma’lumot bering? 
2. Ularning xarakterli belgilari nimalardan iborat? 
3. Kambalalilar oilasining tuzilishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
4. Oila vakillarining biologiyasi haqida nimalarni bilasiz?. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


28-AMALIY MASHG’ULOT 
 
Mavzu: Ikki xil nafas oluvchilar kenja sinfi.
Asosiy matn. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar aloxida tuzilishga ega bolgan, chuchuk 
suvlarda yashaydigan baliqlardir . Bularda kislorod kam bolgan suvlarda yashashga imkon 
beruvchi sodda belgilari bilan bir qatori yuqori darajada moslashgan belgilar ham 
mujassamlashgan. Jumladan hozirgi vakillari skeletining kop qismi butun umr davomida
togaydan iborat boladi. YAxshi rivojlangan xorda saqlanadi. Umurtqa pogonasi deyarli 
rivojlanmagan bolib, umurtqalarning boshlangich ustki va ostki yoylaridan iborat. Miya qutisi 
asosan togaydan iborat bolib, faqat baxi joylarda suyak bilan qoplangan. YUqorigi jag va jaglar 
aro suyaklari yoq. Xuddi togayli baliqlardagi singari ichakda spiral klapon, yurakda esa 
qisqaruvchi arterial konus bor. Bu belgilarning hammasi sodda tuzilgandir. 
SHu bilan bir qatorda ikki xil nafas oluvchi baliqlarda tanglay kvadrat togayi miya qutisiga 
bevosita qoshilib ketadi (aubostiliya). Dum suzgichi difetserkal tipda. Nixoyat ikki xil nafas 
oluvchilarning eng asosiy xususiyati jabra bilan nafas olishdan tashqari opka bilan nafas olishdir. 
O`pka bilan nafas olish organi sifatida ichak sistemasining ostki tomoniga ochiluvchi bitta yoki 
ikkita pufakcha xizmat qiladi. Bu xosilalar suyakli baliqlarning suzgich pufakchalari bilan 
gomologik emas. Burun teshiklari ochiq bo`lib, o`pka orqali nafas olishda ham ishtirok etadi. 
Qon o`pkaga to`rtinchi juft jabra arteriyalaridan chiquvchi maxsus tomir orqali keladi. Extimol, 
bu tomirlar o`pka arteriyasiga gomologikdir. O`pkadan maxsus qon tomirlar qonni yurakga olib 
boradi. Bu tomirlarnio`pka venalariga gemologik deyish mumkin. YUrak bo`lmasida uni 
qisman chap va o`ng qismga bo`luvchi to`siq bor. YUrak bo`lmasining chap qismiga qon o`pka 
venalaridan, o`ng qismiga kyuver oqimidan va keyingi kovak venalardan keladi. SHuni qayd 
qilish kerakki, kovak vena (ko`p nurlilardan tashqari) yuqorida tanishilgan kenja sinflarda yo`q 
va tomir quruqlikda yashovchi hayvonlarga xos. Kovak vena o`ng kardinal venaning 
ajralishidan hosil boladi. 
Ikki xil nafas oluvchi baliqlarning progressiv belgilaridan yana biri oldingi miyaning 
kuchli rivojlanishidir. Uning qopqog`I suyakli baliqlardagi singari epitelial bo`lmasdan balki 
nerv xujayralariga ega. Nixoyat, jinsiy-tanosil sistemasi bir tomondan tog`ayli baliqlarga , 
ikkinchi tomondan amfibiyalarga o`xshaydi. 
Tana boshlig`iga ochiluvchi myuller kanali tuxum yo`li vazifasini bajaradi. Maxsus urug` 
yo`li yo buyrakning va jinsiy yo`l sifatida dastlab mezonefrik oldingi qismi orqali o`tuvchi volf 
kanali xizmat qiladi, unga urug` chiqaruvchi kanalchalar qo`shiladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling