I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Ostrocodermi lardan qalqoni va birlmachi harakat organi bo‘lmasligi, ammo umurtqa pog‘onasi 
yaxshi rivojlanganligi bilan keskin farq qiluvchi devon davri Palaeospondylus lari kiritiladi. 
Palaeospondylus miksinlarga yaqin turadi, degan fikir bor.
Qalqonlilar devon davrida qirilib ketgan.
Fanda hali ma’lum bo‘lmagan birlamchi bosh skeletlilar (Protocrania) ikki tarmoq hosil 
qilgan. Ularning biri jag‘sizlar (Agnatha - Entobranchiata). Bu tarmoq, o‘z navbatida, ikki 
yo‘nalishda rivojlangan: 1) suv tubida yashashga moslashib, bentos bilan oziqlangani tufayli 
himoya organi sifatida qalqon hosil qilgan qalqonlilar; 2) chala parazit holatga o‘itish bilan 
so‘ruvchi apparat, shox tishlar, ilonsimon tana kabi o‘ziga xos moslanishga ega bo‘lgan to‘garak 
og‘izlilar.
Ikkinchi 
asosiy 
tarmog‘i 
Protocrania jag‘lilardan (Grathostomata
Ectobranchiata)tashkil topgan. Bulardan baliqlar va takomillashgan boshqa umurtqalilar hosil 
bo‘lgan. Baliqlarning xaqiqiy ajdodlari hali noma’lum. Ularning tangachalar shaklidagi eng 
qadimgi qoldiqlari yuqori silur yotqiziqlaridan topilgan. Devon darida esa juda xilma-xil 
guruhlarning vakillari topilgan. Oddiy tuzilganlari bilan bir qatorda ancha murakkab belgilarga 
ega bo‘lgan eng oldingi guruhlaridan biri kalqonli baliqlar hisoblanadi. Masalan, ularning ichki 
skeleti asosan tog‘aydan iborat bo‘lsa ham, jag‘lari suyakdan iborat bo‘lib, tanasi suyak pansir 
bilan qoplangan. Juft suzgichlari (ko‘pincha oldingi jufti) qisimlarga bo‘lingan, suyak 
plastinkalar bilan qoplangan bo‘lgan. Pansirli baliqlar ham chuchuk, ham uncha sho‘r bo‘lmagan 
suvlarda yashagan. Ular toshko‘mir davrigacha yashagan.
Haqiqiy tog‘ayli baliqlar (Chondrichthyes)devon davridan ma’lum bo‘lib, bir necha 
kenja sinflardan tashkil topgan. Bulardan bir-biriga yondosh joylashgan suyak plastinkalar bilan 


qoplangan mayda Acanthodii ni kshrsatish mumkin. Ular suzgichining asoslari ancha keng 
bo‘lib, ko‘krva qorin suzgichlari orasida keng asosli qator qo‘shimcha suzgichlar bo‘lgan. 
Bunday tuzilishda qachonlardir juft suzgichlarni hosil qilgan yaxlit qatlam borligini ko‘rish 
mumkin. Bu baliqlar soddaligini ularning jag‘ yoylari qismlardan iborat ekanligida ko‘rish 
mumkin, ya’ni boshqa baliqlarga nisbatan jag‘ apparatining yupqa visseral yoylarga ko‘proq 
o‘xshashligidir.
Dastlabki akulalar (Proselachii) kenja sinfini eslatib, ulardan yaxshi ma’lum bo‘lgani 
keyingi devon vakili –Cladoselache. Ularda ham yaxlit yon qatlamini eslatuvchi, asosi keng, 
uchi ingichka suzgichlarni ko‘rish mumkin. Bu baliqlarda rostrum bo‘lmagan. Qo‘shilish organi 
ham bo‘lmasligi (hozirgi tog‘aylilardan farq qilib) ularda tashqi urug‘lanish mavjud 
bo‘lganligidan dalolat beradi.
Plastinka jabralilar (Elosmobronchii) toshko‘mir davrida topilgan. Ular akulasimon 
baliqlardan iborat bo‘lgan. Suv tubida yashaga moslashgan ko‘ndalang og‘izlilarning maxsus 
tarmog‘i –skatlar faqat mezozoyda (yurada) paydo bo‘lgan. Bir oz oldinroq triasda yaxlit 
boshlilar (Holokcephali) ajralib chiqqan bo‘lib, ular hech qachon ko‘p sonli bo‘lmagan.
Suyakli baliqlar ancha erta, devon davridayoq bir necha guruhi paydo bo‘lgan. Ulardan 
eng qadimgisi poleonissidlar (Palaeoniscoidei) dir. Ular asosan tashqi teri-suyaklari, dumi 
geterotserkalligi, rostrumi, ganoid tangachalari bo‘lishi, orqa va dum suzgichlarida V-shakldagi 
tangachalar – fulkrlar bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Aytilganlarning hammasi ular hozirgi 
tog‘ayli baliqlarga, ayniqsa ostyorsimonlarga yaqin, deb hisoblashga imkon beradi. 
Poleonissidlardan triasda paydo bo‘lgan ular bilan suyakli baliqlar o‘rtasidagi oraliq forma 
bo‘lgan suyakli ganoidlar (Holostei) kelib chiqqan. Ular mezazoy erasining o‘rtalarida 
hukumron bo‘lgan bo‘lsa-da,ozirgi vaqtda faqat ikki vakili – amiya va kayman baliqlar saqlanib 
qolgan.
Mezozoy boshlarida haqiqiy suyakli baliqlar kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda ular hukmron 
baliqlar guruhidir.
CHo‘tka qanotli va ikki xil nafas oluvchi baliqlarning ajdodlari, shubhasiz, o‘zaro yaqin 
bo‘lgan. Ikkala guruh ham devonda paydo bo‘lib, yuqori devon va toshko‘mir davirlarida keng 
rivojlangan. O‘pka bilan nafas oluvchi xar ikkala guruh baliqlarning differensiyalanishi oziq 
xarakterining o‘zgarishiga bog‘liq. CHo‘tka qanotlilar yirtqich hayot kechirib, tez harakat qilib, 
oziqni chaqqon tutib olish xususiyatini saqlab qolgan bir vaqtda, ikki xil nafas oluvchilar suv 
tubidagi umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanib, tez harakat qilish qobilyatini yo‘qotgani uchun 
yaxshi rivojlanmagan suzgichlarini yo‘qotgan. Bu xolatni ikki xil nafas oluvchilarning xazirgi 
ba’zi vakillardako‘rish mumkin. CHo‘tka qanotlilar boshqa hamma baliqlarga nisbatan 
quruqlikda yashovchi hayvonlarning dastlabki ajdodlariga – pansirli amfibiyalarga 
(Stegocephalia) yaqin turishi bilan diqqatga sazovardir. Baliqlar chuchuk suvlarda paydo bo‘lib, 
keyin ancha tez jahon okeaniga tarqalgan.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling