I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Suzgich organlari. Xidlash haltachalari juft va uchi byerk bo‘ladi.Tepa ko‘zi yo‘q. Juft 
ko‘zi baliqlarga hos tuzilgan.SHox qatlami yassi, ko‘z gavhari yumaloq, yuqorigi va pastki 
qovoqlari yo‘q. Kamroq turlarda ko‘z soqqasini ostki uchidan yuqorisiga qarab byerkituvchi 
ichki qovoq mavjud.Eshitish organi faqat quloqdan-pardali labirintdan iborat.Uchta yarim aylana 
kanali bor.YOn chizig‘I yaxshi rivojlangan.Ko‘pchiligida u terida joylashgan va tashqi muhit 
bilan teshikchalari orqali bog‘lanadigan kanaldan iborat.Sodda akulalarda (chlamydoselachus) 
yon chiziq usti ochiq kanalcha-egatchalardan iborat. 
Jinsiy va ayirish organlari.Ayirish organlari birliamchi buyraklar-mezonefroz ularning 
chiqarish yo‘li juft volf yani kloakaga ochiladi.Ko‘pchiligida tuxumdon juft. Juft urug‘ yollari 
(myulyer kanallari) tuxumdon bilan qo‘shilmay ular yaqinida tana bo‘shlig‘ida ochiladi. Tuxum 


yo‘lining yuqori qismida qobiq bezlari joylashgan pastki kengaygan qismi kloakaga 
ochiladi.Urg‘ochilarining ayirish va jinsiy yo‘llari alohida. 
Juft urug‘don kanalchalar sistemasi yordamida buyraklarining oldingi oldingi qismi bilan 
bog‘langan.Bu kanalchalar buyruq moddasi orqali o‘tib, volf kanaliga qo‘shiladi.SHunday qilib 
volf kanali yerkaklarida ham siydik ham jinsiy yol vazifasini bajaradi. Buyraklarni oldingi qismi 
ayirish funksyasini bajarmaydi, balki urug‘don ortig‘I bo‘lib hisoblanadi. Faqat orqa bo‘limlari 
ayirish organi sifatida ishlaydi. 
Urug‘ yollarining pastki qismi kengayib, yupqa devorli urug‘ xaltachasini hosil qiladi.Volf 
kanalining har ikkalasi kloakaga ochiladigan jinsiy ayirish sinusiga quyiladi. 
Akulalar turkumi (Selechoidei) 
Tanasi , odatda duk simon bo‘lib, ayrim turlaridagina bir muncha yassilashgan.Jabra 
yoriqlaritanasi oldingi qismining har ikkala oldida ochiladi.Suzgichlari proporsional rivojlangan. 
Tishlari ko‘p bo‘lib, uchi o‘tkir. Tana uzinligi 20 sm dan 15m gacha etadi (ba’zan undan ham 
uzunroq) bu turkumga 10 ga yaqin oila mansub. Kaspiy dengizidan boshqa hamma dengiz va 
okeanlarda tarqalgan. 250ga yaqin turi bor. 
O‘ziga hos bolgan plashli akula (chlamydoselachidae) bitta CHl.anguineus turi 
bor.Tanasining ikki yonida joylashgan 6 ta jabra teshiklari juft teri burmasi bilan qoplanga , bu 
burmalar boshining pastki qismida o‘zaro qo‘shilib, plashch hosil qiladi. Tanasining umumiy 
qismi ilonbaliqnikiga o‘xshaydi, uzunligi 2m ga yaqin Dum suzgichining faqat ostki pallasi 
rivojlangan.Og‘zi boshqa akulalarniki singari ko‘ndalang yoriq shaklida emas, balki boshining 
ichida joylashgan. Tuxum qoyish yo‘li bilan ko‘payadi. Atlantika Hind va Tinch okeanlarining 
mo‘tadil va subtropik zonalarida tarqalgan. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling