I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Kitsimon akulalar (Rhincodontidae) oilasiga ham bitta tur-Rhincodon typus kiradi.Bu 
hozirgi baliqlarning eng yirigi bo‘lib, tanasining uzunligi 20 metrga etadi. Boa kichik bir 
muncha kichik bo‘lib, og‘zi uning ichida joylashgan. Plankton hayvonlari va mayda baliqlar 
bilan oziqlanadi. Odam uchun mutlaqo havfsiz. Urchishi yaxshi o‘rganilmagan.Topilgan 
tuhumining uzunligi 0,5 m dan bir oz katta boladi.Barcha okeanlarning tropik va subtropik 
suvlarida tarqalgan. 
Mushuksimon akulalar.(scyliorhinidae) oilasiga tanasining uzunligi 1,5 mgacha bolgan 
ko‘p (60ga yaqin) turlar kiradi. Ularning ikkita orqa suzgichi bo‘ladi.asosan dengizlarning sayoz 
joylarida yashaydi.Bular orasida uzinligi 0,5 mlik oddiy mushuk akula (Scyliorhinus canicula) 
ni ko‘rsatish mumkin.U evropa va SHimoliy Amyerikaning Atlantika sohillarida yashaydi.Qora 
dengizda ham uchrashi mumkin. Bentos hayvonlari (molyuskalar, qisqichbaqasimonlar , 
chuvalchanglar) bilan oziqlanadi. Qobiqqa o‘ralgan 2-20 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumida yerga 
yopishish uchun mo‘ylovchlari bo‘ladi. 
2.Skatlar turkumi (Batoidei) 
Bular tanasi orqa qorin tomonga qarab yassilashgan, ko‘krag suzgichlari kuchli vojlangan 
tog‘ayli baliqlar. Tana yassilashganligi tufayli jabra yoriqlari tanasining qorin tomonida 
joylashgan.Sachratgichlari akulalarnikiga nisbatan yaxshi rivojlangan.Suv ostida yotuvchi 
skatlar nafas olish uchun sachratgich orqali suv oladi.Skatlar suv tubida kam harakat qilib 
yashashga moslashgan.Xarakatida muhim ro‘l oynaydigan dum suzgichi juda kuchsiz 
joylashgan.Skatlar suv tubidagi kam harakat hayvonlar mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar bilan 
oziqlanadi. Tishlari o‘tmas, chig‘anoq va bo‘g‘imoyoqlilar xitinini maydalashga moslashgan. 
Arraburun skatlar oiasi (prisitidae) bularning tanasi kam yassilashgan, ammo ko‘krak 
suzgichlari boshi bilan qo‘shilib ketgan.jabra yoriqlari boshqa skatlarnikidek tanasining pastki 
tomoniga ochiladi.YAssilashgan tumshug‘ining yon tomonida ancha ko‘p tishli o‘simtasi bor. 


Bular 4-5 m uzunlikdagi yirik baliqlar. Barcha okeanlar tropik va subtropik zonalarining asosan 
sayoz joyida uchraydi.Bentosda va qirg‘oqqa yaqin joylarda yashovchi baliqlar bilan 
oziqlanadi.O‘ljasini oldin arrasi bilan urib garang qiladi, so‘ngra eydi. 
Oddiy Skat (Radijae) tanasi skatalrga hos bo‘lgan yassi. Dumi uzun, ingichka suzgichi 
zo‘rg‘a ko‘rinadi. Mo‘tdil shimoliy va kamdan –kam holda tropic dengizlarning tubida
yashovchi tipik baliqlar.Tipik turlari: Atlantika dengizlarining uncha chuqur bolmagan joylarida, 
qora dengizda uchraydigan tkanli skat (Raja clavata). Qora dengizda (Moy olish uchun) 
ovlanadi. SHimoliy Atlantika va Byerest dengizlarida uchraydigan nurli skat (Raja radiate)
850m gacha chuqurlikda uchraydi. 
Qoziqdumlilar (Trigonidae) tanasining oldingi qismidagi qo‘shilib o‘sgan to‘garak 
shaklli suzgichlari bilan xaraktyerlanadi. Uzun demining asosida arrasimon ignalari bor.O‘zini 
himoya qilishda shu ignasi bilan qattiq uradi. Mo‘tadil va janubiy dengizlarda tarqalgan .Azov 
vaQora dengizlarda ham uchraydi. 
Elektor skat (Torpedinidae) tanasining shakli yumaloq bo‘lishi va rostrum bo‘lmasligi 
bilan haraktyerlanadi: dumi nisbatan kalta, suzgichi bir muncha rivijlangan. Terisi silliq ko‘krak 
suzgichlari bilan boshi orasida joylashgan elector organlari skatlardan ham yirik bo‘lgan 
hayvonlarni ham nobud qiluvchi ( 70 v gacha) elector zaryadi chiqaradi.Ular asosan janubiy 
dengizlarda uchraydi, SHimolda o‘rta dengizgacha tarqalgan 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling