I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafas olish organlari.
- Qon aylanish sistemasi
- Nerv sistemasi
Xazm qilish organlari.og‘iz bo‘shlig‘ini chegaralovchi jag‘larda, odatda, ancha yirik
tishlar bo‘ladi.Og‘iz bo‘shlig‘i jabra yoriqlari bilan kesilgan xalqumga tutashadi. YUqorida aytilgan jabra yoriqlarining rudimental bo‘lgan sachratgichlar ham halqumga ochiladi. Kalta qizil o‘ngach yoysimon egilgan medaga ochiladi.Medadan esa kalta ingichka ichak boshlanadi.Yo‘g‘on ichakning diametric ancha kalta bo‘lib,spiral klapanlari bor.Uning xizmati to‘garak o‘g‘izlilar klapanlarining vazifasidan farq qilmaydi.Ammo ular hosil qilgan spirallar yirik bo‘lgani uchun chuqur halqalar paydo bo‘ladi.Ikki pallali jigarining o‘t pufagi bo‘lib, uning yoli ingichka ichakning oldingi qismiga ochiladi. SHunday qilib tog‘ayli baliqlarning xazm qilish organlari morfologik nuqtai nazardan murakkablashib,bu murakkablanishi birinchidan, uning togarak og‘izlilarga nisbatan ko‘p qismlarga bo‘linishida, ikkinchidan, xazm qilish yolida qayirmalar paydo bo‘lishi bilan uning uzunlashishida ko‘rinadi. To‘garak og‘izlilarning xazm qilish yo‘li to‘g‘ri ekanligi ni eslatib o‘tamiz. Nafas olish organlari.Har bir jabra yorig‘ining bir uchi halqumga, ikkinchi uchi, mustaqil tashqariga ochiladi.Jabra teshiklari jabralar aro keng to‘siqlar bilan bir-biridan ajralgan bo‘lib,bu to‘siqlarda tog‘aydan iborat jabra yoriqlari joylashgan.Jabra yaproqlari jabra yoriqlarining oldingi va orqa devorida joylashib, yarim jabralarni hosil qiladi.Baliqlarning jabra yaproqchalari ektodyermadan kelib chiqqanligi bilan to‘garak og‘izlilardan farq qiladi. Qon aylanish sistemasi.Tog‘ayli baliqlarning yuragi ikki kamyerali bo‘lib, yurak bo‘lmasi va qorinchasidan iborat. YUrak bo‘lmasiga yupqa devorli keng vena sinusi yondoshgan bo‘lib,unga vena qoni quyiladi. YUrak qorinchasining orqa (qon oqimiga qarab ) qismiga arterial konus joylashgan.U qorin aortasining boshlang‘ich qismiga o‘xshash bo‘lsa ham, yurak qorinchasining bir qismidur.Arterial konus yurakning bir qismi ekanligini unda (yurakning boshqa qismlaridagi kabi) ko‘ndalang yo‘lli muskullar borligidan bilish mumkin.Arterial konusda qorin aortasi boshlanib, undan jabralarga tomon besh juft jabra arterial yoylari chiqadi.YOylarning jabra yaproqlarigacha qismi qon oqib ketuvchi jabra arteriyalari deb ataladi.Qon olib ketuvchi arteriyalar uzunasiga joylashgan aorta tamoni deb ataladigan juft tomirlarga qo‘yiladi. Ular o‘zaro qo‘shilib, umurtqa pog‘onasi ostida joylashgan va ichki organlarni qon bilan taminlovchi orqa aortani hosil qiladi.Aorta tomirlaridan (chiqaruvchi jabra arteriyalarining birinchi juftidan) uyqu arteriyalari chiqib, boshni qon bilan taminlaydi. Vena qoni boshdan juft bo‘yinturuq (boshqacha qilib ildingi kordinal vena deb xam atalgan) venalarga yig‘iladi.Tanadan qon juft orqa kardinal venaga to‘planadi, ular yurak tekisligida tegishli tomonning bo‘yinturuq venalari bilan tutashib vena sinusiga quyiladigan juft kyuvyer oqimini hosil qiladi.Ichaklardan qon ichak osti venasiga quyiladi, u jigarda qopqa vena sistemasini hosil qiladi.Jigardan qon jigar venasi orqali ( ko‘pincha juft boladi) vena sinusiga quyiladi. Nerv sistemasi.Bosh miyyasi nisbatan kotta. Nerv moqqasi faqat oldingi miyaning osti va yon tomonlariga emas, balki uning qopqog‘ida ham bo‘ladi. O‘rta miyasi yaxshi rivojlangan, miyachasi katta. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling