I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teri qoplami. E
Tashqi ko‘rinishi. Aksariyat akulalar tanasi uzunchoq duksimon.Boshining oldingi
tomonida rostrumi bor. Boshining har ikki tomonida odatda, beshtadan jabra yoriqlari bor; faqat ayrim hozirgi akulalarda (CHlamydoselachidae va Hexachidae) ular 6-7 bo‘ladi. Ko‘zlarining orqasida halqumga ochiluvchi ikkita teshik bor. Bular jag‘ va til osti yoylari orasida joylashgan jabra yoriqlarining rudimenti- sachratgichlardur. Tanasining ostki tomonida demining asosida kloaka joylashgan.Dum suzgichi notekis pallali. Bunday tipdagi suzgich g e t e r o s e r kal suzgich deb ataladi. Juft harakat organlari ko‘krak va qorin suzgichlaridan iborat bo‘lib, ular gorizantal joylashgan. Yerkaklarida qorin suzgichlarining ichki tomonida kopulyativ organ vazifasini bajaruvchi barmoqsimon o‘simta xosil bo‘ladi. Teri qoplami. Epidyermisi ko‘p qavatli bo‘lib, sekretini tashqariga chiqaruvchi bezli xujayralarga ega. Koriumi pishiq va tolali. Terisi plastinkalar shaklidagi plakoid tangachalar bilan qoplangan. Tangachalari kornumda rivijlanib, boshqa umurtqalilar tishining dentiniga yaqin bo‘lgan suyak modda- osteodintindan hosil bo‘ladi. Ular baliqning butun tanasini va og‘iz teshigining chetlari boylab jag.lariga etadi. Bu yerda u tananing boshqa qismlaridagiga nisbatan ancha yirik bo‘lib, tish vazifasini bajaradi.Bu holat shuningdek , tishlar bilan plakoid tangachalar rivojlanishidagi o‘xshashlik ular gomologik ekanidan dalolat byeradi. Skeleti. Akulalarning skeleti (ayrim joylarida oxak tuzlari bo‘lishiga qaramay) butun umr tog‘aydan iborat bo‘lib qoladi. O‘q skleti umurtqa pog‘onasi va miya qutisidan tashkil topgan. Umurtqa pog‘onasi faqat ikki qismga; tana va dum qismga bo‘linadi. Umurtqalar tanasi oldindan va orqadan botiq (amfisil umurtqa). Ikkita umurtqa tanasi orasidagi teshikda horda saqlanadi. Butun tashqari horda har bir umurtqaning o‘rtasida bo‘lgan tor teshiklarda ham saqlanadi. Umurtqa pog‘onasiga kelib qo‘shiladigan qovurg‘alar tanani faqat yuqoridan va qisman yon tomondan chegaralab turadi. Bosh skeleti, miya qutisi sezgi organlari kapsulasidan va rostrumdan iborat. Sezgi organlarining barcha kapsulalari juft bo‘lib, u hali to‘liq emas. CHunki uning oldingi tomonida parda (oldingi fontenel) bilan qoplangan katta joy bor. Birinchi umurtqaning miya qutisiga qo‘shilib ketishi natijasida uning ensa bo‘limi hosil boladi. Rostrum miya qutisining oldingi tomonidan chiqaradigan tayoqcha simon 3 ta tog‘aydan iborat. Bisstyeral skelet jabra yoylari til osti va jag‘ yoyidan tashkil topgan . Jag‘ yoyi ikki juft tog‘aydan tashkil topgan. Ustki juft tog‘ay tanglay- kvadrat tog‘ayi deb atalib, yuqori jag‘ vazifasini bajaradi. Pastki jag‘ vazifasini bajaruvchi ostki juft tog‘ay mekkkel tog‘ayi deb ataladi.Ko‘p akulalarda tanglay-kvadrad tog‘ayi faqat oldingi qismi bilan miyya qutisiga tutashadi. Uning orqa qismi esa miya qutisiga bevosita emas, balki til osti tog‘ayining ustki elementi bolgan geomondebulyar tog‘ay orqali(giostiliya) brikadi. Kamroq turlarda tanglay-kvadrat suyagining orqa bo‘limimiya qutisiga bevosita birikadi. Biroq bu holatda ham giomandibulyar tog‘ay tanglay kvadrat suyagiga birikadi. (Amfistiliya ) Jag‘ yoyining oldingi qismida qadimgi sodda umurtqalilarning birinchi va ikkinchi visstyeral yoyining qoldig‘I bo‘lgan lab tog‘ayi deb atalgan ikki juft mayda tog‘ay joylashgan.Binobarin hozirgi akulalarning jag‘ yoyi birirnchi emas balki uchunchi visstyeral yoydir. Til osti yani gioid juft giomandibulyar tog‘ay, jugt gioid tog‘ay va toq tog‘ay-kopuladan tashkil topgan. Giomandibulyar tog‘ay miya qutisiga gioidga va jag yoyiga birikadi.Kopula chap va o‘ng tomondagi gioidlarni o‘zaro bog‘laydi. Odatda beshta bo‘ladigan jabra yoylari to‘rt juft tog‘aydan va yoyning qorin tomonida joylashib, uning chap va o‘ng tomonini bir-biriga bog‘lovchi bitta toq tog‘aydan tashkil topgan .Jabra yoylarining orqa cheti bo‘ylab,jabralar aro devorlar tayanchi bo‘lgan nurlar joylashgan. Juft harakat organlari skeleti tana korpusida joylashgan va harakat organlari tayanchi bo‘lgan harakat organalri kamariga va yerkin harakat organalri skeletiga bo‘linadi. Oldingi harakat organlari (ko‘krak suzgichlari) kamari muskullar qatlamida yerkin joylashgan va uchi qorin tomoniga qaragan tog‘ay yoyidan iborat. YOyning chap va o‘ng tomonlari o‘rtasida bo‘rtmalar bo‘lib,ularga yerkin harakat organlari birikadi.O‘simtalardan yuqorida joylashgan qism kurak, pastda joylashgan qism korakoid qism deb ataladi. Eng oldingi harakat organlari skeleti uch qismdan iborat. Suzgichning asosida uchta tog‘ay-kamarga birikadigan bazaliya joylashgan. Bazaliyalarga,bir tomondan, bir necha qator joylashgan tayoqchasimon tog‘aylar- radialalar birikadi. Bunday suzgich unisyerial suzgich deb ataladi (bunday suzgich radialalar , bazaliyalarning har ikki tomonida joylashgan bisyerial suzgichdan farq qiladi). Ikki hil nafas oluvchi baliqlar suzgichini ko‘ring. Nixoyat radialyalarga teridan hosil bolgan uzun ingichka elastic ipchalar birikadi. Orqa harakat organalri (qorin suzgichlari) kloaka oldida tanaga ko‘ndalang joylashgan toq tog‘audan iborat. Qorin suzgichi skeleti ning o‘zida faqat bitta yoki ikkita bazaliya bor. Radialyalar ularning tashqi qirrasiga birikadi. Toq suzgichlar skeleti radialiya va elastoidin ipchalardan tashkil topgan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling