I X t I o L o g I y a


Ugorsimonlar (Anguiliformes) turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Ugorsimonlar (Anguiliformes) turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari. 
Ugorsimonlar ilonbaliqlar ham deyiladi. Ularning tanasi uzunchoq, ilonsimon shuning uchun 
ilonbaliq nomini olgan. Ugorsimonlar xaraktyerli belgilari:
-
ochiq pufagli; 
-
suzgich qanoti yumshoq; 
-
mezokaroid mavjud emas; 
-
tanasi uzunchoq, ilonsimon; 
-
tanasissikloid tangacha bilan qoplangan, ba’zan yalong‘och ham bo‘lishi mumkin; 
-
qorin suzgichlari yo‘q.
Ugorsimonlar turkumining 22 ta oilasi bo‘r davridan ma’lum. Bular hammasi tropik va 
subtropik dengiz baliqlari hisoblanadi. Bu turkum vakilidan faqat daryo ugrisi - Anguillidae 
chuchuk suvda uchrashi mumkin. Ugorsimonlarning ko‘pchilik vakillari voyaga etgan davrda 
qirg‘oqqa yaqin joylarda hayot kechiradi. Ba’zi vakillari esa juda chuqurliklarda uchraydi, 
masalan,ssiemsimonlar – Cyemidae va Synaphobranchidae. Voyaga etgan ugorsimonlarning 
deyarli barchasi oziqlanishiga ko‘ra yirtqichlar hisoblanadi. Ugorsimonlar orasida baliqlar 
parazitlari ham bor, masalan, maymun ugor – Simenchelys parasiticus Gili – yirik baliqlarga 
tashlanadi, tanasini yirtib ichki organlari bilan oziqlanadi.
Ugorsimonlar dengizning ancha chuqur joylarida ko‘payadi. Ikralari pelagik. Metamormoz 
orqali rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka ota- onasiga o‘xshamaydi, bir necha o‘zgarishlar 
bilan rivojlangandan keyin ta-ona organizmiga o‘xshash bo‘lib qoladi. Bunday rivojlanish 
metamorfoz orqali rivojlanish deyiladi. 
Treskasimonlar turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari. Treskasimonlar 
(Gadiformes) turkumining ko‘p turlari dengizlarda, ayniqsa, daryolarning dengizga quyiladigan 
joylarida (treska, mintay, navaga, sayka, sayda, qutb treskasi, piksha va boshqalar) tarqalgan, suv 
tubida hayot kechiradi. Boltiq, Barens, Oq dengizda va Uzoq SHarqda SHimoliy dengizda treska 
(Gadus morhua) yashaydi.


Treskasimonlar turkumi vakillarining xaraktyerli belgilari: 
-
ostki jag‘ida mo‘ylovlari bor; 
-
orqa suzgichlari 1, 2 yoki 3 ta, anal suzgichi 1 yoki 2 ta; 
-
hamma suzgich qanotlari yumshoq; 
-
suzgich qanotlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan shu’lalari mavjud; 
-
qorin suzgich qanotlari ko‘krak suzgich qanotlaridan oldinda joylashganligi bilan 
xaraktyerlanadi.
Treskasimonlarning asosan shimoliy yarim sharda tarqalgan. Treskasimonlarning 68 turi 
ma’lum, ularning 51 turi shimoliy yarim shar dengizlarida uchraydi. Tinch okeanida 5 turi 
uchraydi. Ekvatorial suvlarda uchramaydi. Ko‘pchilik turlari Atlantik okeanida yashaydi, 
aksariyati endem turlardir. Bular shu yerda paydo bo‘lgan va shu yerdan boshqa joylarga 
tarqalgan. Tinch okeaning shimol tomonidan treskalar Osiyoning shimoliy qirg‘oqlariga kirib 
kelgan, masalan navagalar, Amyerikaga xuddi shunday borib qolgan.
Treskasimonlar dengiz baliqlari, faqat nalim chuchuk suvlarda uchraydi. Ular sovuq suvni 
yaxshi ko‘radi. Ayrim turlari sayka va navagalar minus haroratda ham uchraydi. Suvni 
chuqurlikda hayot kechiradi. Ayrimlari masalan, sayka, sayda, Esmarka treskachasi, putasslar 
pelagik hayot kechiradi. Qirg‘oqqa yashaydigan turlari bor, masalan navagalar. 3000 m 
chuqurlikda yashaydigan turlari putasslar. Eng sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan turi treskacha. 
Asosan treskalarning tana uzunligi 1,8 m gacha og‘irligi 30 kg gacha bo‘lishi mumkin. Esmarka 
va saykalarni tana uzunligi 30 sm. 
Asosan qishda tuxum qo‘yadi (navaga, sayka). Bahorda tuxum qo‘yadigani ham bor 
(pikshalar). Treska juda syerpusht bo‘lib, 2,5-10 mln gacha tuxum qo‘yadi. Ayrimlarining 
yashash joyiga ko‘ra urchishi ham har xil davrga to‘g‘ri keladi. Masalan mintaylar Koreya 
dengizlari qirg‘og‘ida noyabr-dekabrda tuxum qo‘ysa, Byering dengizida fevral-aprelda tuxum 
qo‘yadi. 
Oziqlanish har xil. Sayka, Esmarka treskachasi putasslar – planktofag. Navaga, pikshalar 
bentofag. Treska, sayda, myerluzalar yirtqich – sosan baliqlar bilan oziqlanadi. Sanoat 
ahamiyatiga ega. Asosan mintaylar ko‘p ovlanadi. Keyin treska, putasslar, myerluzalar, saydalar, 
Esmarka treskachasi. Hozirgi vaqtda Atlantika treskasi va pikshalarning soni kamaygan. 
Treskasimonlar turkumining 3 ta kenja oilasi bor: 
Treskasimonlar – Gadinae kenja oilasi 
Nalimsimonlar – Lotinae kenja oilasi 
Myerluzasimonlar- Myerluccinae kenja oilasi 
Treskasimonlar – Gadinae kenja oilasining xaraktyerli belgisi: 
orqa suzgichlari 3 ta, anal suzgichi 2 ta. Mo‘ylovlari bor. Bir nechta (9 ta avlodi) avlodlari 
ma’lum. Sanoat ahamiyatiga ega. Bu oilaga kiradi: mintay, sayda, piksha, navaga, putass va 
boshqalar.
Treska avlodi - Gadus. Treska – Gadus morhua kiradi. Bir nechta kenja turlari ma’lum, 
masalan atlantik treskasi - Gadus morhua morhua. Boltiq treskasi, tinch okeani treskasi va 
boshqlar.
Treskalar yilning hamma vaqtida oziqlanadi, faqat urchishdan oldin oziqlanmaydi, ayniqsa 
urchish davrida umuman oziqlanmaydi. Kichiklari umurtqasiz hayvonlar bilan voyaga etganlari 
esa baliqlar bilan oziqlanadi.
Pikshalar avlodi – Melanogrammus. Pikshalarni o‘zi kiradi bu avlodga. Pikshalar sanoat 
ahamiyatiga ega. Asosiy xaraktyerli belgilar orqasi qoramtir bo‘ladi.


Myerlanglar avlodi – Odontogadus. Myerlang - Odontogadus myerlangus turi Evropa 
dengizlarida uchraydi.
Mintaylar avlodi – Thyeragra. Mintay. Tinch okeani endem turi. Sanoat ahamiyatiga ega.
Putasslar avlodi – Micromesistius. Janubiy va shimoliy putasslar farq qilinadi.
Arktika treskasi avlodi – Arctogadus.
Navaga avlodi - Eleginus. CHuqurlikda yashaydi. Dengizdan daryolargacha kirib keladi. 2 
ta turi ma’lum: shimol navagasi, tinch okeani navagasi.
Saykalar avlodi yoki qutb treskasi – Boreogadus saida. Sovuqni sevadi.
Esmarka treskachasi – Tricoptyerus. Esmarka treskachasi - Tricoptyerus esmarki.
Demak, treskalar sanoat ahamiyatiga baliqlar bo‘lib, ular faqat go‘shti uchun emas, balki 
baliq moyi deb ataladigan, ya’ni vitaminga boy bo‘lgan jigar moyi uchun ham ovlanadi. 
Nalimsimonlar – Lotinae kenja oilasi. 1 ta avlod - Nalimlar avlodi kiradi. Bu avlodga 
dengiz cho‘rtanlari yoki molvalar, ikki mo‘ylovli, to‘rt mo‘ylovli, besh mo‘ylvli nalimlar va 
boshqalar kiradi.
Myerluzasimonlar- Myerluccinae kenja oilasi. Myerluzalar avlodi kiradi. Bu avlod 
vakillari – kap myerluzasi, kumush rang myerluza, Evropa myerluzasi, tinch okean myerluzasi 
va boshqlar kiradi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling