I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
Nazorat savollari: 
1. Tog‘ayli baliqlar haqida tushuncha byering? 
2. Tog‘ayli baliqlarning umumiy tuzilishini tushuntiring? 
3. Ularning xaraktyerli belgilari haqida ma’lumot byering? 
4. Akulalarning sistematikasini aytib byering? 
5. Skatlar to‘g‘risida ma’lumot byering? 
6. Skatlarning sistematikasi haqida ma’lumot byering? 
7. Akulalarning xaraktyerli belgilari nimalardan iborat? 
8. Skatlarning xararktyerli belgilari nimalardan iborat? 
9. Tog‘ay-suyakli baliqlarning o‘ziga xos xaraktyerli belgilari to‘g‘risida umumiy 
ma’lumot byering? 
10. Tog‘ay-suyakli baliqlarning sistematikasi haqida batafsil ma’lumot byering? 
11. Osyotrsimonlar turkumi, oilasi belgilari nimalardan iborat? 
12. Osyotrsimonlar qayerlarda yashaydi? 
13. Belluga balig‘i to‘g‘risida ma’lumot byering? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


20-AMALIY MASHG’ULOT 
 
Mavzu: Suyakli baliqlar va ularning xaraktyerli belgilari.
 
Asosiy matn. Suyakli baliqlar sinfi va ularning xaraktyerli belgilari. sistematikasi. 
Suyakli baliqlar sinfiga keng qanotli (panja qanotli) va chetka qanotli baliqlar kenja sinflari 
kiradi. 
Suyakli baliqlar sinfiga baliqlar katta sinfiga mansub juda ko‘p baliq turlari kiradi. 
Suyakli baliqlar xilma-xil suvlarda tarkalgan. Suyakli baliqlarning suyaklardan tuzilgan jabra 
qopqog‘i bo‘ylab, bu qopqoq jabra teshigining ustidan qoplab, jabra apparatining ancha 
mukammallashtiradi va ikkilamchi jag‘i qoplagich suyaklardir. Skeletida xamma vaqt ma’lum 
miqdorda qoplagich suyaklar bo‘ladi. Ichki skeletida, garchi qisman bo‘lsa xam, albatta suyak 
bo‘ladi. Tangachalari ganoid ikki suyak tangacha bo‘ladi. Ikki xil nafas oluvchi baliqlardan 
tashqari, barcha suyakli baliqlarning suzgich qanotlarini suyak shulalar tutib turadi. Jabralararo 
to‘sik yoki kichkina yoki umuman bo‘lmaydi. SHuning uchun jabra yaproqlari bevosita jabra
yoylariga o‘rnashadi. Yerkaklarida juft kopulyativ organi yo‘q. Ikralari mayda va urug‘lanish 
tashqi bo‘ladi. 
Suyakli baliqlar sinfining xaraktyerli belgilari misolida zog‘ora baliqning tashqi va ichki 
tuzilishi. Zog‘ora baliqning gavdasi duksimon bo‘lib, yon tomondan birmuncha qisilib kelgan. 
O‘tkir uchli boshi tanasi bilan qo‘shilib ketadi. Tanasi esa torayib borib dum bo‘limiga aylanadi. 
Orqa chiqaruv teshigining bevosita orqa tomonida siydik tanosil so‘rg‘ichi joylashgan bo‘lib, 
unda jinsiy teshik va uning orqasida siydik teshigi bo‘ladi. Ko‘krak suzgich qanotlari gavdaning 
ikki yonida jabra yoriqlari orqasiga joylashgan, qorin suzgich qanotlari qorin tomonga 
o‘rnashgan. Toq suzgich qanotlari ikkita orqa suzgich qanotdan, dum suzgich qanot bilan orqa 
chiqaruv suzgich qanotlaridan iborat. Zog‘ora baliqning barcha suzgich qanotlarini suyak 
shu’lalar tutib turadi. Dumi gomotsyerkal tipda yani teng suzgich qanotli. qovoqlari bulmaydi. 
boshining ustki tomonida ko‘zining oldida bir juft burun teshigi bor. Boshining orqasida–
tanasining ikki yonida jabra qopqoqlari bor, undan pastroqda jabra pardasining tutib turadigan 
shullalar bor. Dum suzgich qanoti dum bilan birga rol vazifasini bajaradi. Juft suzgich 
qanotlarining yordami bilan baliq o‘ng va chap tomonlarga buriladi. Bundan tashqari gavdani 
tutib turishga xam yordam byeradi. Agar juft suzgich qanotlari kesib tashlansa baliq 
chalqanchasiga ag‘dariladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling