I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seldsimonlar turkumining sistematikasi.
- Sel’dsimonlar oilasi xaraktyerli belgisi
Anchouslar oilasi. Anchouslar oilasi vakillari unchalik katta gala hosil qilmaydi, bu
baliqlar tropik va mo‘‘tadil dengiz va okeanlarda yashaydi. Evropa anchousi yoki xamsa Rossiyada keng tarqalgan. Bularning xaraktyerli belgilaridan biri katta og‘zi. YUqori jag‘ suyagi uzun. Qorinchasi kilkilardan farqi yumaloq, to‘sh (kil) yo‘q. YOn chiziqlari yo‘q. Tana uzunligi deyarli 9 sm dan 16 sm gacha. Hayot tarzi gala bo‘lib yashaydi. Migratsiya qilib yashaydi. Bahorda anchouschlar Qora dengizdan Azov dengiziga migratsiya qiladi. Azov dengizida ular qisqichbaqasimonlarning plaktonlari, kamqilli chuvalchanglar va kolovratkalar bilan oziqlanadi. Qora dengizda anchouslar mizid va mollyuskalarning lichinkalari bilan oziqlanadi. Kuzda ular oziqlanishni to‘xtayda va qishgi migratsiya qilishga, ya’ni Azov dengizidan Qora dengizga o‘tadi. Yer sharida eng ko‘p sondagi baliqlarga pyeru anchouslari kiradi. Pyeru anchouslari Pyeru qirg‘oqlarida va SHimoliy CHilida yashaydi. Bular zooplankton bilan oziqlanmaydi, balki mikroskopik suv o‘tlari, ya’ni vodoroslilar bilan oziqlandi. Pyeru qirg‘oqlarida baklanlar, pelikanlar va chaykalar anchouslar bilan oziqlanadi. Qush go‘ngi o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Pyeruda anchouslar ovlanadi baliq uni uchun. Seldsimonlar turkumining sistematikasi. Seldsimonlar turkumiga ikkita oila kiradi Seldsimonlar oilasi. Anchouslar oilasi. Seldsimonlar turkumining xaraktyerli belgisi: Tana umurtqasining o‘rtasida (markazida) teshik mavjud, ko‘krak suzgichlari belida (poyas) mezakarakoid mavjud, ochiq pufagli, yumshoq qanotli. Qorin suzgichlari ko‘krak suzgichlaridan uzoqda. Tangachalarissikloidli. Sel’dsimonlar oilasi xaraktyerli belgisi: Boshi yalong‘och, qornida kil (to‘sh) bor, og‘zi kichik, yuqori jag‘ suyagi ko‘zining orqasiga vyertikal kirib bormaydi. Anchouslar oilasining xaraktyerli belgisi: Qornida kil (to‘sh) yo‘q, og‘zi juda katta, yuqori jag‘ suyagi ko‘zining orqasiga vyertikal chuqur kirib boradi. Lasossimonlar turkumiga o‘rtacha va yirik baliqlar kiradi. Lososslar uzun tanasining orqa tomonida va dum suzgich qanotlari orasida teridan iborat skeletsiz yog‘ suzgich qanotlari yoki yog‘ suzgichi deb ataluvchi yumshoq teri qatlamining bo‘lishi bilan xaraktyerlanadi. Bu baliqlardan qimmatbaho go‘sht va qizil ikra olinadi. Lososlar mo‘‘tadil va shimoliy yarim sharda tarqalgan bo‘lib, dengizlarda yashaydi va ikra tashlash uchun daryolarga kiradi. Bu baliqlarning ko‘pchiligi o‘tkinchi baliqlar bo‘lib, dengizlarda o‘sib, voyaga etadi, urchish uchun daryolarga o‘tadi. Lososlarga Uzoq SHarq dengizlarida yashaydigan keta, gorbusha, nyerka, ko‘l va soylarda yashaydigan gulmoy baliqlari kiradi. Haqiqiy lasoslar orasida Atlantik okeanining shimoliy qismidagi dengizlarda, Barens va Oq dengizlarda uchraydigan semga (Salmo salar) ni ko‘rsatish mumkin. Semgalar tuxum qo‘yish uchun shimoliy Evropadagi daryolarga kiradi. Nyerest migratsiyasi yozda va kuzda bo‘ladi. Tuxum qo‘ygandan keyin barcha individlari nobud bo‘lmasligi bilan Uzoq SHarq lasosidan farq qiladi. Ba’zi individlari to‘rt martagacha tuxum qo‘yadi. Semgalar uvildirig‘ini Uzoq SHarq lasosi singari tuproqqa ko‘mib qo‘yadi. SHimoliy, Qora va Kaspiy dengizlarida semgaga yaqin bo‘lgan kumja (Salmo trutta) uchraydi. BU baliq esa daryolarda urchiydi, o‘sish uchun dengizga chiqadi. Ba’zi individlari daryoda voyaga etadi. Daryolarda kumjaga yaqin irq – forel (Salmo trutta fario) paydo bo‘lgan. Ular daryolardan boshqa tog‘ ko‘llariga ham kiradi. Lasoslar orasida haqiqiy o‘troq, chuchuk suvlarda yashovchi turlari ham uchraydi. Bulardan siglar, omular va taymenlarni ko‘rsatish mumkin. Lasoslar juda katta sanoat ahamiyatiga ega. Faqat go‘shti emas, balki uvildirig‘i (ikrasi) ham iste’mol qilinadi. Bu baliqlar sekin urchishi va qimmatbaholigi tuqayli bularni sun’iy urchitish chora-tabirlari ko‘rilgan. Lasossimonlar seldsimonlardan kelib chiqqan. Lasossimonlar turkumining xaraktyerli belgilari: - tanasining orqa tomonida va dum suzgich qanotlari orasida teridan iborat skeletsiz yog‘ suzgich qanotlari yoki yog‘ suzgichi deb ataluvchi yumshoq teri qatlamining mavjudligi; - to‘liq yoki noto‘liq yon chiziqlari borligi; - skletida tog‘ay borligi. 12 ta oilasi bor, shulardan bittasi qirilib ketgan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling