Reja: Traxeyalilar Tracheata) kenja tipi уmumiy belgilari. Ko‘poyoqlilar (Myriapoda) уmumiy belgilari. Laboyoqlilar Chilopoda) va Symphyla sinflari. Ikki juftoyoqlilar (Diplopoda), Pauropoda sinflari va filogeniyasi


Download 117.5 Kb.
bet1/6
Sana28.01.2023
Hajmi117.5 Kb.
#1135878
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi



Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi

Reja:

1. Traxeyalilar Tracheata) kenja tipi уmumiy belgilari.
2. Ko‘poyoqlilar (Myriapoda) уmumiy belgilari.
3. Laboyoqlilar Chilopoda) va Symphyla sinflari.
4. Ikki juftoyoqlilar (Diplopoda), Pauropoda sinflari va filogeniyasi.
5. Hasharotlar sinfi yoki oltioyoqlilar Hexapoda) umumiy tavsifi.
6. Hasharotlar ko’payishi va rivojlanishi.


Traxeyalilar Tracheata) kenja tipi уmumiy belgilari.
Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi yoki traxeya bilan nafas oluvchilar 2 ta yirik taksanga: Кo’p oyoqlilar (Myriapoda) va Oltioyoqlilar (Nexapoda) ga bo’linadi. Traxeyalilarni ajdodlari - mondibula va traxeyalari bo’lgan yer ustida yashovchi individlar bo’lgan.
Traxeya bilan nafas oluvchilarni (Tracheata) asosiy belgilari:

  1. Bosh qismini 1-segmentida 1 juft antennalar (moylovlar) bo’ladi.

  2. 2-segment reduksiyalangan, Lekin 2-segment lichinkalik davrida ma’lum bosqichda shakllanib, keyinchalik yo’qolib ketadi. 2 juft antennalar Traxeyalilardan tashqari faqat qisqichbaqasimonlarda mavjud.

  3. Nafas olish traxeyalar orqali amalga oshiriladi, har bir segment ikkala yon tomonida bittadan nafas olish trubkachalari – traxeyalar mavjud bo’lib teshigi tashqariga ochilgan.

  4. Ayirish organlar juft xaltasimon nefridiylar bo’lib, malpigi naychalari orqali tashqariga tutashgan.

Evalutsiya jarayonida malpigi naychalari, traxeyalar, ichki urug’lanish va spermatoforalar hosil bo’lishi traxeya bilan nafas oluvchilarning quruqlikka hayot kechirishga moslashish natijasidir.
Traxeya bilan nafas oluvchilar yoki traxeyalilar o‘zlarining kelib chiqishi va tuzilishi bilan boshqa bo‘g‘imoyoqlilar (jabralilar, jumladan qisqichbaqasimonlar va xelitseralilardan) keskin farq qiladi. Bular quruq havo muhitida yashashga layoqatlashgan va yer yuzida nihoyatda ko‘p tarqalgan hamda turlar sonining ko‘pligi bilan birinchi o‘rinni egallagan hayvonlardir. Bularning tanasi bosh va bo‘g‘imlarga ajralgan tana qismlardan tuzilgan bo‘lib, boshida bir juft mo‘ylovlari (antenna), og‘iz atrofida og‘iz oldi oyoqchalari, uch juft jag‘lari bo‘lishi, yurish oyoqlarining ko‘pligi yoki uch juftgacha qisqarganligi bilan xarakterlidir. Bularning, deyarli, hamma avlodlari ichki tomonga qayrilgan va yupqa xitin bilan qoplangan traxeya naychalar sistemasi orqali nafas oladi.
Murakkab shoxlangan traxeya naychalari nafas olish teshikchalari stigmalar bilan tashqariga ochilgan. Faqat nam tuproq va chirindilar orasida yashaydigan – sodda tuzilgan qadimgi avlodlarida traxeya sistemasi rivojlanmagan (ular terisi orqali nafas oladi).
Quruqda yashovchi hayvonlar sifatida bular tanasida ma’lum miqdorda suv zapasining saqlanishi hayotiy ahamiyatga ega. Binobarin traxeyalilarning bir qancha sodda tuzilgan avlodlarida maxsus ayirish organi bo‘lmay, bu vazifani orqa ichak devori bajaradi. Yuqori traxeyalilarning ichak devori bilan tutashgan ipsimon ayirish organi - Malpigiy naychalari esa “suvni tejab ” siydikni kislota holida chiqaradi. Tanada suvni tejash va hosil qilishda yog‘ tanachalari ham katta rol o‘ynaydi.
Nerv sistemasi - markaziy qism bosh miya, halqum osti nerv tuguni va qorin nerv zanjiri shaklida tuzilgan. Ko‘pchilik avlodlarida murakkab ko‘z, teri, sezuv va hid sezuv organlari juda yaxshi rivojlangan. Biroq bularda qon aylanish sistemasi birmuncha soddalashgan. Orqa tomonida joylashgan naychasimon yurak va u bilan tutashgan qon tomirlari – qon aylanish sistemasidir.
Traxeyalilarning hammasi ayrim jinsli - hamma turlari otalanib ko‘payadi. Eng ko‘p tarqalgan hasharotlar turli shaklidagi lichinka davrini o‘tib rivojlanadi.

Download 117.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling