Tirik organizmlarda moddalar transporti
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq7-sinf TIRIK ORGANIZMLARDA MODDALAR TRANSPORTI
TIRIK ORGANIZMLARDA MODDALAR TRANSPORTI Ishanxodjayeva Oydin Axmadovna Oliy toifali biologiya o’qituvchisi TIRIK ORGANIZMLARDA MODDALAR TRANSPORTI O‘SIMLIKLARDA MODDALAR TRANSPORTI MUAMMONI ANIQLAYMIZ. •1. Tirik organizmlarda moddalar transporti qanday amalga oshadi? •2. O‘simlik organlari moddalarni tashishda qanday ahamiyatga ega? Tirik organizmda hayotiy jarayonlar normal borishi uchun moddalar transporti muhim ahamiyatga ega. O‘simliklarda moddalar transporti maxsus o‘tkazuvchi naylar orqali, odam va hayvonlarda esa qon aylanish hamda limfa sistemasi orqali amalga oshiriladi. Tirik organizmlarda moddalar transporti usullari bilan tanishamiz: • 1) Diffuziya – molekula va ionlarning konsentratsiyasi yuqori joydan konsentratsiyasi past joyga o‘tishi. Masalan, membrana orqali kislorodning hujayraga kirishi. • Nafas olish jarayonida ham hujayra va kapillyarlar o‘rtasida diffuziya hodisasiga ko‘ra gazlar almashinadi. Kapillyardagi qonda kislorod ko‘p, karbonat angidrid kam. Hujayrada esa kislorod kam, karbonat angidrid ko‘p. Diffuziya hodisasiga ko‘ra kislorod hujayraga, karbonat angidrid qonga o‘tadi Diffuziya Osmos • Osmos – suvning membrana orqali erigan modda konsentratsiyasi past muhitdan konsentratsiyasi yuqori boʻlgan muhitga o‘tishi. • Tajribada U shaklidagi idishning o‘rtasi tanlab o‘tkazuvchi membrana bilan to‘silgan. Idishning bir tomoniga 1% li, ikkinchi tomoniga 10% li osh tuzi eritmasi solingan. Vaqt o‘tishi bilan suv molekulalari membranadan o‘tib, ikkala tomonda tuzning konsentratsiyasi tenglashishiga sababchi bo‘ladi Osmos Diffuziya va osmos hodisasining farqi Osmos o’simlik hujayralarida •O‘simlikka suv yetishmaganda so‘lib qolishi, suv quyilgandan so‘ng hujayraning taranglashishi osmosga ko‘ra ta’minlanadi. •O‘simliklar ildiz orqali tuproqdan suv va mineral moddalarni shimib oladi. Suvning ildizga shimilishi ham osmos orqali amalga oshadi. Osmos hayvon hujayrasida • Qonda osh tuzining 0,9 % li eritmasi issiqqonli hayvonlar uchun tabiiy fiziologik eritma hisoblanadi. • Eritrotsit hujayrasining ichidagi va tashqarisidagi konsentratsiya bir xil bo‘lgani uchun bu eritma izotonik eritma deyiladi. Izotonik eritmada eritrotsitning tabiiy holati o‘zgarmaydi. • 0,9 % dan yuqori osh tuzi eritmasi gipertonik eritma bo‘lib, bunday • muhit da eritrotsitdagi suv tashqariga chiqadi va eritrotsit bujmayib qoladi. • 0,9 % dan past osh tuzi eritmasi gipotonik eritma bo‘lib, bunda suv hujayra ichiga kiradi va eritrotsitning yorilishiga olib keladi. Eritrotsitlardagi osmos hodisasi Ildizning suv shimishini tushunish uchun uning ichki tuzilishini o‘rganish muhim. • Ildiz o‘simlikning yer ostki organi bo‘lib, quyidagi zonalardan iborat. • 1. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling