I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazmuni. Kefalsimonlar (Mugiliformes) turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari.
Kutilayotgan natijasi. Talabalarga tikanurlilar turkumi, okunsimonlar, skumbriyalar, tunenslar to‘g‘risida umumiy ma’lumot byeriladi va mavzu bo‘yicha bilim, malaka va kunikmalar shakllantiriladi. Talabalarga treskasimonlar turkumi. nalim, navaga, sayka, piksha. tarqalishi va uchrash areallari to‘g‘risida umumiy ma’lumot byeriladi va mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. 14-LABORATORIYA MASHG’ULOTI Mavzu: Kambalasimonlar turkumi. Kambalalilar oilasi. Tuzilishi, biologiyasi. Laboratoriya ishining maqsadi: Talabalarga kambalasimonlar turkumi, kambalalilar oilasi. tuzilishi, biologiyasi to‘g‘risida ma’lumot byerish va ularning bilimlarini rivojlantirish. Mazmuni. Kefalsimonlar (Mugiliformes) turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari. Kefalsimonlar turkumi vakillarining tanasi duksimon. Kefalsimonlar turkumining xaraktyerli belgilari: - qorin suzgichlari ko‘krak suzgichlarining orqasida joylashgan; - orqa suzgichlari ikkita; - tanasissikloid tangacha bilan qoplangan. Bu turkumning 2 ta kenja turkumi ma’lum 3. Dengiz cho‘rtansimonlar (Sphyraenoidei) kenja turkumi vakillari jag‘larida o‘tkir va kuchli tishlari bo‘lgan yirtqich baliqlar hisoblanadi. Suzgich pufagi ichagi bilan tutashgan. Oddiy cho‘rtan daryo va ko‘llarda, Janubiy dengizlarning sohillari yaqinida, suv o‘tlari orasida yashaydi. Ular boshqa baliqlar, qushlarning jo‘jasi va baqalar bilan oziqlanadi. Baliqchilikka birmuncha ziyon etkazadi. Massasi 35 kg ga, uzunligi esa 3 m ga etadi. 4. Kefalsimonlar (Mugiloidei) kenja turkumiga 2 ta oila kiradi. Kefalsimonlar (Mugilidae) va aterinsimonlar (Athyerinidae) oilalari. Kefalsimonlar oilasiga singillar, lobanlar, o‘tkir tumshuqlilar, pilengaslar va boshqalar kiradi. Boshi unchalik katta emas, og‘zi kichik, tishlari mayda, tanasida yon chiziqlari yo‘q. Iliq va o‘rtacha sovuq suvlarda uchraydi, masalan, Atlantik, Tinch, Hind okeanlarida. Bular qirg‘oqqa yaqin joylarda yashaydi. Lobanlar - asosan chuchuk suv baliqlari hisolanadi. Uzunligi 75 sm. Ko‘krak suzgichlarida uzunchoq tangachalari mavjud.YOsh lobanlar zooplakton bilan, voyaga etganlar – hamaxo‘r (o‘simliklar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, detritlar). Singillar –O‘rta yer dengizi, Qora dengiz, Azov dengizlarda yashaydi. Kaspiy dengiziga iqlimlashtirilagan. Aterinsimonlar unchalik katta bo‘lmagan dengiz yoki chuchuk suv baliqlari bo‘lib, tropik va subtropik dengizlarda yashaydi. Bularda boshi yon tomondan siqilgan bo‘ladi. Qora dengiz, Azov dengizlarda va Kaspiy dengizlarda uchraydi. Tanasida kumush rang yo‘l bor. Aterinlarni ham bir qancha turlari majud, masalan qora dengiz aterinasi va boshqlar. Sanoat ahamiyati unchalik katta emas. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling