I X t I o L o g I y a


Peskoroyka-minogalarning tuxumdan chiqqan lichinkasi.  Plankton


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Peskoroyka-minogalarning tuxumdan chiqqan lichinkasi. 
Plankton-suv qatlamida yashab, suv oqimi bilan harakatlanuvchi organizmlar majmui. 
Plokoidli tangacha-plastinkalar shaklidagi tangchalar. 
Pilorik o‘simtalar-ko‘r o‘simtalar ichak sistemasida bo‘ladi. 
Pronefros-ayirish organi hisoblangan boshlang‘ich buyrak. 
Pronefrik kanal-boshlang‘ich buyrakning chiqarish kanali. 
Poykiloterm hayvonlar-sovuqqonli, tana harorati tashqi muhit harorati ta’sirida o‘zgarib 
turadigan hayvonlar. Poykiloterm hayvonlarga barcha umurtqasizlar, to‘garak og‘izlilar, baliqlar, 
suvda hamda quruqlikda yashovchi va sudralib yuruvchilar kiradi. 
Populyasiya-ma’lum joyni egallagan, bir-birlari bilan irsiy axborotni almashish 
xususiyatiga ega bo‘lgan, bir turga kiruvchi organizmlar guruhidir. 
Regeneratsiya-qayta tiklanish, organizmning shikastlangan yoki yo‘qolgan organ va 
to‘qimalarining qayta tiklanishi. Bunda organizmlarning biror bir qismidan butun bir organizmni 
hosil qilishi ham kiradi (kaltakesakni dumi tiklanadi yoki gidraning bir qismidan butun tanasi 
tiklanadi). 
Retseptor-sezgi organlarida ta’surotni qabul qiluvchi nerv uchlari. 
Refleks-nerv sistemasining ta’surotga beradigan javobi. 
Sinsitiy- hujayralarning qo‘shilib ketishi. 
Sistematika-tartibga solmoq, turkumlarni birlashtiradi. 
Sinf-sistematikada yuqori taksonomik mezonlardan biri. 
Taksonomiya-(tartib, qonun, qoida) sistematikaning organizmlarni tartibga solish 
prinsiplari, qoidalari va usullarini ishlab chiquvchi bo‘limi. 
Tip-(shakl) hayvonlar sistematikasida yuqori taksonomik mezon bo‘lib, bir-biriga 
o‘xshash sinflarni birlashtiradi. 


Tur-morfofiziologik jihatdan nisbatan o‘xshash, kelib chiqishi bir, tabiiy sharoitda o‘zaro 
chatishib serpusht nasl beradigan. Ma’lum arealni egallagan ornaizmlar majmuasi. Sistematikada 
asosiy taksonomik birlik. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling