I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

1.
 
BIR O`PKALILAR TURKUMI (MONOPNEUMONES
Bitta oilasi (Ceratodidai) va hozirgi zamonda yashaydigan bitta Neoceratodus avlodi bor. 
Vakili neotseratid (N. forsteri). Bu hozirgi eng yirik ikki xil nafas oluvchi baliq bolib, uzunligi 
175 sm. SHarqiy Avstraliyaning Kvenslend daryosida tarqalgan. Ikkita simmetrik qismga 
bo`linmagan toq o`pka xaltasi bo`lishi bilan xarakterlanadi. Jabralari yaxshi rivojlangan. 
Neotseratad ham o`pka bilan, ham jabra bilan yoki aloxida aloxida nafas olishi mumkin. 
SHuning uchun ham boshqa baliqlar yashay olmaydigan, o`simliklar o`sib ketgan suvlarda 
yashay oladi. YOzda suv kamayib, o`simliklar chirishi bilan suvda kislorod nixoyatda kam 
bolgan vaqtda ular qisman yoki to liq o`pk orqali nafas oladi. Baliq tez tez suv satxiga 
ko`tarilib, shalpillab tovush chiqarib, xavodan nafas oladi. Kuzda xovuzlar asta sekin to`lishi 
bilan o`pka orqali nafas olishningmoxiyati kamayadi va ko`pincha qonning oqdillanishi jabra 
orqali bo`ladi. Neotseritodlar butunlay qurib ketmaydigan xavzalarda yashagani uchun uyquga 


ketmaydi. Suv tubiga yaqin joylarda yashab, ko`p vaqt suv tubida yotadi. Qisqichbaqasimonlar, 
chuvalchanglar va molyuskalar bilan oziqlanadi. Sentabr oktabr oylarida urchiydi. 
2.
 
QO`SH O`PKALILAR TURKUMI (DIPNEUMONES) 
Bu turkumga o`zaro juda yaqin bo`lgan ikki oila; tropic Afrikada tarqalgan Protopteridae 
va Janubiy Amerikaning Amazonka vodiysida yashaydigan Lepidosirenidae kiradi. Birinchi 
oilaga protopterus (protopterus) avlodiga mansub bir necha tur. Ikkinchisiga esa bir avlod va bir 
tur lepidoserin (Lepidosiren) kiradi. Qo`sh o`pkalilarga jabra orqali nafas olishning axamiyati 
jabra bilan nafas olishga nisbatan ko`p. bu baliqlar suvda kislorod ko`p bo`lganda ham o`pka 
bilan nafas bilan yashay olmaydi. Juft suzgichlarning rivojlanmaganligi va ularning ingichka 
chilvir shaklda bo`lishi xarakterlidir. Ular neotserotidlarga nisbatan mayda; lepidoserinniki 125 
cm gacha, protopteusniki 140 sm gacha uzunlikda. 
Daryolarda va bazan butunlay qurib qoladigan sayoz botqoqliklarda yashaydi. Protopterus 
xavzalar qurigan vaqtda baliqqa ko`milib, kapsulaga o`ralib oladi. Lepidoserin kapsula hosil 
qilmaydi. YOzgi uyqusi 5 oy davom etadi. Sun`iy holatda protopterus 3-4 yil uxlashi mumkin. 
Uxlagan vaqtda faqat o`pka orqali nafas oladi. Xavo tuproqdagi yo`laklar orqali og`iz 
bo`shlig`iga yoki burun teshiklari orqali o`pkasiga o`tadi. YOmg`ir fasli boshlanishi bilan baliq 
uyg`onadi. Uyqu davrida protopterusda faqat nafas olish emas balki azot almashinuvi ham 
o`zgaradi. Masalan, suvda bo`lganda siydigida (huddi boshqa baliqlardagi singari)amiak ko`p 
bo`ladi. Uning xissasi mochivinaga nisbatan 3 marta kop. Suvda bo`lmagan vaqtida bu nisbat 
aksincha bo`ladi. 
Ikki xil nafas oluvchilar suv tubidagi hayvonlar, qisman o`simliklar bilan oziqlanadi. 
Uvildirig`ini chuqurchalarga yoki suv tubidagi iniga qo`yadi. O`zgarish bilan rivojlanadi. 
Lichinkalarida voyaga etgan protopteruslarda ham rudemunt holda saqlanib qoladigan tashqi 
jabralar bor.
Ikki xil nafas nafas oluvchilar katta sanoat axamiyatga ega emas. Ularni maxalliy xalq 
shaxsiy manfaatlari uchun ovlaydi. Bu baliqlar quruqlikda yashovchi hayvonlarning ajdodlari 
bo`lmasada, ular bilan qator o`xshash belgilarga ega ekanligi bilan katta ahamiyatga ega. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling