I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agnatha - Entobranchiata
- Protocrania jag‘lilardan (Grathostomata - Ectobranchiata
- Chondrichthyes
- Proselachii
- Elosmobronchii
- Holokcephali
- Stegocephalia
Ostrocodyermi lardan qalqoni va birlmachi harakat organi bo‘lmasligi, ammo umurtqa
pog‘onasi yaxshi rivojlanganligi bilan keskin farq qiluvchi devon davri Palaeospondylus lari kiritiladi. Palaeospondylus miksinlarga yaqin turadi, degan fikir bor. Qalqonlilar devon davrida qirilib ketgan. Fanda hali ma’lum bo‘lmagan birlamchi bosh skeletlilar (Protocrania) ikki tarmoq hosil qilgan. Ularning biri jag‘sizlar (Agnatha - Entobranchiata). Bu tarmoq, o‘z navbatida, ikki yo‘nalishda rivojlangan: 1) suv tubida yashashga moslashib, bentos bilan oziqlangani tufayli himoya organi sifatida qalqon hosil qilgan qalqonlilar; 2) chala parazit holatga o‘itish bilan so‘ruvchi apparat, shox tishlar, ilonsimon tana kabi o‘ziga xos moslanishga ega bo‘lgan to‘garak og‘izlilar. Ikkinchi asosiy tarmog‘i – Protocrania jag‘lilardan (Grathostomata - Ectobranchiata)tashkil topgan. Bulardan baliqlar va takomillashgan boshqa umurtqalilar hosil bo‘lgan. Baliqlarning xaqiqiy ajdodlari hali noma’lum. Ularning tangachalar shaklidagi eng qadimgi qoldiqlari yuqori silur yotqiziqlaridan topilgan. Devon darida esa juda xilma-xil guruhlarning vakillari topilgan. Oddiy tuzilganlari bilan bir qatorda ancha murakkab belgilarga ega bo‘lgan eng oldingi guruhlaridan biri kalqonli baliqlar hisoblanadi. Masalan, ularning ichki skeleti asosan tog‘aydan iborat bo‘lsa ham, jag‘lari suyakdan iborat bo‘lib, tanasi suyak pansir bilan qoplangan. Juft suzgichlari (ko‘pincha oldingi jufti) qisimlarga bo‘lingan, suyak plastinkalar bilan qoplangan bo‘lgan. Pansirli baliqlar ham chuchuk, ham uncha sho‘r bo‘lmagan suvlarda yashagan. Ular toshko‘mir davrigacha yashagan. Haqiqiy tog‘ayli baliqlar (Chondrichthyes)devon davridan ma’lum bo‘lib, bir necha kenja sinflardan tashkil topgan. Bulardan bir-biriga yondosh joylashgan suyak plastinkalar bilan qoplangan mayda Acanthodii ni kshrsatish mumkin. Ular suzgichining asoslari ancha keng bo‘lib, ko‘krva qorin suzgichlari orasida keng asosli qator qo‘shimcha suzgichlar bo‘lgan. Bunday tuzilishda qachonlardir juft suzgichlarni hosil qilgan yaxlit qatlam borligini ko‘rish mumkin. Bu baliqlar soddaligini ularning jag‘ yoylari qismlardan iborat ekanligida ko‘rish mumkin, ya’ni boshqa baliqlarga nisbatan jag‘ apparatining yupqa vissyeral yoylarga ko‘proq o‘xshashligidir. Dastlabki akulalar (Proselachii) kenja sinfini eslatib, ulardan yaxshi ma’lum bo‘lgani keyingi devon vakili –Cladoselache. Ularda ham yaxlit yon qatlamini eslatuvchi, asosi keng, uchi ingichka suzgichlarni ko‘rish mumkin. Bu baliqlarda rostrum bo‘lmagan. Qo‘shilish organi ham bo‘lmasligi (hozirgi tog‘aylilardan farq qilib) ularda tashqi urug‘lanish mavjud bo‘lganligidan dalolat byeradi. Plastinka jabralilar (Elosmobronchii) toshko‘mir davrida topilgan. Ular akulasimon baliqlardan iborat bo‘lgan. Suv tubida yashaga moslashgan ko‘ndalang og‘izlilarning maxsus tarmog‘i –skatlar faqat mezozoyda (yurada) paydo bo‘lgan. Bir oz oldinroq triasda yaxlit boshlilar (Holokcephali) ajralib chiqqan bo‘lib, ular hech qachon ko‘p sonli bo‘lmagan. Suyakli baliqlar ancha yerta, devon davridayoq bir necha guruhi paydo bo‘lgan. Ulardan eng qadimgisi poleonissidlar (Palaeoniscoidei) dir. Ular asosan tashqi teri-suyaklari, dumi getyerotsyerkalligi, rostrumi, ganoid tangachalari bo‘lishi, orqa va dum suzgichlarida V- shakldagi tangachalar – fulkrlar bo‘lishi bilan xaraktyerlanadi. Aytilganlarning hammasi ular hozirgi tog‘ayli baliqlarga, ayniqsa ostyorsimonlarga yaqin, deb hisoblashga imkon byeradi. Poleonissidlardan triasda paydo bo‘lgan ular bilan suyakli baliqlar o‘rtasidagi oraliq forma bo‘lgan suyakli ganoidlar (Holostei) kelib chiqqan. Ular mezazoy yerasining o‘rtalarida hukumron bo‘lgan bo‘lsa-da,ozirgi vaqtda faqat ikki vakili – amiya va kayman baliqlar saqlanib qolgan. Mezozoy boshlarida haqiqiy suyakli baliqlar kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda ular hukmron baliqlar guruhidir. CHo‘tka qanotli va ikki xil nafas oluvchi baliqlarning ajdodlari, shubhasiz, o‘zaro yaqin bo‘lgan. Ikkala guruh ham devonda paydo bo‘lib, yuqori devon va toshko‘mir davirlarida keng rivojlangan. O‘pka bilan nafas oluvchi xar ikkala guruh baliqlarning diffyerensiyalanishi oziq xarakterining o‘zgarishiga bog‘liq. CHo‘tka qanotlilar yirtqich hayot kechirib, tez harakat qilib, oziqni chaqqon tutib olish xususiyatini saqlab qolgan bir vaqtda, ikki xil nafas oluvchilar suv tubidagi umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanib, tez harakat qilish qobilyatini yo‘qotgani uchun yaxshi rivojlanmagan suzgichlarini yo‘qotgan. Bu xolatni ikki xil nafas oluvchilarning xazirgi ba’zi vakillardako‘rish mumkin. CHo‘tka qanotlilar boshqa hamma baliqlarga nisbatan quruqlikda yashovchi hayvonlarning dastlabki ajdodlariga – pansirli amfibiyalarga (Stegocephalia) yaqin turishi bilan diqqatga sazovardir. Baliqlar chuchuk suvlarda paydo bo‘lib, keyin ancha tez jahon okeaniga tarqalgan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling