Bo‘yin ishtirokidagi paralingvistik vositalar bo‘yin
Download 21.96 Kb.
|
BO`YIN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘yin egmoq (solmoq).
- Bo‘yin qismoq.
- Bo‘yin burmoq (bo‘yin tovlamoq, bo‘yin to‘lg‘amoq).
BO‘YIN ISHTIROKIDAGI PARALINGVISTIK VOSITALAR Bo‘yin — gavdaning bosh bilan tanani biriktiruvchi qismi; tepadan bosh, pastdan koʻkrak qafasi bilan chegaralangan. Boʻyinning orqa qismi ensa, oldingi yuzasi haqiqiy boʻyindir1. Tana a’zolari ishtirokidagi paralingvistik vositalar hosil bo‘lishida bo‘yin nisbatan kamunum hisoblanadi. Bo‘yin yordamida bo‘yin egmoq, bo‘yin solmoq, bo‘yin qismoq, bo‘yniga osilmoq, bo‘yin burmoq, bo‘yin tovlamoq, bo‘yin to‘lg‘amoq, bo‘ynini cho‘zmoq kabi birliklar aniqlandi. Ammo ularning aksariyati frazeologik birlik sifatida namoyon bo‘lib, harakatni bajarish vazifasini yo‘qotgan. Xususan, bo‘yin burmoq va uning variantlari hisoblangan bo‘yin tovlamoq, bo‘yin to‘lg‘amoq birliklari, odatda, biror ishni bajarishdan bosh tortmoq ma’nosida qo‘llanadi: “Bu podshohimizning oliy farmoni, undan bo‘yin tovlaydiganlarga u shafqat qilib o‘tirmaydi”. [O`TIL, B, 432] Bo‘yin egmoq (solmoq), bo‘yin qismoq, bo‘yniga osilmoq, bo‘ynini cho‘zmoq birliklari esa nutq vaziyati va maqsadiga ko‘ra sof paralingvistik vosita vazifasida ham, ko‘chma ma’noda ham ishlatiladi. Bo‘yin egmoq (solmoq). Taʼzim qilmoq.Kumush uyalib, zoʻrgʻagina salom berdi va Yusufbek hojining yaqiniga kelib, boʻyin egdi. [A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar] Uyalmoq. Bahrom maʼyus boʼyin solib turdi, Baxtiyor bilan Davlat labini artib, bir-biriga qarashdi: — Аyt! — Sen ayt. — Nima deb aytaman? — Yeganimiz yoʼq, deb ayt...[m.chayon, 87] Bo‘yin qismoq. Majbur bo‘lmoq. [Otam] Bir kun erimning uzoq sayilga ketganini eshitib, uyimga yetim boladek boʻynini qisib kirib keldi.M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha Bo‘yniga osilmoq. Tasalli topmoq. Ichkari kirdim. Tarlon bo‘yniga osilib-osilib yig‘ladim. To‘yib-to‘yib yig‘ladim...2 Bo‘yin burmoq (bo‘yin tovlamoq, bo‘yin to‘lg‘amoq). Qayrilmoq. Bobur bo‘ynini burib qaradi. Biroq u Doniyordek tirjaymadi, “Keldingmi, xumpar?” degandek boshini qimirlatib qo‘ydi3. Bo‘ynini cho‘zmoq. Nazar solmoq. Manzura: «Kerakmas, ichmayman», deganday bosh chayqadi. Shu paytgacha qosh-koʼzlariga zeb berayotgan yosh juvon boʼyin choʼzib patnisga qaradi-da: — Pivo kimniki, finlarnikimi? — deb soʼradi. [shaytanat 3, 19] Tahlil qilingan matnlardan ko‘rinib turibdiki, bo‘yin ishtirokida hosil bo‘ladigan birliklar nutq jarayonida nofaol bo‘lib, muayyan maqsadlardagina qo‘llanadi. Tananing o‘rta qismi a’zolari ishtirokidagi paralingvizmlar: ko`krak, qo`l, barmoqlar,, qorin 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Bo%CA%BByin 2 https://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1244.90 3 http://m.zamin.uz/uz/hayot-tarzi/26491-omonat-gor-siri-26-qism.html Download 21.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling