I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Anchouslar oilasi. Anchouslar oilasi vakillari unchalik katta gala hosil qilmaydi, bu 
baliqlar tropik va mo‘‘tadil dengiz va okeanlarda yashaydi.
Evropa anchousi yoki xamsa Rossiyada keng tarqalgan. Bularning xaraktyerli belgilaridan 
biri katta og‘zi. YUqori jag‘ suyagi uzun. Qorinchasi kilkilardan farqi yumaloq, to‘sh (kil) yo‘q. 
YOn chiziqlari yo‘q. Tana uzunligi deyarli 9 sm dan 16 sm gacha. Hayot tarzi gala bo‘lib 
yashaydi. Migratsiya qilib yashaydi. Bahorda anchouschlar Qora dengizdan Azov dengiziga 
migratsiya qiladi. Azov dengizida ular qisqichbaqasimonlarning plaktonlari, kamqilli 
chuvalchanglar va kolovratkalar bilan oziqlanadi. Qora dengizda anchouslar mizid va 
mollyuskalarning lichinkalari bilan oziqlanadi. Kuzda ular oziqlanishni to‘xtayda va qishgi 
migratsiya qilishga, ya’ni Azov dengizidan Qora dengizga o‘tadi.
Yer sharida eng ko‘p sondagi baliqlarga pyeru anchouslari kiradi. Pyeru anchouslari Pyeru 
qirg‘oqlarida va SHimoliy CHilida yashaydi. Bular zooplankton bilan oziqlanmaydi, balki 
mikroskopik suv o‘tlari, ya’ni vodoroslilar bilan oziqlandi. Pyeru qirg‘oqlarida baklanlar, 
pelikanlar va chaykalar anchouslar bilan oziqlanadi. Qush go‘ngi o‘g‘it sifatida ishlatiladi. 
Pyeruda anchouslar ovlanadi baliq uni uchun.
Seldsimonlar turkumining sistematikasi. Seldsimonlar turkumiga ikkita oila kiradi 
Seldsimonlar oilasi.
Anchouslar oilasi. 
Seldsimonlar turkumining xaraktyerli belgisi: 
Tana umurtqasining o‘rtasida (markazida) teshik mavjud, ko‘krak suzgichlari belida 
(poyas) mezakarakoid mavjud, ochiq pufagli, yumshoq qanotli. Qorin suzgichlari ko‘krak 
suzgichlaridan uzoqda. Tangachalarissikloidli.
Sel’dsimonlar oilasi xaraktyerli belgisi: 
Boshi yalong‘och, qornida kil (to‘sh) bor, og‘zi kichik, yuqori jag‘ suyagi ko‘zining 
orqasiga vyertikal kirib bormaydi. 
Anchouslar oilasining xaraktyerli belgisi: 
Qornida kil (to‘sh) yo‘q, og‘zi juda katta, yuqori jag‘ suyagi ko‘zining orqasiga vyertikal 
chuqur kirib boradi. 
Lasossimonlar turkumiga o‘rtacha va yirik baliqlar kiradi. Lososslar uzun tanasining orqa 
tomonida va dum suzgich qanotlari orasida teridan iborat skeletsiz yog‘ suzgich qanotlari yoki 
yog‘ suzgichi deb ataluvchi yumshoq teri qatlamining bo‘lishi bilan xaraktyerlanadi. Bu 
baliqlardan qimmatbaho go‘sht va qizil ikra olinadi. Lososlar mo‘‘tadil va shimoliy yarim sharda 
tarqalgan bo‘lib, dengizlarda yashaydi va ikra tashlash uchun daryolarga kiradi. Bu baliqlarning 
ko‘pchiligi o‘tkinchi baliqlar bo‘lib, dengizlarda o‘sib, voyaga etadi, urchish uchun daryolarga 
o‘tadi. Lososlarga Uzoq SHarq dengizlarida yashaydigan keta, gorbusha, nyerka, ko‘l va 
soylarda yashaydigan gulmoy baliqlari kiradi. 
Haqiqiy lasoslar orasida Atlantik okeanining shimoliy qismidagi dengizlarda, Barens va 
Oq dengizlarda uchraydigan semga (Salmo salar) ni ko‘rsatish mumkin. Semgalar tuxum qo‘yish 
uchun shimoliy Evropadagi daryolarga kiradi. Nyerest migratsiyasi yozda va kuzda bo‘ladi. 
Tuxum qo‘ygandan keyin barcha individlari nobud bo‘lmasligi bilan Uzoq SHarq lasosidan farq 
qiladi. Ba’zi individlari to‘rt martagacha tuxum qo‘yadi. Semgalar uvildirig‘ini Uzoq SHarq 
lasosi singari tuproqqa ko‘mib qo‘yadi. SHimoliy, Qora va Kaspiy dengizlarida semgaga yaqin 
bo‘lgan kumja (Salmo trutta) uchraydi. BU baliq esa daryolarda urchiydi, o‘sish uchun dengizga 


chiqadi. Ba’zi individlari daryoda voyaga etadi. Daryolarda kumjaga yaqin irq – forel (Salmo 
trutta fario) paydo bo‘lgan. Ular daryolardan boshqa tog‘ ko‘llariga ham kiradi. Lasoslar orasida 
haqiqiy o‘troq, chuchuk suvlarda yashovchi turlari ham uchraydi. Bulardan siglar, omular va 
taymenlarni ko‘rsatish mumkin. 
Lasoslar juda katta sanoat ahamiyatiga ega. Faqat go‘shti emas, balki uvildirig‘i (ikrasi) 
ham iste’mol qilinadi. Bu baliqlar sekin urchishi va qimmatbaholigi tuqayli bularni sun’iy 
urchitish chora-tabirlari ko‘rilgan. 
Lasossimonlar seldsimonlardan kelib chiqqan. 
Lasossimonlar turkumining xaraktyerli belgilari: 
-
tanasining orqa tomonida va dum suzgich qanotlari orasida teridan iborat skeletsiz 
yog‘ suzgich qanotlari yoki yog‘ suzgichi deb ataluvchi yumshoq teri qatlamining mavjudligi; 
-
to‘liq yoki noto‘liq yon chiziqlari borligi; 
-
skletida tog‘ay borligi. 
12 ta oilasi bor, shulardan bittasi qirilib ketgan.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling