I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
Kutilayotgan natijasi. Talabalarga kambalasimonlar turkumi, kambalalilar oilasi. 
tuzilishi, biologiyasi to‘g‘risida ma’lumot byeriladi va ularning bilimlari rivojlantiriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


15-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
 
Mavzu: Ikki xil nafas oluvchilar kenja sinfi. Chuqur suv baliqlari. Baliqlarning filogeniyasi. 
 
Mazmuni. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar aloxida tuzilishga ega bolgan, chuchuk suvlarda 
yashaydigan baliqlardir. Bularda kislorod kam bo‘lgan suvlarda yashashga imkon byeruvchi 
sodda belgilari bilan bir qatori yuqori darajada moslashgan belgilar ham mujassamlashgan. 
Jumladan hozirgi vakillari skeletining ko‘p qismi butun umr davomida togaydan iborat bo‘ladi. 
YAxshi rivojlangan xorda saqlanadi. Umurtqa pog‘onasi deyarli rivojlanmagan bo‘lib, 
umurtqalarning boshlang‘ich ustki va ostki yoylaridan iborat. Miya qutisi asosan tog‘aydan 
iborat bo‘lib, faqat ba’zi joylarda suyak bilan qoplangan. YUqorigi jag‘ va jag‘lararo suyaklari 
yo‘q. Xuddi tog‘ayli baliqlardagi singari ichakda spiral klapon, yurakda esa qisqaruvchi arterial 
konus bor. Bu belgilarning hammasi sodda tuzilgandir.
SHu bilan bir qatorda ikki xil nafas oluvchi baliqlarda tanglay kvadrat tog‘ayi miya 
qutisiga bevosita qo‘shilib ketadi (aubostiliya). Dum suzgichi difitsyerkal tipda. Nixoyat ikki xil 
nafas oluvchilarning eng asosiy xususiyati jabra bilan nafas olishdan tashqari o‘pka bilan nafas 
olishdir. O‘pka bilan nafas olish organi sifatida ichak sistemasining ostki tomoniga ochiluvchi 
bitta yoki ikkita pufakcha xizmat qiladi. Bu xosilalar suyakli baliqlarning suzgich pufakchalari 
bilan gomologik emas.
Burun teshiklari ochiq bo‘lib, o‘pka orqali nafas olishda ham ishtirok etadi. Qon o‘pkaga 
to‘rtinchi juft jabra arteriyalaridan chiquvchi maxsus tomir orqali keladi. Extimol, bu tomirlar 
o‘pka arteriyasiga gomologikdir. O‘pkadan maxsus qon tomirlar qonni yurakka olib boradi. Bu 
tomirlarni o‘pka venalariga gemologik deyish mumkin. YUrak bo‘lmasida uni qisman chap va 
o‘ng qismga bo‘luvchi to‘siq bor. YUrak bo‘lmasining chap qismiga qon o‘pka venalaridan, 
o‘ng qismiga kyuv’yer oqimidan va keyingi kovak venalardan keladi. SHuni qayd qilish 
kyerakki, kovak vena (ko‘p nurlilardan tashqari) yuqorida tanishilgan kenja sinflarda yo‘q va 
tomir quruqlikda yashovchi hayvonlarga xos. Kovak vena o‘ng kardinal venaning ajralishidan 
hosil bo‘ladi.
Ikki xil nafas oluvchi baliqlarning progressiv belgilaridan yana biri oldingi miyaning 
kuchli rivojlanishidir. Uning qopqog‘i suyakli baliqlardagi singari epitelial bo‘lmasdan balki 
nerv xujayralariga ega. Nihoyat, jinsiy-tanosil sistemasi bir tomondan tog‘ayli baliqlarga
ikkinchi tomondan amfibiyalarga o‘xshaydi.
Tana boshlig‘iga ochiluvchi myullyer kanali tuxum yo‘li vazifasini bajaradi. Maxsus urug‘ 
yo‘li yo‘q va jinsiy yo‘l sifatida dastlab mezonefrik buyrakning oldingi qismi orqali o‘tuvchi 
vol’f kanali xizmat qiladi, unga urug‘ chiqaruvchi kanalchalar qo‘shiladi. 
Ikki xil nafas oluvchilar o‘rta devonda paydo bo‘lib paleoziy oxirida va mezoziy boshida 
keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda uchta oila va uchta avlodni birlashtirgan ikkita turkumi 
saqlangan. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling