I X t I o L o g I y a
TIKANNURLILAR TURKUMI (ACANTHOPTERYGII)
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
TIKANNURLILAR TURKUMI (ACANTHOPTERYGII)
Topshiriqlar varianti: 3. Laberentlar to‘g‘risida ma’lumot bering? 4. Skumbriyalar to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 5. Tuneslarning xarakterli belgilari nimalardan iborat? 6. Bichoklar qanday baliqlar hisoblanadi? Masala va misollar. 25-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Treskasimonlar turkumi. Treskasimonlar turkumi, umumiy tuzilishi, xarakterli belgilari. Treskasimonlar (Gadiformes) turkumining ko‘p turlari dengizlarda, ayniqsa, daryolarning dengizga quyiladigan joylarida (treska, mintay, navaga, sayka, sayda, qutb treskasi, piksha va boshqalar) tarqalgan, suv tubida hayot kechiradi. Boltiq, Barens, Oq dengizda va Uzoq SHarqda SHimoliy dengizda treska (Gadus morhua) yashaydi. Sanoatda muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan baliqlar. Odatda suzgich nurlari yumshoq bo‘lgan yirik baliqlar. Mo‘tadil va Arktika dengizlarida tarqalgan; faqat nalim ( Loto loto )chuchuk suv balig‘i. Ko‘p turi daryoning dengizga quyilish joylariga hatto dengizlarga ham kiradi. Masalan navaga , sayka, qutb treskasi ana shunday baliqlar. Asosan suv tubida yashaydi. Baltika Barens Oq dengizlarda va uzoq sharqdagi shimoliy dengizlarida treska ( Gadus morhua ) tarqalgan. Agar ba’zi vaqtlarda Barens dengizidan Karsk dengiziga o‘tishi hisobga olinmasa ular sibir qirg‘oqlarida uchramaydi. Treska keng migratsya qiladi, u asosan lofotensk tashlaydi.SHundan ketin treska barens dengizining sharqiy qismiga ketib, u erdagi bankalrda ( dengiz tubining baland joylarida) yashaydi shu erda u ovlanadi. Treska juda ser pusht bo‘lib, 2,5 dan 10 milliongacha urug‘ tashlaydi.Treskadan tashqari shimoliy dengizlarda tral solib ovlashga piksha ( G. aeglefenus), sayda (Pollacius verins), sayka (Boreogadus saida) ham muxim ahamiyatga ega. Treskalarni ovlashda faqat ularning goshti emas, balki baliq moyi bilan ataladigan, D vitaminiga boy bolgan jigar moyidan ham foydalaniladi. SHimoliy dengizlarda va Uzoq SHarqda navaga (Eleginus navaga) tarqalgan. Qishda u kopincha daryolar qoyilishiga yigilgan vaqtda ovlanadi. Turkumning Evrosiyo va SHimoliy Amerika chuchik suvlarida tarqalgan sanoat axamiyatiga ega bolgan yagona qimmatbaho vakili nalim (Lota lota) dir. Treskasimonlar turkumi vakillarining xarakterli belgilari: - ostki jag‘ida mo‘ylovlari bor; - orqa suzgichlari 1, 2 yoki 3 ta, anal suzgichi 1 yoki 2 ta; - hamma suzgich qanotlari yumshoq; - suzgich qanotlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan shu’lalari mavjud; - qorin suzgich qanotlari ko‘krak suzgich qanotlaridan oldinda joylashganligi bilan xarakterlanadi. Treskasimonlarning asosan shimoliy yarim sharda tarqalgan. Treskasimonlarning 68 turi ma’lum, ularning 51 turi shimoliy yarim shar dengizlarida uchraydi. Tinch okeanida 5 turi uchraydi. Ekvatorial suvlarda uchramaydi. Ko‘pchilik turlari Atlantik okeanida yashaydi, aksariyati endem turlardir. Bular shu erda paydo bo‘lgan va shu erdan boshqa joylarga tarqalgan. Tinch okeaning shimol tomonidan treskalar Osiyoning shimoliy qirg‘oqlariga kirib kelgan, masalan navagalar, Amerikaga xuddi shunday borib qolgan. Treskasimonlar dengiz baliqlari, faqat nalim chuchuk suvlarda uchraydi. Ular sovuq suvni yaxshi ko‘radi. Ayrim turlari sayka va navagalar minus haroratda ham uchraydi. Suvni chuqurlikda hayot kechiradi. Ayrimlari masalan, sayka, sayda, Esmarka treskachasi, putasslar pelagik hayot kechiradi. Qirg‘oqqa yashaydigan turlari bor, masalan navagalar. 3000 m chuqurlikda yashaydigan turlari putasslar. Eng sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan turi treskacha. Asosan treskalarning tana uzunligi 1,8 m gacha og‘irligi 30 kg gacha bo‘lishi mumkin. Esmarka va saykalarni tana uzunligi 30 sm. Asosan qishda tuxum qo‘yadi (navaga, sayka). Bahorda tuxum qo‘yadigani ham bor (pikshalar). Treska juda serpusht bo‘lib, 2,5-10 mln gacha tuxum qo‘yadi. Ayrimlarining yashash joyiga ko‘ra urchishi ham har xil davrga to‘g‘ri keladi. Masalan mintaylar Koreya dengizlari qirg‘og‘ida noyabr-dekabrda tuxum qo‘ysa, Bering dengizida fevral-aprelda tuxum qo‘yadi. Oziqlanish har xil. Sayka, Esmarka treskachasi putasslar – planktofag. Navaga, pikshalar bentofag. Treska, sayda, merluzalar yirtqich – sosan baliqlar bilan oziqlanadi. Sanoat ahamiyatiga ega. Asosan mintaylar ko‘p ovlanadi. Keyin treska, putasslar, merluzalar, saydalar, Esmarka treskachasi. Hozirgi vaqtda Atlantika treskasi va pikshalarning soni kamaygan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling