I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akkomodatsiya (moslashuv)
- Anal teshik
- Bilateral
- Gipoderma
GLOSSARIY
Avlod-turlarni birlashtiruvchi sistematik kategoriya. Areal-hayvonlarning ma’lum turi, avlodi yoki oilasi tarqalgan geografik hudud, maydon. Adaptatsiya (moslashuv)-organizmning evolyusiya jarayonida turli yashash sharoitlariga moslanishi. Aklimatizatsiya- organizmlarning iqlimga moslanishi, organizmning yangi yashash sharoitiga moslashishi. Akkomodatsiya (moslashuv)-ko‘zning turli masofadagi narsalarni ochiq-ravshan ko‘rishga maslashuvi. Anabioz-hayotiy jarayonlari keskin sekinlashgan organizm holati, yashash sharoiti juda yomonlashganda (harorat o‘ta yuqori yoki past bo‘lganda) hayvonlarda bu holat kuzatiladi. Anal teshik-to‘g‘ri ichakning oxirgi qismi, orqa chiqaruv teshigi. Anamarfoz- ikki xil rivojlanish, ko‘poyoqlilarda uchraydi. Amfitsil umurtqa-oldindan va orqadan botiq umurtqa pog‘onasi. Bentos (chuqurlik)-dengiz va chuchuk suv havzalari tubidagi balchiqda va uning ustida yashaydigan organizmlar. Dengiz bentosi ko‘pchilik baliqlar va boshqa hayvonlar uchun ozuqa, ba’zilari (suv o‘tlari, krab va baliqlar)dan inson ham foydalanadi. Bilateral-ikki tomonlama. Gastral-tana bo‘shliq, bo‘liqichlilarning tana bo‘shlig‘i, gastral bo‘shliq yagona og‘iz teshigi orqali tashqi muhitga ochiladi. Gastropor-birlamchi og‘iz. Germafrodit-bir organizmda ham erkaklik va ham urg‘ochilik jinsiy organlarining bo‘lishi. Geterotserkal suzgichlar-notekis pallali suzgichlar. Gipoderma- lipid qavat, to‘garak chuvalchanglarning kutikulasi ostida bo‘ladi. Gomoyoterm hayvonlar-issiqqonli (tana harorati nisbatan doimiy bo‘lgan) hayvonlar. Gomoyoterm hayvonlarga qushlar va sutemizuvchilar kiradi. Gonadalar-odam va hayvonlarda jinsiy hujayralar (tuxum va spermatozoidlar) hamda jinsiy gormonlar hosil qiladigan organ. Detrit-suv havzasi tubiga cho‘kadigan, suv yoki tuproqdagi mayda organik zarrachalar. Detritlar tarkibiga o‘simlik, zamburug‘ va hayvonlarning chirigan qoldiqlari bilan birga bakteriyalar ham kiradi. Detrit suv hayvonlari uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. Diapauza-o‘sish va rivojlanishning juda sekinlashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan chuqur fiziologik tinchlik holati, hasharotlarda noqulay sharoit ta’siriga moslashuvidan iborat. Dimorfizm-bir turga mansub bo‘lgan organizmlarda morfo-fiziologik belgilari bilan bir- biridan keskin farq qiladigan shaklarning mavjud bo‘lishi. Jinsiy dimorfizm hayvonlar orasida keng tarqalgan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling