I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Okunsimonlar, yani olabug‘asimonlar (percidae) sanoatda axamiyatga ega bo‘lgan ko‘p 
turlarni o‘z ichiga oladi. Qora va kaspiy dengizlarida yashovchi bir necha turlar orasida 
sudaklarni ( Lucioperca) qayd qilish lozim. Bulardan ba’zilari muttasil daryolarda, boshqalari 
dengizlarda yashaydi, uchinchilari yarim o‘tkinchi baliq bo‘lib, urchish uchun daryoda dengizga
o‘tadi. Yiriklarining massasi 10-12 kg keladi. Katta sanoat ahamiyatiga ega. Olabug‘alar (Perca) 
daryo va ko‘llarda keng tarqalgan. Ular o‘troq hayot kechiradi. Uzunligi 50 sm massai 1 kg va 
undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Joylarda asosiy ov obektidur. Ershlar sanoat ahamiyatiga ega 
emas.
Labirintlar (Anabantidae) xavo bilan vaqtincha nafas olishga imkon beruvchi jabra 
bo‘shlig‘ida joylashgan haltasimon o‘simtalarga ega. Bu baliqlardan masalan, anabas ( Anabas 
testudineus) ko‘pincha suvdan chiqib, daraxtlarga o‘rmalab chiqadi. Tropik Afrika, Osiyodagi va 
Malayya arxipelagidagi chuchuk va undan sho‘r bo‘lmagan suvlarda yashaydi. 
Skumbriyalar ( scombridae) tropic dengizlarning ochiq suv sathida yashaydigan baliqlar . 
Baltika va qora dengizda yashovchi bir necha turi bor. Keng migratsya qiladi. Asosiy (ayniqsa 
Qora dengizda ) ov balig‘idir. 
Tuneslar ( Thunoidae) sistematika jihatdan skumbriyalarga yaqin bo‘lganligi uchun bazi 
olimlar ularni skumbriyalarga kiritadilar.Bularning uzunligi 40 sm dan 3 m gacha etadi. Ular 
Jahon okeanlarining sohil bo‘ylarida va ochiq suvlarida, shimolda Skandinaviya qirg‘oqlarigacha 
lanubda esa Afrikaning janubiy va avstralyagacha uchraydi. Tuneslar chaqqon suzuvchi baliq 
bo‘lib, sanoatiga 90 km gacha tezlikda suzadi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, bularda yon 
muskullari taminlivchi qon tomirlari yaxshi rivojlangan. Tuneslar ovlanadi.
Bichoqlar (Gobiidae) kichik, odatda, dengiz sohillarida, ba’azan chuchuk suvlarda 
yashovchi baliqlar. Suv tubida yashab, o‘sha erda umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. Bazi 
turlarining erkaklari urchishi davrida uya quradiva urg‘ochilari qo;ygan uvildiriqni himoya 
qiladi. Asosan janubiy daryo va dengizlarda tarqalgan Qora azov va Kaspiy dengizlarda 
ovlanadi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling