I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mushuksimon akulalar.(
Kitsimon akulalar (Rhincodontidae) oilasiga ham bitta tur-Rhincodon typus kiradi.Bu
hozirgi baliqlarning eng yirigi bo‘lib, tanasining uzunligi 20 metrga etadi. Boa kichik bir muncha kichik bo‘lib, og‘zi uning ichida joylashgan. Plankton hayvonlari va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Odam uchun mutlaqo havfsiz. Urchishi yaxshi o‘rganilmagan.Topilgan tuhumining uzunligi 0,5 m dan bir oz katta boladi.Barcha okeanlarning tropik va subtropik suvlarida tarqalgan. Mushuksimon akulalar.(scyliorhinidae) oilasiga tanasining uzunligi 1,5 mgacha bolgan ko‘p (60ga yaqin) turlar kiradi. Ularning ikkita orqa suzgichi bo‘ladi.asosan dengizlarning sayoz joylarida yashaydi.Bular orasida uzinligi 0,5 mlik oddiy mushuk akula (Scyliorhinus canicula) ni ko‘rsatish mumkin.U evropa va SHimoliy Amerikaning Atlantika sohillarida yashaydi.Qora dengizda ham uchrashi mumkin. Bentos hayvonlari (molyuskalar, qisqichbaqasimonlar , chuvalchanglar) bilan oziqlanadi. Qobiqqa o‘ralgan 2-20 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumida erga yopishish uchun mo‘ylovchlari bo‘ladi. Nazorat savollar 1. Tog‘ayli baliqlar haqida tushuncha bering? 2. Tog‘ayli baliqlarning umumiy tuzilishini tushuntiring? 3. Ularning xarakterli belgilari haqida ma’lumot bering? 4. Akulalarning sistematikasini aytib bering? 18-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Skatlar va ularning xarakterli belgilari. Skatlar turkumi (Batoidei) Bular tanasi orqa qorin tomonga qarab yassilashgan, ko‘krag suzgichlari kuchli vojlangan tog‘ayli baliqlar. Tana yassilashganligi tufayli jabra yoriqlari tanasining qorin tomonida joylashgan.Sachratgichlari akulalarnikiga nisbatan yaxshi rivojlangan.Suv ostida yotuvchi skatlar nafas olish uchun sachratgich orqali suv oladi.Skatlar suv tubida kam harakat qilib yashashga moslashgan.Xarakatida muhim ro‘l oynaydigan dum suzgichi juda kuchsiz joylashgan.Skatlar suv tubidagi kam harakat hayvonlar mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Tishlari o‘tmas, chig‘anoq va bo‘g‘imoyoqlilar xitinini maydalashga moslashgan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling